Test asosida o’quvchilarni bilimini nazorat qilish shakl va usullari.
Test turlari.
Reja:
1. Test sistemasida o’quvchilarni baholashni boshqa metodlardan afzalliklari.
2. Test turlari.
Test (ingliz – text - tajriba) diagnostika metodi bo‘lib, standart savollar beriladi.
Test sistemasi o‘quvchilarni baholashning boshqa ko‘rilgan metodlariga qaraganda qanday afzallikka ega? Undan foydalanish mohiyati nimada? Bu savollarga javob beramiz.
1. Barcha o‘quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test savollarini tanlash hisobida ham).
2. Ma’lum vaqt ichida ham o‘quvchilarning keng doirasini, ham mavzuning to‘liq mazmunini qamrab olish mumkin.
3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon oluvchining noxolisligini yo‘qqa chiqaradi.
4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o‘rtasida sub’ektiv fikrni yo‘qqa chiqaradi.
5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.
6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda static ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.
Testlarning bir qancha turlari mavjud: eslash va to‘ldirish uchun testlar; tanlov testlari. Tanlov testlari o‘z navbatida alternativ, ko‘p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo‘linadi.
Birinchi turdagi testlar o‘quvchilarga gapdagi yoki bog‘lovchi matndagi bo‘shliqlarni to‘ldirish vazifasini qo‘yadi.
Masalan:
1-test.
Qolib ketgan so‘zni qo‘ying.
Belgili o‘zgaruvchanlik - bu .... olingan belgilar ketma-ketligi.
A. qo‘shtirnoq.
V. qavs.
S. dumaloq qavs.
D. kvadrat qavs.
Muqobil test4 - bu o‘quvchi ikkita “ha yoki yo‘q” javoblarini tanlash kerak bo‘lgan vazifalar.
.
2-test. Bayt 8 bitdan iboratmi?
A. Ha
V. Yo‘q
Kesishuvchi tanlovli testlar bir qancha vazifalardan iborat bo‘lib, bu vazifalar bajarilgandan so‘ng o‘quvchi olgan natijalar va taxmin qilingan natijalar o‘rtasidagi farqni tekshiradi.
3-test.
Har bir son uchun Beysik tilidagi yozuvini toping.
a) 7 1) 3Ye -10
b) 6,0 2) 1
v) 7,345678 3) 4.Ye 27
g) 0,00012 4) 87 8787.8
d) 0,00000000003 5) 6.0
ye) 4 *1027 6) 999. Ye-11
j) 2,34455628921 7) 12. Ye-5
z) 1,000000001 8) 7
i) 878787,8 9)2.344556
k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678
Ko‘p tanlov testlari vazifa va javoblar to‘plamidan (javoblardan biri to‘g‘ri) iborat. o‘quvchi ushbu to‘plamdan uning fikricha to‘g‘ri hisoblangan javobni tanlashi kerak.
4-test.
Paskal - bu:
A. Programma
V. Programmalash tili.
S. Yuqori darajali programmalash tili.
D. Ikkilangan kod tili.
«Informatika o‘qitish metodikasi» fanining mazmunini aniqlashda informatikaning fan va ikkinchi o‘quv predmeti ekanligi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqish kerak. Informatika fani va o‘quv predmeti bir-biridan avvalambor mazmunining hajmi va chuqurligi bilan farq qiladi. Informatika o‘quv predmeti informatika fanidan o‘quvchilarda informatika haqida bir butun, yaxlit bilimlar tizimini hosil qiladigan va kelajak amaliy faoliyatlarida zarur bo‘ladigan ma’lumotlarnigina oladi. Informatika o‘quv predmeti sifatida o‘quv dasturlari va darsliklarda o‘z aksini topadi.
o Informatika o‘quv predmeti tarkibiga kiritilgan o‘quv materialining hajmi to‘g‘risidagi masala hal etilgandan so‘ng, ushbu o‘quv materialini o‘quvchilarga qanday ketma-ketlikda yetkazib berish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash lozim.
o «Informatika o‘qitish metodikasi» fanining hususiyatlaridan biri o‘quvchilarni informatikaning mazmunini va unga xos ilmiy izlanish usullarini egallash, amaliy bilimlar va ish ko‘nikmalarini olishning usul va yo‘llarini belgilash lozim. Bularga o‘quv materialini o‘rganish usullari va zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi. Informatikadan mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish uchun tegishli material bazasi, ya’ni maxsus jihozlangan informatika xonasi bo‘lishi lozim.
o «Informatika o‘qitish metodikasi» faniga «Informatika» o‘quv predmetini o‘qitish uchun o‘quv-metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik ta’minotlarini tadqiq etish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, pedagogika va informatika fanining bir shahobchasi sifatida qarash mumkin.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo'lishi, o’ziga xos va o'ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo'lining tanlanishi ta'lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlashning tuzilmasi va mazmunini qayta ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltirdi. Shu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko'lami va hususiyatlarini o'zida aks ettiradi.
Ta'lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g'oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog'liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin emas. Mana shunday muammolar qatoriga «Informatika» yo'nalishini tashkil etuvchi «Informatika», «Informatika va axborot texnologiyalari» kabi fanlarini o'qitish muammolari ham kiradi.
«Informatika» yo'nalishidagi fanlarni o'qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko'rsatish sohalari yuqori sur’atlar va fundamental o'zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o'zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi.
Jumladan, «Informatika o‘qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo‘lim hisoblanadi.
Informatika fanini o‘qitish quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika fanini ijodiy o‘qitish va o‘zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirish;
bo‘lajak o‘qituvchilarni informatika sohasi bo‘yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorlash;
bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.
Bo‘lajak informatika o‘qituvchisi o‘sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
«Informatika o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi zarur:
- informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;
- informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;
- informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;
- yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash.
Shuningdek, informatika o‘qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o‘rgangan, shuningdek, jamiyatni, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallagan bo‘lishi lozim.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish o`qituvchilarga axborot uzatishning eng samarali usul va vositalari hisoblangan virtual ma`ruza, tajriba stendlarini yaratish hamda ulardan dars mashg`ulotlarida foydalanishni ta`minlash lozim.
Bu yangi bilimlarga ega bo`lish va turli xil masalalarni hal etishga imkon beradi. Shu bilan birga bakalavr o`qituvchilarning tayyorgarlik darajasini baholaydi, o`quv maqsadiga ko`ra muammolarni tanlaydi, uni hal etishda axborot va dasturiy jihatdan qo`llab-quvvatlashni amalga oshiradi, ularning javobini qabul qiladi, tahlil etadi, baholaydi.
Innovatsion ta`lim texnologiyalarining bu tamoyilida o`qituvchilar bilish faoliyatini boshqaruvchi qurilmalar ketma-ketligi yaratiladi. Pedagog mavzuni o`zlashtirishga oid dastlabki yo`llanmalar yaratadi va zarur bo`lgan murakkab holatlarda ularga individual tartibda yordam ko`rsatib, metodist-mutaxassis bilan hamkorlikda mavzuni kompyuter yordamida o`zlashtirish dasturini tuzadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari o`qituvchilarga axborotning noan`anaviy manbalariga kirib borishning cheksiz imkoniyatlarini ochib beradi, mustaqil ishlashning samaradorligini oshiradi, ijod qilish, yaratish va turli kasb malakalarini mustahkamlash uchun mutlaqo yangi imkonoyatlar beradi, voqealar hamda jarayonlarning kontseptual va matematik modellarini tuzish vositalarini qo`llagan holda o`qitishning yangi shakllari va usullarini amalga oshirish imkonini beradi.
O`quv modelini tuzish o`rganilayotgan ob`ektni aniq tasavvur etish va bakalavr o`qituvchilarda o`qitishning bu shakliga nisbatan qiziqish orttirishga, shuningdek, o`quv materialini yanada chuqurroq o`zlashtirishga yordam beradi.
Qator fanlar uchun model tuzish o`quv maqsadi bo`lib qolar ekan, pedagoglar va bakalavr o`qituvchilarga dasturlashtirish zaruratisiz interfaol asosda o`quv modellarini ishlab chiqish va o`zgartirishga imkon beruvchi instrumental dastur vositalari ishlab chiqiladi.
O`qitishning axborot texnologiyalari pedagogga o`quv ishlarining alohida turlari kabi ularning har qanday yig`indisini qo`llash, pedagogga moslangan instrumental vositalar unga yangi bilimlar va texnologiyalar paydo bo`lishi bilan muvofiq ravishda o`quv, nazorat qiluvchi dasturlar mazmunini tezkorlik bilan yangilash imkonini beradi.
Pedagoglar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali turli xil axborotlarni oladilar, shuningdek amalda jahondagi o`z hamkasblari bilan muomala qilishning noyob imkoniyatlariga ega bo`ladilar. Bu kasbga oid muommali, birgalikda o`quv-uslubiy va ilmiy ishlarni bajarish, o`quv ishlanmalari, kompyuter dasturlari, ma`lumotlarni ayriboshlash uchun ham juda yaxshi sharoitlar yaratadi.
O`qitishning yangi axborot texnologiyalari - amaliy va laboratoriyaga oid bilimlarning samaradorligini oshirish, bakalavr o`qituvchilar bilimini tekshirishning xolisligini amalga oshirish, o`zlashtirishni ko`tarish, lug`at zahirasi to`plashni tezligini oshirish, ularning axborot saviyasini kengaytirish, mikro va makro dunyosidagi voqealar va jarayonlarni, ichki murakkab texnik, biologik tizimlarni o`rganish uchun tasavvur hosil qilish, o`quv jarayoniga qimmat turadigan, noyob asbob-uskunalarning o`rnini bosuvchi kompyuter modellaridan foydalangan holda mashg`ulotlar, laboratoriya ishlarini joriy qilish imkonini beradi.
O`qitishning axborot va komp`yuter texnologiyalari yordamida: bakalavr o`qituvchilar tayyorlash sifatini doimiy ravishda oshirib borish; o`qitishning faol metodlarini qo`llash; bakalavr o`qituvchilarning mustaqil ishlashlari uchun metodika hamda zamonaviy avtomatlashtirilgan vositalar yaratish; ularning jamoaviy o`rganish faoliyati sharoitlarida o`qitishni individuallashtirish; ularning o`quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini integratsiyalash; kompyuter ta`lim uslubiyotining izchilligini ta`minlash; o`quv materiali mazmuni shakli va usullarini doimiy yangilanib, boyitib borilishini ta`minlash; uzluksiz ta`limning barcha bosqichlarida (ma`lumotnoma, bibliografik, ekspert xizmati va h.k.) o`quv jarayonining axborot bilan ta`minlanishining turli xildagi shakllarini yaratish va rivojlantirish; o`quv axborotlari va zarur dasturiy-uslubiy vositalarning markazlashgan fondining dolzarb ahvolini, uning to`ldirilishi hamda fanlar tsikllari va ularning mukammalligi darajasi bo`yicha o`quv jarayonining uslubiy yagonaligini ta`minlash uchun nusxalashtirishni saqlash; bakalavr o`qituvchilarning avtomatlashtirilgan test sinovidan o`tishlarini tashkil etish uchun zamin yaratishga erishish mumkin.
O`quv jarayonini axborotlashtirishni dasturiy va uslubiy ta`minlash kompyuterni qo`llashning quyidagi yo`nalishlariga bo`linadi: bilimlarni nazorat qilish; vazifalarni hal etish bo`yicha trenajer; o`quv materiallari to`g`risidagi axborot-ma`lumotnoma tizimlarini qo`llash; pedagog dasturlardan foydalanish; modellashtiruvchi dasturlar, chizma o`quv-ma`lumotnoma tizimlari, o`yinlari, matnlar muharrirlari bilan ishlash; o`quv-modellashtirish muhiti, multimedia tizimlardan foydalanish.
Multimedia mahsulotlari ta`lim tizimidagi o`quv faoliyatining turli shakllarini axborot bilan qo`llab-quvvatlash uchun mo`ljallangan. Ular: fanlar bo`yicha ma`ruzalar o`qish (komputerdan mavzuga oid sonli, chizma va boshqa ko`rgazmali materiallarni ko`rsatish uchun “E`lonlarning elektron doskasi” sifatida foydalanish); amaliy mashg`ulotlar o`tkazish. Multimedia-materiallar bakalavr o`qituvchilar tomonidan o`rganilayotgan darsga oid mantiqiy vazifalarni mustaqil echish malaka va qobiliyatlarni egallashning vositasi sifatida foydalaniladi. Laboratoriyalarda bakalavr o`qituvchilar qiyin namoyon bo`ladigan jarayonlar va ko`rinishlar: atom yadrosining parchalanishi, kristallarning o`sishi va shakllanishi, astronomik ko`rinishlar, konstruktorlik ishlanmalarni kuzatish imkonini beradigan kompyuterda modellashtirish vositalaridan foydalanadilar; imtihonlar, kurs va diplom ishlarini himoya qilish kabilarda bakalavr o`qituvchilarning bilim hamda qobiliyatlarini nazorat qilish; ilmiy va kasbiy malakani oshirishga yo`naltirilgan ilmiy-uslubiy seminarlar, konferensiyalar va ko`rgazmalar o`tkazish; multimediadan masofali o`qitishda foydalanish.
Multimedia tizimi: materiallarni o`zlashtirish tezligini mustaqil boshqarish imkonini beradi; kasbiy malaka va qobiliyatni mustahkamlovchi alohida hollarni ko`p marta takrorlash imkonini beradi; mustaqil, matn, multiplikatsiya jo`rligida bakalavr o`qituvchilarga ularning bilim va intellektini rivojlantirib, boyitib kuchli ruhiy ta`sir etadigan jahon adabiyoti, me`morchilik, haykaltarosh durdonalari, shuningdek tarixiy qadriyatlarni ommalashtiradi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug`i tashkil etadi: 1. magnit lentalar, kinofilmlar, magnit disklar kabilarning paydo bo`lishi; 2. axborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo`yicha muhim cheklashlarsiz etkazilishining ta`minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholini aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio eshittirish, televideniya, ma`lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo`ldosh aloqa, telefon va internet tarmog`i kabilar); 3. axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo`yicha avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkoni (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.k.).
Kompyuterlar ishining programma-matematik ta`minoti yuqori texnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining muhim yo`nalishi bo`lmoqda.
Elektron pochta qog`ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bo`lib, aslida hujjatli xabarlarni to`plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma`lumotlarni uzatish tarmoqlari sistemasidir. Uning asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi axborot xizmati ko`rsatish amalga oshirilgan.
Telekonferentsiyalar zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo`la oladi. Uni o`tkazish uchun quyidagi apparaturadan foydalaniladi: terminallar, televizion kameralar, videomagnitofonlar, kompyuterlar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Telekonferen-tsiyalarning afzalliklari quyidagilardan iborat: dolzarb masalalarni muhokama etilishini tezkorlik bilan tashkil etish imkoniyati; muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan (grafiklar, chizmalar, matnlar va h.k.) foydalanish imkoniyati; turli masalalarni muhokama etishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini juda kengaytirish imkoniyati; xalqaro ma`lumotlar banklaridagi istalgan axborotlardan foydalanish imkoniyati va h.k.
Ma`lumki, hozirga zamon texnik vositalari masofadan turib mukammal aloqani ta`minlaydi, ya`ni og`zaki va noog`zaki kommunikatsiyalardan foydalanish imkoniyati mavjud. Masofadan turib ta`lim berish kompyuter telekommunikatsiyalarini zamonaviy texnik vositalaridan foydalanishga asoslanadi.
Masofadan turib ta`lim berish axborot bazasini boyitish, bakalavr o`qituvchilar bilan muassasa o`rtasidagi o`zaro munosa-batni jadallashtirish, ta`limning metodik boyligini to`ldirish imkonini beradi. Masofadan turib ta`lim berishni tashkil etishning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: o`quv axborotini bakalavr o`qituvchilarga yetkazish; pedagog bilan o`zaro aloqani amalga oshirish; zaruriyatga qarab masofadan turib guruhli ishlashni ta`minlash. Masofadan turib ta`lim berishni amalga oshirish, tashkiliy, metodik o`quv, axborot-texnik, moliyaviy va ishlab chiqarish tadbirlari majmuini talab etadi. Uni samarali amalga oshirish uchun birinchi bosqichda bir yoki bir necha ta`lim muassasalari huzurida masofadan turib ta`lim berishning butun texnologiyasi ishlanadigan masofadan turib ta`lim berishning pilot markazlarini tashkil etish zarurdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta`lim muassasalarining moddiy-texnik va axborot bazasini zamonaviy talablar asosida shakllantirish, mustahkamlash va ularni takomillashtirish, o`quv jarayonlarini darsliklar, o`quv qo`llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar bilan ta`minlash masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Bularni hal etishda ta`lim sifatini oshirish va bu borada zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, raqobatbardosh bakalavr o`qituvchilarni tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda qo’llaniladigan innovatsion usullar kerakli bilimlar va etarli ko`nikma hosil qilishlarida o`quv laboratoriyalar ishini rivojlantirish, ularni yangi, eng zamonaviy qurilmalari bilan ta`minlash, virtual kompyuter texnologiyalarini keng qo`llash lozim. Virtual stendlar tajriba qurilmalari va o`quv laboratoriyalarining imkoniyatlarini oshiradi. Bu stendlarning an`anaviylaridan asosiy farqi sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: jarayonlarni tubdan kuzatish imkoniyati-bunda jarayonlarni real sharoitda kuzatishlarga ega bo`lish; o`qitishning ommaviyligi-masofaviy o`qitish texnologiyalaridan keng va samarala foydalanish; ta`lim muassasalarini tadqiqot-tajriba qurilmalari bilan jihozlashda talab etiladigan moliyaviy xarajatlarning kamligi. Ta`lim muassasalarida axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish markazlarini tashkil etish, malakali dasturchilar, dizaynerlar va tajribali pedagoglardan ishchi guruhlar tuzish, virtual laboratoriyalarning turi va tizimini belgilash, xorijiy va rivojlangan ta`lim muassasalaridan kerakli vositalar va dasturiy ta`minotlarni olish – virtual stendlarni keng tatbiq etishning asosiy omilidir.
Informatika o‘quv predmeti sifatida informatika fani va uning rivoji bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun «Informatika o‘qitish metodikasi» fani birinchi navbatda informatika fanining metodologiyasiga asoslanadi. O‘zining xulosalarida u ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, «Informatika o‘qitish metodikasi» fani fiziologiya va psixologiya fanlari tomonidan qabul qilingan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan informatikaning fan sifatida o‘ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o‘rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika» fanini o‘qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o‘quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
o‘quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
o‘quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko‘rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish;
kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
«Informatika» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‘shadigan o‘ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.
1. O’quvchilarda informatika haqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
2. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonida ishtirok etadi.
3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4. O‘quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta’lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim. O‘quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g‘ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g‘ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. Shuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |