Nazaruy materiallar semestr o’quv materiallari Ma’ruza mavzu 1


-rasm Statsionar turdagi eritmalarni filtrlash kurilmasi sxemasi



Download 1,59 Mb.
bet148/170
Sana12.06.2022
Hajmi1,59 Mb.
#656756
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170
Bog'liq
Nazaruy materiallar semestr o’quv materiallari Ma’ruza mavzu 1

1.30.-rasm Statsionar turdagi eritmalarni filtrlash kurilmasi sxemasi.

Kamera qopqog’ida kran bo’lib, u vakuum sistemani o’chirish uchun ishlatiladi. Vakuum ballon tagiga rezina yopishtirilgan. Filtrlash qaytar shisha filtrlar (9) orqali o’tkaziladi. Filtrlangan eritma quyiladigan 3-5 litrli bankaga (12) filtrlab joylashtiriladi. Banka qopqoq bilan berkitiladi va polietilen trubka (7) orqali vakuum-ballon bilan biriktiriladi. Panelni orqa qismidan vakuum taksimlagich trubka o’tadi. U (8) nasos va vakuum kamera bilan rezina trubka yordamida biriktiriladi. Filtrlangan eritma idishni vakuum ballonga qattiq kisilgan holatda yigib olinadi, bu eks­sentrikli kiskich (13) va echuvchi prujina (11) yordamida sozlanadigan ko’tariluvchi stolchada o’tkaziladi. Aylanma turdagi apparat (35-rasm) tik ustun podshipnikda aylanadigan asosdan tuzilgan, kronshteynlar ustunga payvand­langan ko’taruvchi stollar.






1.31.-rasm. Aylanma turdagi filtrlash aparati.
1 – asos; 2 – ustun; 3 – shtutser; 4 – kronshteyn; 5 – ko’targich stoli; 6 – tirgak diski; 7 – vakuum kamera; 8 – shisha filtir; 9 – iakuum taksimlash naychasi; 10 – jo’mrak; 11 – rezina naycha; 12 – vintli kisiqich (vintovыy podjimы); 13 – boshqaruvchi stopor; 14 – maxovik; 15 – rezina koplagich; 16 – ajratgich; 17 – iakuum – nasos; 18 – rezina naycha; 19 – gayka;

Apparatni bu qismining konstruksiyasi, statsionar turdagi apparatnikiga o’xshashdir. SHisha filtrlar ximoya trubka va vakuum — ballonli shtutser va rezina yopkich bilan germetik maxkamlanadi, kisuvchi gaykalar, statsionar turdagiga o’xshash biriktiruvchi trubka bilan qayta filtrlab filtrlangan suyuqlik quyiladigan joyga o’rnatiladi. Filtrlar changdan saqlanish uchun qopqoqlar bilan berkitilgan. Vakuum nasos sifatida harkov tibbiyot apparatlari zavodida chiqadigan xirurgik so’rgich ishlatiladi. Kisilganda 540 mm simob ustunigacha bosim beradi. Filtrlash tezligi eritmani konsentratsiyasiga, filtr soniga va vakuum chukurligiga bog’liq. Ish unumi 5-14 l/soat gacha bo’ladi. Kasalxona va gospital dorixonalarida ko’p miqdordagi in’eksion eritmalar filtrlanishi hisobga olinib, filtr Byuxner voronkasini to’ntarilgan holatda "ko’zikorin" (gribok) ta’rifiga asoslangan holda vakuum ostida ishlaydi. Voronka ostida birin-ketin, bir qavat zig’ir tolasi, ikki qavat filtr kogozi va uch qavat sterillangan doka joylashtiriladi. Dokaga voronkani hamma joyini o’rab turish uchun tekis qilib, gigroskopik paxta joylashtiriladi va ustidan bir qavat doka o’raladi. Bu filtr bilan bir soat mobaynida 80-100 litr bir xil eritma filtrlash mumkin. Dorixona amaliyotida sterillangan eritmalarni qadoqlashda kerakli hajmdagi idishlardan foydalaniladi. Idishlar neytral shishalardan bo’lishi kerak, chunki neytral bo’lmagan shishalardan ishqoriy moddalar ajralib chikib eritmalar bilan cho’kmalar va keraksiz o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ayrim hollarda AB — 1 shisha idishlar ishlatiladi (kuchsiz ishqoriy). YUqorida aytilganidek, in’eksion eritmalar chiqarish uchun ishlatiladigan shisha idishlar, albatta ikkinchi bobda keltirilgan usul bilan ximiyaviy chidamliligini tekshirish kerak. Sterillangan eritmalarga ishlatiladigan shisha idishlar uchun yaxshi beqiladigan tikin bo’lishi kerak. Eritmaga chang, rang va ekstrakt modda hosil qiluvchi oddiy po’kak tikinlar ishlatilmaydi. Oldindan o’zok vaqt kaynok suvda sterillangan rezina probkalar qo’llanadi. Kasalxona dorixonalarida tezlik bilan ishlatiladigan sterillangan eritmalar tayyorlanganda shisha idishlar yog’sizlantirilgan paxta tampon va sterillangan pergament kogoz bilan berkitiladi. Tampon ostiga albatta bir parcha sterillangan doka ko’yish kerak. Rezina va polietilen qopqoq bilan ogzi maxkamlangan shisha idishlardan sterillangan eritmalarni shprits orqali qopqoqdan olib (teshikchalar orqali) igna yordamida eritmaning sterilligini buzmasdan ishlatish mumkin.


Davolash muassasa dorixonasidan kasalxona bo’limiga sterillangan eritmalarni chiqarishning eng zamonaviy shakli (standart shisha idish) standart kauchuk probkali alyumin qopqoq bilan kisib berkitilgan har xil hajmli ogzi keng standart shisha idishlarda chiqarishdir. Probkani korpusidan tashkariga suyuqlik chikmaydigan uchta teshigi bor. Kauchuk qavati bu teshik ustidan ingichka shprits ignasi bilan oson teshiladi. Probkani ikki yuzasida doira belgisi bor: birinchisi xavo yuborish uchun qilinadi, ikkinchisiga eritma yigish uchun shprits ignasi yuboriladi. Uchinchi teshik ustida "q" ishorasi bor. SHu teshik orqali shisha idishdagi eritmaga (masalan: natriy xlorning izotonik eritmasi) har qanday boshqa eritmani kuyish mumkin.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish