9-ma’ruza: Morfosentrik nazariya. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
Reja:
1.Morfologik sath. Morfosentrik nazariya.
2.Grammatik shakllar va grammatik kategoriyalar.
3.So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari.
Tayanch iboralar: morfologiya, morfologik sath, grammatik ma’no, grammatik shakllar va kategoriyalar,ko‘plik shakli, kelishik shakli.
Morfologiya grekcha morphe "shakl", logos "ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z shakllari haqidagi ta’limotdir. Demak, morfologiyada so‘z shakli tushunchasi markaziy o‘rinni egallaydi.
So‘z atamasi tilning leksik sathiga mansub bo‘lgan birlik uchun ham, morfologik sath birligi uchun ham qo‘llanadi. Leksik sath birligiga nisbatan qo‘llanilganda leksemaga, morfologik sath birligiga nisbatan qo‘llanganda esa so‘z shaklga teng keladi.
So‘zning grammatik ma’no ifodalovchi grammatik morfemalar sistemasi grammatik paradigma hisoblanadi. Paradigmaning muayyan bir a’zosi so‘z shakli sanaladi.
Paradigma a’zolari o‘z ichida o‘zaro zidlik munosabatida bo‘ladi. Ana shu munosabat u yoki bu paradigma a’zosini to‘g‘ri tavsiflash va uning sistemadagi qiymatini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. Masalan, gul so‘zining birlik shaklda ekanligini otlarning son paradigmasidagi gullar shakliga qarab belgilaymiz. Shuningdek, shu so‘zning bosh kedishik shaklida ekanlig‘ini qaratqich, tushum va boshqa kelishik shakllariga qarab aniqlaymiz. Bundan ko‘rinadiki, har bir paradigma asosini o‘zi tashkil etgan a’zolari o‘rtasidagi zidlanishlar tashkil etadi. Zidlanishlar paradigma a’zolarining yashash va rivojlanish asosidir.
Har bir zidlanishda umumiylik-xususiylik dialektikasi namoyon bo‘ladi. Zidlanuvchi a’zolar birlashtiruvchi va farqlovchi semalar majmuasidan iborat bo‘ladi. Birlashtiruvchi sema zidlanuvchi a’zolarni ma’lum sinfga birlashgirish uchun xizmat qilsa, farklovchi semalar ma’aum sinf tarkibidagi a’zolarniig o‘zaro farkdanishini, o‘ziga xosligini bildiradi. Masalan, gul, gulning, gulni kabi so‘z shakllari kelishik umumiy grammatik semasi (birlashtiruvchi sema) bilan kelishik paradigmasiga mansubligini bildirsa, gul va gulning o‘rtasidagi farqlovchi sema (birida nol ko‘rsatkichli sema, ikkinchisida qaratqich semasi) ularning o‘ziga xos belgilarini ochish uchun xizmat qiladi. Morfologik so‘z morfemadarning sintagmatik munosabatidan tashkil topar ekan, demak, so‘zning qurilish birligi morfema varianti sanaladi. Shuning uchun morfodogiyada morfema va uning varianti tushunchasi markaziy urinni egallaydi. Grammatik ma’no leksik ma’nodan farqli ravishda borlikdagi narsa va hodisalarning umumlashgan ma’nolarini va ular o‘rtasidagi munosabatni bildiradi. Grammatik ma’no leksema ma’nosi bilan bevosita aloqador va borliqdagi umumiy narsa va hodisalarning in’ikosidir. U ma’no leksemaning o‘zidan bilinib turadi.Grammatik ma’no sistema sifatida morfologik ma’no, sintaktik ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Shunday ekan, u bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega. Shunga muvofiq, ularni morfologik ma’no hamda sintaktik ma’nolarga bo‘lish mumkin. Morfologiya morfologik ma’nolarni o‘rganadi. Grammatik ma’no tildan tashqaridagi predmetlar, hodisalar, xususiyatlarni aks ettiruvchi nosintaktik (referensional), masalan, mikdor, makon, zamon kabi va gap xamda so‘z birikmasi tarkibidagi so‘z shakllarining aloqasini bildiruvchi sintaktik ma’nolarga bo‘linadi.
Grammatik ma’no muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalanadi. Ma’lum grammatik ma’noni ifodalovchi moddiy vositalar grammatik shakl hisoblanadi: ko‘plik shakli, kelishik shakli va sh.k. Grammatik shakl deganda, ma’lum grammatik ma’noning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning birtomonini - shakliy tomonini ifodalaydi. Demak, grammatik kategoriya grammatik shakllarning o‘zaro munosabatidan tashkil topgan umumiylik deyish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham o‘z navbatida shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik sanaladi. Grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalaniladi. Grammemalarni grammatik kategoriyaga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan ma’no asos bo‘lib xizmat qiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan ma’no mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Ana shu takrorlanuvchi sema grammemalarni grammatik kategoriya tarkibiga birlashtirishga xizmat qiladi. Kategoriya tarkibidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan o‘ziga xos ma’nosi ham mavjud bo‘ladi. Ana shu farqlovchi semalar kategoriya a’zolarining o‘zaro zidlanishiga asos bo‘ladi. Kategoriya ma’nosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema ma’nosi o‘rtasida tur-jins munosabati mavjud bo‘ladi. Aks holda, grammema boshqa kategoriyaning vakili sanaladi.
Grammatik kategoriyaning asosiy tuzilish belgisi zid chanpshdir. Grammatik kategoriya ikki xil yuzaga chiqadi: 1) so‘z shakllarining o‘zaro zidlanishi; 2) leksemalarning o‘zaro zidlanishi. Birinchisi turkumga xos kategoriyalar, ikkinchisi tasniflovchi kategoriyalar — so‘z turkumlarini o‘z ichiga oladi. Birinchisi munosabatni bildiradi, ikkinchisi esa borliqdagi narsa va hodisalarning ongda aks etgan umumlashgan obrazini nomlaydi.
Grammatik kategoriyalar sintaktik xoslanish xususiyagiga ega. Ular gap va uning tarkibidagi uzvlarni bog‘lash hamda sintaktik birlikni gap qilib shakllantirish vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday grammatik kategoriyalar ikkiga bo‘dinadi: a) sintaktik birliklarni bog‘lash uchun xizmat qiluvchi (konnektiv) kategoriyalar; b) sintaktik birlikni gap qilib shakllantiruvchi (konstitutiv) kategoriyalar. Birinchisiga egalik, kelshik kategoriyalari (otlarda), ikkinchisiga zamon, mayl, shaxs-son (fe’llarda) kategoriyalari kiradi.
Grammatik kategoriya sistema bo‘dib, ichki tuzilish birliklariga ega. Uning tuzilish birliklari morfologik va sintaktik kategoriyalardir. Shu kunga qadar grammatik kagegoriya atamasi ostida ko‘proq morfologik kategoriyalar o‘rganib kelindi. Bunga sabab antik davrdan buyon asosan, morfologiyani o‘rganishga e’tiborning qaratilganligi, grammatika deganda, asosan, morfologiyaning tushunilganidir. Keyinchalik sintaktik sathning ham chuqur o‘rganilishi natijasida sintaksisning ham o‘ziga xos kategoriya-lari mavjudligi aniqlandi.
Lingvistikada lisoniy birliklarning vazifaviy tomoniga e’tiborning kuchayishi natijasida morfologik va sintaktik kategoriyalar o‘rtasidagi funkiional bog‘lanishni ochib berish imkoniyati tug‘ildi. Bu ikki kategoriya o‘rtasidagi munosabat turli sathlilik munosabati sanaladi. Dastlabkisi ikkinchisi uchun qurilish (konstruktiv) asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham morfologik kagegoriya va sintaktik kategoriyalarni belgilash va ular o‘rtasidagi munosabatni ochish katta ahamiyatga ega.
So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Adabiyotlarda so‘zlarni turkumlarga ajratishning asosiy tamoyillari sifatida tushuncha ifodalash, shakliy yaxlitlik, fonetik bir butunlik belgilari ko‘rsatiladi. Agar bu belgilarga jiddiy e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning hammasi mustaqil so‘zlarni ajratishga yordam beradi. Yordamchi so‘zlar esa bunday xususiyatlarga ega emas. Shunday ekan, yordamchi so‘zlarni, masalan, -u, -yu, -da singarilarni «so‘z» atamasi ostida birlashtirish mumkinmi? Tabiiyki, yo‘q. Chunki ular «so‘z» (morfologik so‘z) tamoyillarining birontasiga ham javob bermaydi.
Agar morfotsentrik nazariya asosida tilning morfemik sathida eng kichik ma’noli birlik sifatida morfemani, undan yuqoriroq bo‘lgan morfologik sathning birligi sifatida so‘z shaklni e’tirof etsak, tilnpng sistemaviy tabiatini to‘g‘ri yoritgan va so‘zlarni turkumlarga ajratishda yuqoridagi ziddiyatni bartaraf qilgan bo‘lamiz.
Morfotsentrik nazariyaga muvofiq, so‘z shakl ikki va undan ortiq allomorflarning sintagmatik munosabatidan tashkil topgan, gapda muayyan bir pozitsiyada kelib, boshqa so‘z shakl bilan munosabatga kirishuvchi funknional butunlikdir. Bu til sathlari o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan pog‘onali munosabatni ham va bir sathga mansub bo‘lgan birliklar o‘rtasidagi munosabatni ham o‘zida mujassamlaydi.
So‘z shakl butunlik, qurilma sanaladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: leksik morfema + grammatik morfema (M ,+Mg). So‘z shakl til egalari ongida tayyor bloklar holida mavjud bo‘ladi. So‘z shakl qurilma ekan, uning qurilish birliklari morfemalar hisoblanadi. Demak, morfema so‘z shakl tarkibida allomorf holida funksiyalashadi. So‘z shakl esa, o‘z navbatida, morfema variantlarining o‘zaro sintagmatik munosabatidan tashkil topadi.
Morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil gopgan butunlik so‘z shakl sanaladi. So‘z shakl morfemik sathdan bir daraja yuqori bo‘lgan morfologik sathning birligidir. So‘z shaklning qurilish materiali morfema hisoblanadi. So‘z shakl qanday morfemalarning sintagmatik munosabatidan tashkil topishiga ko‘ra quyidagi modellardan iborat bo‘ladi:
1.Ml - Maf (leksik morfema + shakl yasovchi morfema) 2.Ml + Mk (leksik morfema + ko‘makchi morfema ) Z.Ml + Ml + Maf (yord.) 4.Ml - Mafl (yord.) 5.Mor (Ml + Mafr.) Birinchisi, so‘zning sintetik shakli modelini, ikkinchisi analitik shaklini, uchinchisi qo‘shma so‘z shaklini, to‘rtinchisi esa yasama so‘z shakli modellarini ifodalaydi. Beshinchisi undov, mimema va modal birliklarining leksik morfema bilan yaxlitligini ko‘rsatadi. (Beshinchi model alohida tadqiqotni talab qiladi.) So‘z (morfologik so‘z) ning bunday talqini tilning sistemaviyligi, ko‘p sathliligi, sathlararo pog‘onali munosabatning mav-judligini o‘zida namoyon qiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishdagi muammolarni ijobiy hal qilishga ham yordam beradi. Morfologik so‘z sifatida mustaqil so‘zlargina e’tirof etiladi va ular obyektiv borliq uzvlarini ong orqali ifodalash nuqtai nazaridan otlar (ismlar) va fe’llarga bo‘linadi. Otlar borliqdagi narsa va hodisalarning nomlari, fe’llar esa harakat-holatlarning nomlaridir.
Borliqdagi narsalar tabiiy sifat va mohiyat birligidir. Har qanday zot (substansiya) muayyan belgilarga (aksidensiyalarga) ega bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, otlarni nimaning nomini ifodalashiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: Narsa-hodisa otlari (substansional otlar). 2.Belgi-xususiyat otlari (aksident otlar). Belgi-xususiyat otlari qanday belgi ifodalashiga ko‘ra yana ikkiga ajratiladi: 1. Belgi otlari (sifat, ravish ham). 2.Miqdor otlari (son).
Yuqoridagi tasnif so‘z shakllarining atash ma’nolariga asoslaniladi. Shu bilan birga, morfologik xususiyatlari ham e’tiborga olinadi.
Narsa va hodisalarni nomlash nuqgai nazaridan ismlar ikki darajaga bo‘linadi:
1. Birlamchi nomlar (narsa otlari, belgi otlari, miqdor otlari) va fe’llar (fe’l ham nomlash nuqtai nazaridan harakat va holatning nomidir).
2. Ikkilamchi nomlar. Ikkilamchi nomlarga atoqli otlar (antroponim, toponim, gidronim, oronim va h.k.) va olmoshlar kiradi. Bu ikki turkum borliqdagi narsa va hodisalarni bevosita nomlamaydi. Oldin nomlangan narsalarni bir-biridan ajratadi yoki udarga ishora qiladi. Bu jihatdan atoqli otlar va olmoshlar atash ma’nosiga ega bo‘lmagan "ichi bo‘sh" so‘zlar sifatida o‘zaro umumiylikni hosil qiladi. Lekin atoqli otlar faqat narsa otlarini bir-biridan ajratish uchun qo‘llanilsa, olmoshlar barcha so‘z shakllari o‘rnida almashinib kelib, ularga ishora qilish hamda og‘zaki va yozma matn tarkibidagi matn qismlarini bog‘lash vazifasini bajaradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, belgi oti turkiy tillarda sinkretik xususiyatga ega. U belgini atash nuqtai nazaridan ham, morfologik belgisi nuqtai nazaridan ham bir xil xususiyatga ega.
Nazorat savollari:
1. Grammatik ma’no va grammatik shaklga izoh be-
ring.
2 .Grammema nima?
3. Grammatik kategoriya qanday yuzaga chiqadi?
4. So‘zlarni turkumlarga ajratishning qanday tamoyillari mavjud?
5. So‘z shakl nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |