Nazorat-o‘lchov asboblarining rivojlanish istikbolari. Nazorat-o‘lchov asbobla-ri rivojlanishining keyingi boskichlari avtomobilsozlikka elektronika va mikro-protsessor texnikasi keng ko‘lamda joriy kilina boshlanganligi bilan boglik.
Nazorat-o‘lchov asboblarining yangi avlodi - elektron indikatorlar (vakuum-lyumi-nessentli, yoruglik tarkatuvchi diodli va suyuklik kristalli) ishlab chikilishi va avtomobillarga urnatilishi xaydovchiga zarur ma’lumotni nafakat analogli (ya’ni strelkali kursatkichlar) kurinishda, balki rakamli, grafikli va matn shaklida yetkazish imkonini beradi.
Xozirgi zamon avtomobillarida nazorat-ulchov asboblari xar xil kushimcha nazo-rat va diagnostik tizimlar (bortdagi nazorat tizimi, doimiy urnatilgan datchiklar tizimi, marshrut kompyuterlari, navigatsiya tizimi va xokazo) bilan birga axborot-diagnostika tizimini tashkil kiladi.
Bortdagi nazorat tizimi (BNT) avtomobilning agregat va tizimlaridagi bir kator parametrlar xakida xabar berib, ularga texnik xizmat kursatish zarurligi xakida xaydovchini ogoxlantiradi. BNT yordamida ishlatiladigan suyukliklar satxini, tormoz ustkuymalar xolatini, yoritish tizimidagi lampalar sozligini, filtrlar xolatini avtomatik ravishda nazorat kilish mumkin.
Diagnostikaga ketadigan vakt va mexnat xajmini kamaytirish maksadida avtomobillar doimiy urnatilgan datchiklar tizimi bilan jixozlanmokda. Datchiklardan kelgan simlar shtekkerli bulinma orkali diagnostik asboblarga ulanadi. Bu juda kiska vakt davomida avtomobilning texnik xolatini aniklash imkonini beradi. Bunga misol tarikasida NEKSIA avtomobillarining texnik xolatini diagnostika kilish uchun ishlatiladigan skanerlash moslamasi SCANNER-11 ni keltirish mumkin. Bu asbob ixcham, kulda olib yuriladigan kilib ishlangan bulib, unga juda kichik ulchamlarga ega bulgan kompyuter joylashtirilgan. SCANNER-11 yordamida NEKSIA avtomobillarining yonilgi purkash, dvigatel toksinligini kamaytirish va boshka elektron tizimlardagi nosozliklarni juda tez aniklash mumkin.
Oxirgi vaktda avtomobillar uchun marshrut kompyuteri nomi bilan yuritiladigan moslama ishlab chikilib, u xaydovchiga xarakat tezligi, yonilgi sarfi, bosib utilgan yul va vakt bilan boglik bulgan kushimcha axborotlarni beradi.
Xarakat xavfsizligini ta’minlashda avtomobilning xarakatlanish rejimi, aloxida tizim va agregatlarining texnik xolati xakidagi ma’lumot bilan birga tashkaridan olinadigan, xususan, yulning xolati (muz bilan koplanganligi, ta’mirlanayotganligi va xokazo), obi-xavo sharoiti, yullar xaritasi, manzilga yetib borishning eng kulay marshruti kabi kushimcha ma’lumotlar xam katta axamiyatiga ega. Bu ma’lumotlar avtomobilning axborot - diagnostika tizimiga yul buylab joylashtirilgan datchiklardan, maxsus radio uzatish stansiyalaridan, yerning sun’iy yuldoshlaridan kelish mumkin. Bu moslamalar avtomobil axborot-diagnostika tizimining eng yangi yunalishlariga oid bulgan navigatsiya tizimga kiradi.
Avtomobillarda nutk sintezatorlari paydo bulishi axborot-diagnostika tizim imkoniyatlarini yanada kengaytirib, kuz bilan kuriladigan ma’lumotlarni akustik axborotlar bilan tuldirdi (masalan, «To‘xtang va moy satxini tekshiring» , «To‘xtang va sovutish tizimini tekshiring», va xokazo)
Do'stlaringiz bilan baham: |