Nazaruy materiallar semestr o’quv materiallari Ma’ruza mavzu 1


In’eksion eritmalarga qo’yilgan talablar



Download 1,59 Mb.
bet146/170
Sana12.06.2022
Hajmi1,59 Mb.
#656756
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170
Bog'liq
Nazaruy materiallar semestr o’quv materiallari Ma’ruza mavzu 1

In’eksion eritmalarga qo’yilgan talablar
In’eksion dori turlariga XI DFsi tomonidan qo’yilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat: 1) absolyut tozaligi va apirogenligi; 2) dorivor preparatlar va yordamchi moddalar (stabilizator, solyubilizator, konservant va boshqalar) ning yuqori sifatliligi; 3) turg’unligi; 4) sterilligi. In’eksion eritmalar (chin eritmalar) da mayda zarrachalar bo’lishi DF ning "Suyuqliklarning tinikligi va loyqaligi darajasini aniqlash" usuli bo’yicha aniqlanadi. In’eksion eritmalar agar rangli bo’lsa, XDF sida ko’rsatilgan rangli eritmalar etalonlari bilan solishtiriladi.
In’eksion eritmalar izotonik eritma (ba’zan gipertonik eritma) holida tayyorlanadi. In’eksion eritmalarning ba’zi turlari (izotonik eritmalar, kon o’rnini bosuvchi va shokka qarshi beriladigan suyuqliklar) ga asosiy dorivor modda qo’shilgandan so’ng ularning izotonikligi, buferligi, yopishkokligi va boshqa fizik-kimyoviy hamda biologik xossalari tekshirib ko’riladi. Suspenziya va emulsiyalarni in’eksiya kilish uchun XD F talablariga ular gomogenligi va ultradispersligi jixatdan javob berishi kerak. Suspenziyaning gomogenligini tekshirish uchun uni 35±01°S gacha qizdirib, so’ng 30 soniya chayqatib turiladi. Bunda suspenziya 3 daqiqa ichida tashqi ko’rinishi bo’yicha o’zgarmasligi kerak (agar boshqacha ko’rsatma bo’lmasa). Kolloid eritmalar, suspenziya va emulsiyalarning loyqaligi XDF ning "Suyuqliklarning tinikligi va loyqaligi darajasini aniqlash" yordamida aniqlanadi. qabul qilinishidan oldin eritib ishlatiladigan (kukun holidagi) in’eksion dorivor moddalar ham in’eksion eritmalarga qo’yilgan barcha talablarga javob berishi zarur. Agar maxsus ko’rsatma bo’lmasa kukun eritilgandan so’ng tayyor in’eksion eritma 3 daqiqadan ortiq saqlanmasligi kerak. Foizda berilgan dorivor modda yoki boshqa ingredientlar konsentratsiyasi og’irlik hajm bo’yicha tayyorlanadi. YOrdamchi moddalar va ularning konsentratsiyasi dorilar tarkibida ko’rsatilgan bo’ladi.

IN’YEKSION DORILAR TEXNOLOGIYASI

In’eksion dorilar yuborilish joyiga qarab, bir-biridan farqlanadi. 1. Teri ichiga (injectiones intracu­taneae). Bunda juda oz miqdordagi (0,2-0,5 ml) suyuqlik terining tashqi (epiderma) va ichki (derma) qavatlari orasiga yuboriladi. 2. Teri ostiga (injectiones subcutaneae). Bunda oz miqdordagi (1-2 ml) suyuqlik (muskullar orasiga) tomir va nerv tolalari kam joyga yuboriladi. Dorivor moddalar limfatik tomirlar orqali so’rilib kon aylanish sistemasiga tushadi. 3. Muskul orasiga (injectio­nes intramusculares). Oz miqdordagi (1-2 ml) suyuqlik muskul orasiga yuboriladi. Dorivor moddalar limfatik tomirlar orqali so’riladi. 4. Vena kon tomirlari ichiga (injectiones introvenosae). Bunda suvli eritmalar 1-500 ml miqdorda venaga yuboriladi. Ko’pgina dori eritmalar venaga sekinlik bilan (10-15 minut ichida 1 l), ko’pincha tomchilab (kanyula orqali har daqiqada 40-60 tomchi) yuboriladi. 5. Arterial kon tomirlarning ichiga (injectiones intraarachoid ales). Bunda dori eritmalar asosan son yoki elka arteriyasiga yuboriladi. 6. Orqa miya kanaliga (injectiones intraarhraid). 1-2 ml dorivor modda III-IV-V orqa umurtkaning yumshoq va pautin qavatlari orasiga yuboriladi. Dori moddalarni in’eksiya holida yuborish bir qancha afzalliklarga ega: 1) dori moddaning juda qisqa vaqt ichida ta’sirining yuzaga chiqishi; 2) me’da-ichak yo’li hamda jigarning dori moddani parchalovchi fermentlari ta’sirining yo’kligi; 3) ta’m bilish va me’da-ichak yo’li azolarining dori modda ta’siridan mustasnoligi; 4) dori moddaning to’liq so’rilishi; 5) dozalarga ajratishning osonligi va aniqligi; 6) bemor xushsiz yotganda ham dorivor moddani yuborish mumkinligi; 7) ko’p miqdorda kon yo’kotilganda ham konni har xil kon o’rnini bosuvchi suyuqliklar bilan almashtirish mumkinligi.


Xozirgi zamon dorixatida in’eksion dorilar yuqori o’rinlardan birini egallaydi. Davolash muassasalarining dorixonalarida in’eksion dori turlari umumiy dorixatning 30-40% ini tashqil etadi. Dori moddalarni in’eksiya kilish uchun shprits va uning ninasi asosiy kurol bo’lib, ular 170 yildan beri xizmat kilmokda. Lekin shprits ham bir qancha kamchiliklardan holi emas, ishlab-chiqarish koeffitsientining pastligi, tez-tez va o’zok vaqt sterillanishi, qisqa vaqt ichida yaroksiz holatga kelishi va boshqalar.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish