Yordamchi elektr jixozlar.
Avtomobil agregatlarining elektryuritmalari. Xozirgi zamon avtomobil-larida xarakat xavfsizligini ta’minlash, xaydovchi va yulovchilarga kulaylik yara-tish, yonilgini tejash bilan boglik bulgan mexanizmlarni xarakatga keltiradigan elektryuritmalar keng kulamda ishlatilmokda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshkarish asboblaridan iborat bulgan elektromexanik tizimga elektryuritma deb ataladi. Elektryuritmalar avtomobilning kuyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orka oynalari va faralarni tozalagichlar, yon oynalar va radioantennani kutarish-tushirish mexanizmlari, urindiklarni xarakatlantiruvchi mexanizmlar va xokazo.
Avtomobillarda kollektorli uzgarmas tok elektrodvigatellari kullanadi. Mexanik energiyani uzatish uchun tishli va kuchkarokli uzatmalar, krivoship-shatun mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshkarish tizimi turli xil relelar, elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat. Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va boshkarish sxemasining elementlari konstruktiv jixatidan bitta umumiy kurilmaga birlashtirilgan bulishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich reduktori bilan birikib motoreduktorni xosil kiladi. Elektr oynatozalagich va oynayuvgichlar xam elektrodvigatel va bajaruvchi mexanizmning birikishidan xosil bulgan moslamalardir.
Ishlatish joyi va sharoitiga karab elektrodvigatellar uzok, kiska vakt davomida yoki kiska vakt takroriy rejimlarda ishlashi mumkin.
Avtomobillarning elektryuritmalarida fakat uzgarmas tok elektrodvigatellari ishlatilib, ularning elektromagnit va doimiy magnitlardan uygotiladigan turlari mavjud.
Avtomobillarda ketma-ket, paralel va aralash uygotish tizimiga ega bulgan elektromagnitli uygotish tizimli elektrodvigatellar ishlatiladi. Ketma-ket uygotish tizimili elektrodvigatellar ishga tushirish momenti katta bulishini talab kilinadigan mexanizmlarda (oynakutargich, antenani chikarib-tushirish mosla-
122-rasm. Doimiy magnitli elektrodvigatel:
1 va 7- podshipniklar, 2-doimiy magnit, 3-chutkatutkich, 4-chutka, 5-traversa,
6-kollektor, 8 va 14-kopkoklar, 9-drossel, 10-maxkamlash plastinasi, 11-
magnitni maxkamlash prujinasi, 12-yakor, 13-korpus, 15-yakorning chekka
izolyatsiya plastinasi
malari), paralel va aralash uygotish tizimli elektrodvigatellar esa, tavsifnomasi barkaror va aylanish chastotasi yuklama ortish bilan uzgarmaydigan mexanizmlarda (oyna-fara tozalagichlar va xokazo) ishlatiladi. Reversiv elektrodvigatellarning ikkitadan uygotish chulgami bulib, ular zanjirga galma-gal ulanadi.
Xozirgi zamon avtomobillarida elektromagnitli uygotish tizimli elektrodvigatellar urniga doimiy magnitlar ta’sirida uygotiladigan elektrodvigatellar urnatilmokda. Elektrodvigatelning uygotish tizimida doimiy magnit ishlatilishi, uning texnik-iktisodiy kursatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash, xususan massasi va ulchamlarini kamaytirish, foydali ish koefitsiyentini 1,5 baravar oshirish imkonini beradi. Elektrodvigatelda ichki ulanishlarning soddaligi, ularning ishonchliligini oshiradi. Bundan tashkari, mustakil uygotish tizimi barcha doimiy magnitli elektrodvigatellar reversiv bulishini ta’minlaydi.
Doimiy magnitli elektrodvigatelning tuzilishi 122-rasmda keltirilgan. Doimiy magnitlar 2 kobik 13 ning ichki sirtiga ikkita yassi pulat prujinalar 11 yordamida maxkamlanadi. Elektrodvigatel yakori 12 ikkita uzi urnashadigan sirganuvchi podshipniklar 1 va 7 da aylanadi. Grafit chutkalar 4 kollektor 6 ga prujinalar yordamida bosib turiladi. Doimiy magnitli elektrodvigatelning ishlash prinsipi yakor va stator magnit maydonlarining uz aro ta’siriga asoslangan.
Xozirgi kunda avtomobil elektyuryuritmalari uchun kontaktsiz uzgarmas tok elektrodvigatellarini yaratish yunalishida izchil ish olib borilmokda.
Oynatozalagichlar. Oynatozalagichlar avtomobilning oldi tomonidagi (ba’zi avtomobillarda orka tomonidagini xam) oynasini atmosfera yoginlaridan (kor, yomgir), xar-xil ifloslardan tozalash uchun xizmat kiladi. Oyna tozalagich aralash uygotish tizimiga ega bulgan doimiy magnitli elektrodvigatel, almashlab ulagich, kuchkarokli reduktor, krivoship, pishang va tortkilar, chutkalar, termobimetall plastinali saklagichdan iborat. Yakor 1 ning (123-rasm) aylanma xarakati uning
ukidagi kuchkarok 13 orkali reduktorning plastmassadan tayyorlangan shesternyasi 12
123-rasm. Oynatozalagich:
a - chutkalar yuritmasi; b - elektr sxemasi;
1-yakor, 2- almashlab ulagich, 3-chutkalar yuritmasining reduktori va chegaraviy uzgich, 4-krivoship, 5-tortki, 6-pishanglar, 7-chutka pishanglarining tayanchi, 8-chutkalar, 9-almashlab ulagichning kontakt lappagi, 10-rezistor, 11-chegaraviy uzgichning kontakt lappagi, 12-shesternya, 13-reduktor kuchkarogi, 14-ut oldirish kaliti,15-termobimetall saklagich, 16-chegaraviy uzgichning kontakt plastinasi, 17 va 18-uygotish chulgami galtaklari; YA va SH - utkazgichlarni ulash kiskichlari
ga uzatiladi. Krivoship 4, shesternya valiga kattik maxkamlangan bulib, uning aylanishi rezina-tozalovchi chutka pishanglari 8 ni uz tayanchlari 7 ga nisbatan tebranishga olib keladi. Krivoship xarakati chutkalarga tortkilar 5 va pishanglar 6 orkali uzatiladi. Elektrodvigatelni tok manbaiga ulash va uzish, uning yakorini tezligini uzgartirish almashlab ulagich 2 yordamida amalga oshiriladi.
Oynatozalagich chutkalari kichik tezlikda ishlashini ta’minlash uchun almashlab ulagich 2 ning kontakt lappagi 9, tok elektrodvigatel uygotish chulgamining paralel ulangan galtaklariga, karshilik 10 dan utmasdan boradigan I xolatga keltiriladi.
Tozalovchi chutkalar tezligini oshirish uchun almashlab ulagichning kontakt lappagi boshka xolatga keltiriladi (II xolat), Bu xolda elektrodvigatel uygotish chulgamining paralel galtagi zanjiriga karshilik 10 ulanadi. Uygotish zanjirida tok kuchi susayishi, uygotish magnit okimini kamaytiradi, natijada yakor aylanishlar chastotasi ortadi. Almashlab ulagich uchirilgandan keyin xam (0 xolat), plastina 16, kontakt lappak 11 ning kesilgan joyiga urnashguncha elektrodvigatel ishlab turadi. Bu dakikada chegaraviy uzgich zanjirni uzadi va elektrodvigatel tuxtaydi. Bunda, chutkalar avtomobil oldi tomonidagi oynasining eng chekka past kismida, xaydovchiga xalakit bermaydigan joyda tuxtaydi. Yuklama ortishi va kiska tutashuv natijasida yuzaga kelishi mumkin bulgan katta tok kuchidan elektrodvigatel chulgamlarini ximoya kilish uchun, uning zanjiriga takroriy ishlaydigan termobimetall plastinali saklagich 15 ulangan.
124-rasm. SL136 belgili oynatozalagich elektryuritmasining
umumiy sxemasi
124-rasmda doimiy magnitli elektrodvigatelga ega bulgan SL-136 belgili oynatozalagich elektryuritmasining sxemasi keltirilgan. Bu turdagi oynatozala-gichlarning uziga xos tomoni shundan iboratki, ularda tozalovchi chutkalarni kichik va katta tezlikda xarakatlanishi bilan birga tuxtab-tuxtab xarakatlanish rejimida ishlash xam kuzda tutilgan. Oynatozalagichni tuxtab-tuxtab xarakatlanish rejimi almashlab ulagich 1 ni III xolatga kuyilishi bilan amalga oshiriladi. Bu xolda elektrodvigatelning yakor zanjiriga rele 7 ulanadi. Releda kizdiruvchi spiral 8 bulib, u termobimetall plastina 9 ni kizdiradi. Bimetall plastina kizishi davomida yukori tomonga egiladi va kontaktlar 10 ni uzadi. Bu, uz navbatida, rele 11 ning ta’minot zanjiri toksizlanishiga va uning kontaklari 12 elektrodvigatelning yakori zanjirini uzishga olib keladi. Bimetall plastina 9 soviganidan keyin dastlabki xolatiga kaytib, kontaktlar 10 ni tutashtiradi, rele 11 ga tok keladi va uning kontaklari 12 tutashib yana elektrodvigatelni tok manbaiga ulaydi. Oynatozalagichdagi bu jarayon bir minutda 7...19 marta kaytariladi.
Oynatozalagich chutkalari kichik tezlikda xarakatlanishini ta’minlash uchun almashib ulagich II xolatiga keltiriladi. Bu xolatda tok elektrodvigatel yakori 4 ga asosiy chutkalarga nisbatan burchak ostida joylashtirilgan kushimcha chutkalar 3 orkali uzatiladi. Bu rejimda tok yakor chulgamlarining fakat ma’lum bir kismidan utganligi tufayli, uning aylanish chastotasi va aylantiruvchi momenti kamayadi. Oynatozalagich chutkalarini katta tezlikda xarakatlantirish uchun almashlab ulagich I xolatga utkaziladi. Bunda elektrodvigatel ta’minoti asosiy chutkalar orkali amalga oshiriladi va tok yakorning xamma chulgamlaridan utadi. Almashlab ulagich-ning IV xolatida tok birdaniga oynatozalagich va oynayuvgich elektrodvigatel-larining yakorlari 4 va 2 ga uzatiladi va ular birgalikda ishlaydi.
Oynatozalagich uchirilgandan keyin xam (almashlab ulagichning 0 xolati) kulachok 6 aylanib, kuzgaluvchi kontakt 5 ni uzguncha elektrodvigatel ishlab turadi. Kontakt 5 uzilgandan keyin elektrodvigatel tuxtaydi. Elektrodvigatelning tok zanjiri belgilangan dakikada uzilishi, oynatozalagich chutkalarini dastlabki xolatida tuxtashini ta’minlash bilan boglik. Elektrodvigatelning yakor zanjirlarini ortikcha yuklama va kiska tutashuv toklaridan xalos kilish uchun termobimetall saklagich 13 urnatilgan.
Yomgir tomchilab yokkanda yoki kor uchkunlab turganda avtomobil oldi oynasi kam namlanib, oynatozalagich chutkalarini ishkalanishini va ularni yeyilishini kuchaytiradi. Ishkalanish kuchining ortishi energiya sarfini oshiradi va yuritma elektrodvigateli kizib ketishi mumkin. Oynatozalagichni bir-ikki taktga, kul bilan ishga tushirish nokulay va xavfli, chunki bu bir necha dakikaga bulsa xam xaydovchi dikkatini jalb kiladi. Xozirgi zamon avtomobillarida oynatozalagich kiska vakt davomida ishlashini ta’minlash uchun elektrodvigatelning boshkarish tizimiga maxsus elektron sxema kiritilib, u ma’lum vakt oraligida (2....30 s) oynatozalagich elektrodvigatelini bir-ikki takt ishlashi uchun ulab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |