Nazorat-o’lchov asboblari va yordamchi jixozlar
Reja:
Yonilgi satxini ulchash asboblari
Akkumulyatorning zaryad rejimini nazorat kiluvchi asboblar
Avtomobil va traktor xarakat tezligini va dvigatel valining aylanish chastotasini nazorat kiluvchi asboblar
Ulchov-nazorat asboblarning rivojlanish istikbollari
Yordamchi elektr jixozlar
Yonilgi satxini ulchash asboblari. Yonilgi satxini ulchash asboblari avtomobil bakidagi yonilgi xajmini va u kancha masofaga yetishini baxolash imkonini beradi. Xozirgi zamon avtomobillarida yonilgi satxini ulchash uchun elektr asboblar ishla- tiladi. Bu asboblarning datchigi yonilgi bakiga, kursatkich esa, xaydovchi kabinasidagi asboblar paneliga joylashtiriladi. Kursatkich shkalasi bak xajmi ulushida darajalanadi: O, 1/4, 1/2, 3/4, P (yoki F). Kursatkich sifatida ikki turdagi asboblar joriy topgan: elektromagnitli va logometrik. Xar ikkala kursatkich bilan, yonilgi satxi uzgarganda karshiligi uzgaradigan bir xil reostatli datchiklar ishlatiladi. Ba’zi datchiklarga kushimcha kontaktlar urnatilib, ular bakdagi yonilgi ma’lum minimal kiymatgacha kamayganda (taxminan 50 - 100 km masofaga yetadigan darajagacha) tutashadi va asboblar panelidagi lampa yonadi.
-
116-rasm. Yonilgi satxini ulchash asbobining reostatli datchigi
Reostatli datchikning (116-rasm) sezuvchi elementi sifatida kaprondan tayyorlangan silindrik kalki 1 ishlatilib, u pishang 7 bilan birga uk 2 atrofida buralishi mumkin. Shu ukning uziga reostatning bronzali sudralgichi 9 maxkamlangan va u xarakatlanganda reostat chulgami 12 ustida sirgaladi. Reostat chulgami 0,2 mm li nixrom simdan tekstolit taxtacha 10 ga uralgan. Rux kotishmasidan tayyorlangan datchik korpusi ikki bulakdan (3 va 4) iborat bulib, ular bir-biriga murvat 6 yordamida biriktirilgan. Korpusning ustki bulagi 4 dagi chikish kiskichi 5 ga reostat chulgamining bir uchi 11 ulangan. Reostat sudralgichi sim xalka 8 yordamida datchik korpusiga ulangan. Yonilgi satxi kamaysa datchik kalkisi pastga tushadi va u bilan birga sudralgich xam buralib reostat karshiligini kamaytiradi.
KamAZ avtomobillariga urnatilgan BM158-A belgili datchik boshkacharok tuzilgan bulib, ularga kushimcha juft kontaktlar 9 urnatilgan. Bu kontaktlar tutashganda, asboblar panelida (odatda yonilgi satxi kursatkichining ichida) signal lampa yonadi va xaydovchini yonilgi tugayotganligidan ogox kiladi. VAZ avtomobillariga urnatilgan BM 150 datchiklari xam shunga uxshash tuzilishga ega.
Elektromagnitli kursatkich (117-rasm) asos 4 ga maxkamlangan yumshok pulat uzakli, bir-biriga nisbatan 900 burchak ostida joylashtirilgan ikki galtak 5 va 7 dan iborat bulib, ularni usti kutb poynaklari 6 va 8 bilan koplangan. Gal-
|
117-rasm. Elektromagnitli yonilgi satxi kursatkichi
|
|
taklarning uklari kesishgan nuktada joylashgan ukda, kursatkich strelkasi 2, jez posongi 1 va pulat yakorcha 10 maxkamlangan. Ut oldirish kaliti 5 ulanganda tok akkumulyator batareyadan ampermetr va kursatkichning B kiskichi orkali galtak 5 dan utadi, keyin ikki zanjirga bulinadi: galtak 7 orkali korpusga va datchik reostati 9 orkali korpusga. Galtaklar 5 va 7 dan tok utganda, ular atrofida magnit maydoni xosil buladi. Bu ikkala magnit maydonlarning uz aro ta’sirida xosil bulgan natijaviy magnit maydoni pulat yakorchani va u bilan birga strelkani uz magnit kuch chiziklari buylab yunaltiradi.
Yonilgi satxi uzgarganda datchik reostatining karshiligi xam uzgaradi. Natijada 5 va 7 galtaklardan utayotgan tok va ularda xosil bulayotgan magnit maydonlarning uz aro ta’siri uzgaradi. Bu, natijaviy magnit maydon va unga mos ravishda strel-kaning xolati uzgarishiga olib keladi. Asbob tok manbaidan ajratilganda, posongi 1 strelkani dastlabki xolatiga kaytaradi.
Yonilgi satxini ulchash asboblaridagi logometrik kursatkichlar tuzilishi, temperatura va bosim ulchash asboblarining logometrik kursatkichlari(107-rasm) bilan bir xil bulib, bir-biridan galtaklardagi uramlar soni va rezistorlar kattaligi bilan fark kiladi. Logometrik kursatkichlarning ulchash anikligi elektromagnitli kursatkichlarga nisbatan ancha yukori, chunki ularda temperatura uzgarishi bilan uzining magnit utkazuvchanligini uzgartirib turuvchi ancha salmokli magnit utkazgichlar yuk. Bunday tashkari, logometrik kursatkichlarda strelkani burilish burchagi nisbatan katta. Strelka va yakorchaga posangi kerak emas, chunki ular dastlabki xolatiga kursatkich kobigiga joylashtirilgan kichkina doimiy magnit yordamida kaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |