Nazariya javoblari


-savol. Jamiyatning siyosiy tizimida siyosiy va huquqiy normalar, siyosiy faoliyat va siyosiy ong



Download 124,39 Kb.
bet59/64
Sana19.02.2022
Hajmi124,39 Kb.
#458795
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Nazariya javoblari

143-savol. Jamiyatning siyosiy tizimida siyosiy va huquqiy normalar, siyosiy faoliyat va siyosiy ong.

Siyosiy va huquqiy normalar — Konstitutsiya, kodeks, nizom , partiyaviy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bo‘lib, ular siyosiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Siyosiy faoliyat — jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish tizimini muhofaza etish,
rivojlantirish hamda funksional ta'minlashga qaratilgan faoliyat turidir.
Siyosiy ong — ijtimoiy ongning bir turi bo‘lib, u siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kishilarning siyosiy munosabatlar sohasidagi xulq-atvorini yo‘naltiruvchi
tafakkurning namoyon bo‘lishidir. Siyosiy ong — siyosiy nazariyalar, dasturlar, ta’limotlar tarzida, shuningdek siyosat haqidagi oddiy insoniy qarashlar, tasavvurlar va an’analar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.



144-savol. Hokimiyatlar taqsimlanish tamoyili.



Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati — davlat hokimiyatining uch asosiy tarmog‘idir. Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv
tamoyillar asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tom onidan idora etishning samaradorligini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni bir shaxs qo‘lida yoki
ayni bir idora ixtiyorida jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat
noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan johillarcha foydalanishi mumkin. Hokimiyatlar taqsimlanishining yuridik ma’nosi buyuk fransuz ma’rifatparvari Sh.L.M onteskyening “Qonunlar ruhi haqida” asarida shunday izohlangan: adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki, aksincha, bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning har qanday ko‘rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bolishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin. Hokimiyatlar taqsimlanishi uch jihat yoki uch darajada: funksional, institutsiyaviy va shaxsiy darajada namoyon bo‘ladi.




Download 124,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish