148-savol. O‘zbekiston Respublikasida 2017-2018 yillardagi sud-huquq islohotlari.
|
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib, unda sud tizimini tubdan isloh etish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash , sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish , sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida : 1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi ( keyingi o'rinlarda - Kengash ) tashkil etilsin¹ . Farmonga ko'ra , O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik sudi birlashtirilib , fuqarolik , jinoiy , ma'muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi . Shuningdek , « O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to'g'risida » gi Qonun loyihasini tayyorlab , parlamentga kiritilishi belgilandi . Bu Qonun 2017 - yil 28 - martda qabul qilindi , ya'ni Senat tomonidan ma'qullandi . O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 - yil 21 - oktabrdagi « Sud huquq tizimini yanada isloh qilish , fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to'g'risida » gi va yuqorida qayd etilgan 2017 - yil 21 - fevraldagi farmonga muvofiq , 2017 - yil 28 - martda « O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida »
gi Qonun qabul qilinib , Asosiy qonunning 80 , 81 , 83 , 93 , 107 , 110 , 112 - moddalariga tegishli tuzatishlar kiritildi . Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq , sud tizimida iqtisodiy va
ma'muriy sudlar tuzilishi belgilandi . Konstitutsiya 111 - moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy maqomi aniq mustahkamlab qo'yildi . U sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadi . Konstitutsiya 93 - moddasi birinchi qismi 14 - bandining yangi tahririga muvofiq , Prezident Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudyalari
raislari va rais o'rinbosarlarini , O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi . O'z navbatida , Kengash Prezident bilan kelishilgan holda harbiy sudlar , viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini , tumanlararo , tuman , shahar sudlari raislarini hamda sudyalarini mus taqil ravishda lavozimga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi . O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to'qqizinchi yalpi maj lisi ( 2017 - yil 28-29 - mart ) « Sudlar to'g'risida » Qonun , Fuqarolik protsessual va Xo'jalik protsessual kodekslariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishini ma'qulladi . Bu bilan yangi tuzilayotgan ma'muriy va iqtisodiy sudlar faoliyatining tegishli huquqiy bazasi yaratildi . Iqtisodiy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan « Sudlar to'g'risida » gi qonundan xo'jalik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi normalar chiqarib tashlandi . Okrug harbiy sudlari va Harbiy hay'atlar tugatildi . Oliy sud tuzilmasiga ma'muriy va iqtisodiy ishlar bo'yicha hay'atlar kiritildi . Qonun sudya lavozimiga birinchi marta saylanganda besh yillik muddatni , navbatdagi marta saylanganda o'n yillik muddatni va sudyalik lavozimida bo'lishning muddatsiz davrini belgilash , ayni bir sudda sudyalik ( raislik ) lavozimini surunkasiga ikki muddatdan ortiq egallash mumkin emasligini nazarda tutadi . O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi barcha normativ - huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladi . U siyosat va huquq sohalaridagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi , rais o'rinbosari va sudyalaridan , shu jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi vakilidan iborat tarkibda saylanadi . O'zbekiston
Respublikasi Oliy sudi fuqarolik , jinoiy , ma'muriy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir . O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudlari , viloyat , shahar , tumanlararo , tuman sudlari va harbiy sudlarning faoliyati ustidan nazorat olib boradi . Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat'iy va bajarilishi barcha uchun
majburiydir .
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |