Nazariy tilshunoslik masalalari


-ma’ruza:Til birliklari orasidagi paradigmatik, sintagmatik va iyerarxik munosabatlar



Download 13,57 Mb.
bet40/69
Sana28.06.2022
Hajmi13,57 Mb.
#716554
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
f2512a40664e9cd0d7040a3ffb565595 NAZARIY TILSHUNOSLIK MASALALARI (3)

11-ma’ruza:Til birliklari orasidagi paradigmatik, sintagmatik va iyerarxik munosabatlar.
Reja:
1.Til birliklari orasidagi paradigmatik munosabatlar.
2.Til birliklari orasidagi sintagmatik munosabatlar.
3.Til birliklari orasidagi iyerarxik munosabatlar.
Tayanch iboralar: tilning ichki tuzilishi, til birliklarining pog‘onaviylik belgisi, ustparadigma, paradigma, paradigmatik, sintagmatik, ierarxik munosabatlar.
Sath tushunchasining ma’lum til birliklari yig‘indisi tushunchasi bilan aloqasi borligi shubhasiz. Lekin sathni belgilashda qanday lingvistik belgilarga tayanish masalasini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Til birliklarini muayyan guruhlarga turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Shunga muvofiq ravishda sath tushunchasi nisbiy bo‘lib qoladi va bu tushuncha ayrim birliklarning ma’lum belgi asosida birlashgan guruhning oddiy nomiga aylanib qoladi.
Tilning ichki tuzilishini sathlarga ajratishda ana shunday boshboshdoqlikni bartaraf qilish uchun til birliklarining doimiy, barqaror sathlarini ajratishga imkon beradigan belgilariga tayanish lozim. Ana shunday belgi til birliklarining pog‘onaviylik belgisidir. Xuddi ana shu belgi deskriptiv tilshunoslik vakillari tomonidan tilni sathlarga ajratishning asosiy belgisi sifatida e’tirof etilgan edi. Lingvistkii birlikning ana shu pog‘onaviylik belgisi lingvistim sathni belgilashning asosiy tamoyili sifatida e’tirof etilganda, til ichki tuzilishining pog‘onaviylik tabiati to‘g‘ri ochilgan bo‘ladi.
Bunga muvofiq, lingvistik sathtushunchasi ostida o‘zaro pog‘onaviy munosabatda bo‘lmagan nisbiy bir xil birliklar munosabati anglashiladi. Bir sath birliklari boshqa sathga mansub (o‘zidan katta yoki o‘zidan kichik) bo‘lgan birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘ladi. Bunda quyi sath birligi yuqori sath birligidan tashkil topadi, quyi sath birligi yuqori sath birligi tarkibiga kirish xususiyati aks etadi.
Ana shunday birliklar majmuasi nisbiy bir xil bo‘lgan birliklar ustparadigmasini tashkil etadi. Ustparadigma a’zolari o‘zaro paradigmatik va sintagmatik munosabatga kirishadi. Ular ma’lum sinfga birlashadi (fonemaning turli sinflari, morfemaning turli sinflari va boshqalar) va bir-biri bilan o‘zaro ketma-ket bog‘lanadi, sintagmatik zanjirni hosil qiladi.
Shunday qilib, tilning ko‘p sathliligi konsepsiyasi garafdorlarining ko‘pchiligi uchun umumiy tomon tilni chegaralangan mikdordagi birliklardan tashkil topgan nisbiy avtonom kichik sistemalarning integrativ munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik sifatida e’tirof etishdir.
Turli sath va ustparadigma birliklari o‘zaro paradigmatik munosabatga ham, sintagmatik munosabatga ham kirishmaydi, ya’ni fonema va morfemalardan yoki morfema va so‘zlardan tashkil topgan sinflarning bo‘lishi mumkin bo‘lmaganidek, fonema bilan morfemaning, morfema bilan so‘zning ketma-ket munosabatga kirishib, sintagmatik zanjirni hosil qilishi ham mumkin emas.
Shunday kilib, til sathlaryni e’tirof etuvchi tilshunoslar fikricha, turli sath birliklari o‘rtasida integratsion munosabat mavjud bo‘ladi. Bu konsepsiya tarafdorlari til sathlari o‘rtasidagi aloqani e’tiborga olgan holda, tilga yagona ierarxik shakllangan sathlar sistemasi sifatida qaraydilar.
Tilning ichki tuzilishiga bunday yondashuv kompozitsion konsepsiya deb yuritiladi. Kompozitsion konsepsiyaga muvofiq, tilning ichki tuzilishi bir xil yo‘nalishdagi pog‘onalanishdan (ierarxiyadan) iborat. Bu shundan iboratki, fonema, morfema va undan katta birliklar o‘rtasida bir xil yo‘nalishdagi pog‘onali munosabat mavjud. Quyi sath birligi yuqori sath birligi uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Quyi sath birligi yuqori sath birligi tarkibida uning tarkibiy qismi (konstitutiengi) sifatida vazifa bajaradi. Shuning uchun til sathdari o‘rtasida quyidan yuqoriga yo‘nalgan munosabat e’tirof etiladi va bu munosabat bir xil turdagi, konstituentiv munosabat sanaladi hamda "..ga kiradi", "...dan tashkil topadi" sxemasini o‘zida namoyon etadi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish