Nazariy tilshunoslik masalalari


-ma’ruza: Nazariy grammatika tizimida sintaksis. Gap va uning belgilari



Download 13,57 Mb.
bet38/69
Sana28.06.2022
Hajmi13,57 Mb.
#716554
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (3)

10-ma’ruza: Nazariy grammatika tizimida sintaksis. Gap va uning belgilari
Reja:

  1. Gap va uning belgilari.

  2. Gapda shakl va mazmun.

3.Gap bo‘laklari iyerarxiyasi.
Tayanch iboralar: sintaktik sath, sintaktik birliklar, so‘z birikmalari, gap tuzilishi, gap, gap modeli, predikativlik, gap bo‘laklari.
Gap va uning belgilari. Sintaktik sathda so‘z birikmalari va gap tuzilishi, ularning semantikasi o‘rganiladi. Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir. Gapning asosiy funksional belgisi kommunikativlik, ya’ni fikr ifodalash va bayon qilish vazifasidir. Til kishilar o‘rtasida eng muhim fikr ifodalash vositasi ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi. So‘z ham, so‘z birikmasi ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ vazifadir.
Gap termini umumlashgan birlik, mohiyat sifatida til birligini ham, reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq birligini ham ifoda etadi.
Gil tuzilishidagi har bir sath birligi til (umumlashgan birlik) va nutq (aniq birlik) birliklariga bo‘linganidek, sintaktik sathning birligi bo‘lgan gap ham til va nutq birliklariga bo‘linishi kerak. Rus tilshunosligida bu ikki hodisa ikki xil termin bilan nomlanadi: til birligi uchun «model», «struktur sxema» yoki «gap» (predlojenie), nutq birligi, uchun «jumla» (vgskazshanie). Gap sathida til va nutq hodisalarini farqlash uchun «gap» yoki «gap modeli» (til birligi) va «jumla» (nutq birligi) terminlaridan foydalanish o‘rinli.
Gap yoki gap modeli jumlaning tipiklashtirilgan grammatik shakli (O.M.Moskalskaya), jumla esa uning muayyan vaziyat bilan bog‘langan nutqiy ko‘rinishidir. Gap modeli aniq sanalish va tasvirlanish xususiyatiga ega (yopiq ro‘yxatni tashkil qiladi), jumlaning esa juda keng namoyon bo‘lish imkoniyati mavjud. Gap modeli aniq jumlalar gavdalanishi, jumla esa shu gap modelining nutqda turlicha namoyon bo‘lishidir. Gap modeli yashash shakliga ko‘ra ijtimoiy, jumla esa xususiy belgiga ega. A. Fitrat esa o‘tgan asrning boshlaridayoq gapda muayyan elementlarning o‘zaro bog‘lanishi to‘g‘risida, gap haqida asosli fikrlarni bayon qilgan edi. Gap qismlari so‘zdan iborat bo‘lib, so‘zda gap mazmunining ma’lum bir qismi aks etadi. Shuni aytish zarurki, gap doirasiga kirgunga qadar mustaqil bo‘lgan so‘z nutqda (gapda) har doim ham mustaqil birlik sifatidagi mavqeini oqlashi shart emas.
V.M.Solnsevning ko‘rsatishicha, har qanday tilda gap sistem-struktur qarash nuqtai nazardan sistemadir. Buning sababi shundaki, har qanday gapda tabiiy ravishda predikativlik va uni ifodalovchi shakllar mavjud bo‘ladi. Ana shu ko‘rsatkich (shakl)lar yordamida ifodalangan predikativlik ham sistema sanaladi va ma’lum elementlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlikdir. Masalan: O‘rik gulladi va o‘rikning gullashi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Ular faqat shu obyektiv mazmunni qanday ifodalashi jihatdan farq qiladi. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida yo‘q. Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. U gapning shakllar sistemasidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma’nodir (N.Yu.Shvedova). Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar yig‘indisidan tashkil topadi. Demak, shunday grammatik ma’noga va uni ifodalovchi shakllar sistemasiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi. Predikativlikning shakllanishi xilma-xil: 1) har bir predikativ ma’no komponenti (tasdiq-inkorlik, shaxs, zamon, modallik) alohida-alohida shakllar orqali ifodalanadi. Masalan: yoz+ma+sa (y) +di+ng+-iz qurilmasiga beshta predikativ ma’no komponenti beshta grammatik shakl orqali ifodalangan —ma (inkorlik), -sa (modallik), -di (zamon), -ng (shaxs), -iz (son). 2) bir formant yordamida sintezlashgan holda ifodalanishi mumkin. Masalan: yoz+ay (tasdiq, aniqlik mayli, kelasi zamon, I shaxs), talabaman (tasdiq, aniqlik mayli, hozirgi zamon, I shaxs) va b. 3) nol shaklga ega bo‘lib, u paradigma ichida boshqa paradigma a’zolarining shakliga qiyosan belgilanadi. Masalan: yoz+ay, -yoz, yoz+sin. Paradigmaning ikkinchi a’zosi yoz ning ikkinchi shaxs, buyruq mayli (modallik), kelasi zamon, tasdiq grammatik ma’nolarining nol shakl orqali ifodalanganligi yoz+ay va yoz+sin birikmalariga qiyosan belgilanadi; 4) nol shaklga ega bo‘lib, u nutq vaziyati orqali belgilanadi. Masalan: Bahor. Bu so‘z o‘zining shakl paradigmasida bosh shakl sifatida nominativ birlik, gap emas. Paradigmadan tashqarida predmetning umumlashgan nomini atash yo‘li bilan shaxs, son, zamon, tasdiq (mavjudlik) ma’no-larining ifodalanishi uni gapga aylantiradi.
Xullas, predikativlik gapning asosiy grammatik kategoriyasi bo‘lib, u tasdiq, inkor, modallik (mayl), zamon, shaxs, son kategoriyalari sintezidan iborat. Hozirgi sintaktik nazariyalarda gapning boshqa til birliklaridan asosiy farqi, ya’ni gapni gap qilib turgan asosiy belgi predikativlik ekanligi tan olinsa ham, lekin predikativlik hodisasiga yondashuv bir xil emas. Bu hodisaning mohiyatiga, uning tuzilishiga nisbatan ikki xil qarash mavjud. Birinchi nuqtai nazardan, gapning bosh bo‘laklari — ega va kesim o‘rtasidagi munosabat predikat. XIX asrning yarmidan boshlab vujudga kelgan munosabat logikasiga ko‘ra, hukm asosida faqat predikat turadi. Munosabat logikasi ta’sirida tilshunoslikda gapning bir cho‘qqili nazariyasi vujudga keldi. Bunga ko‘ra, gapning konstitutiv elementi predikat, qolganlari shu predikat va-lentliklarini reallashtiruvchi, grammatik jihatdan unga tobe bo‘lgan bo‘laklar — argumentlar yoki aktantlar hisoblanadi. Ega ham predikat aktanti sifatida daraja jihatdan to‘ldiruvchilar qatorida turadi.
Gapni bo‘laklarga ajratishda qaysi asosga tayanish juda muhim o‘rin tutadi? Shu kunga qadar tilshunosliqda gap bo‘laklarini belgilashda bosh mezon sintaktik birliklarning tobe aloqasi sanaladi. Tobe aloqaga kirishmagan sintaktik birliklar gap bo‘laklari rubrikasidan chetda qoladi, bu esa butunni bo‘laklarga ajratish tamoyiliga ziddir. Gap bo‘laklarining gapdagi mavqeiga ko‘ra darajalanishida ham tilshunoslikda bir xil fikr mavjud emas. Munosabat logikasiga asoslangan tilshunoslikda har qanday gapning mazmuniy va grammatik asosi kesim hisoblanadi. Ana shu ikkinchi nazariya bo‘yicha gap tarkibidagi har qanday bo‘lak o‘z ichida mayda bo‘laklardan tashkil topishi mumkin bo‘lgan butunlik bo‘lishi mumkin. Gap bo‘laklari muayyan sintaktik pozitsiyada bo‘lib, tayanch nukta hisoblanuvchi kesimga (predikatga) bog‘lanadi. Ular kesimning «bo‘sh o‘rinlari»ni to‘ldirib, unga nisbatan ma’lum vaziyat (pozitsiya) da keladi. Kesimning «bo‘sh o‘rin»larini to‘ldirib, ma’lum sintaktik vaziyatda keluvchi ega, hol, to‘ldiruvchi pozitsiyasidagi sintaktik birliklar moddiy jihatdan bir morfologik shakl yoki bir necha morfologik shakllardan tashkil topadi.
I.B.Dolininaning fikricha, bunday sintaktik birliklar, bir tomondan, o‘z ichida sintaktik bo‘linish xususiyatiga ega, ikkinchi tomondan, bir butun holda gap tarkibida bir gap bo‘lagi kabi ishtirok etadi. Bu esa yuqoridagi sintaktik birliklarning ichki sintaktik munosabatlari butun gapga nisbatan belgilanib, ularning funksiyalashuvi faqat shu sintaktik birlikning o‘zi uchun xos ekanligini ko‘rsatadi.
Gap tarkibida ishtirok etgan so‘z shakllari o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ana shu munosabat sintaktik tahlilga pozitsiya tushunchasini olib kirish imkonini beradi. Pozitsiyani bunday tushunish muayyan nutq zanjirida bir a’zoning pozitsiyasi boshqasiga nisbatan belgilanmasligini, pozitsiyaga ko‘ra mustaqilligini taqozo etadi. Ana shu a’zo gap tuzilishining markazi, munosabatlar zanjirini keltirib chiqarishning tayanch nuqtasi hisoblanadi.
Tilshunoslik tarixida bir cho‘qqili nazariyaning yuzaga kelishi bilan ana shunday markaz rolini kesim o‘ynashi qaqidagi fikr keng tarqaldi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish