4-maruza: Lingvistik belgilar va lingvistik belgi tuzilishi
Reja:
1.Tilshunoslik va semiotika. Belgi va uning turlari.
2.Tabiiy, suniy, shartli, kommunikativ va informativ belgilar.
3. Tilning belgili va belgisiz xususiyatlari. Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan organilishi. Lingvistik belgilar va lingvistik belgi tuzilishi
Tayanch iboralar: semiotika, lingvosemiotika, belgilar sistemasi, Ch. Morris, Ch. Pirs, tabiiy, suniy, shartli, kommunikativ va informativ belgilar.
Inson ozini qurshab turgan olamni bilish jarayonida uning unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi. XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar shugullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruhshunoslarning ham diqqatini jalb qildi. Belgi haqidagi falsafiy nazariya ozining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar.Faylasuflar tasirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bagishlangan deyarli barcha lingvisgik asarlarda soz ikki tomonlama xarakterga ega bolgan belgi sifatida talqin qilina boshladi. V.Gumboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida sozga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shugullanuvchi alohida fan semiologiya fani mavjud bolishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini takidladi. XIX asrdagi belgilar sistemasiga bagishlangan falsafiy asarlar orasida Ch.S.Pirsning asari alohida ajralib turadi. Semiotikaning asoschisi sanaluvchi Ch.Morrisning Ch.S.Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz emas. Garchi F.de Sossyurning Umumiy lingvistika kursi asarida Ch.S.Pirs asarlariga ishora sezilmasa ham, ammo bu ikki olimning belgilar haqidagi qarashlarida bir-biriga juda oxshashlik bor. Shuning uchun R.O.Yakobson: ikki olimning belgilar sistemasining organishdagi harakatida qandaydir genetic aloqa bormi yoki fikriy muvofiqlikni uchratamizmi, degan masalani hal qilish juda qiziqarli bolar edi, - degandi.
Ch.Pirs belgilarni birinchi marotaba tasnif qiladi. U tasnifda belgining moddiy tomoni ifodalovchi bilan ifodalanmish ortasidagi farqlanishga asoslanadi. Ana shu belgi asosida Ch.Pirs belgilarni uch katta guruhga ajratadi:
1.Sanam belgilar. Bunday belgilar ifodalovchi malum darajada ifodalanmish bilan oxshashlikka ega boladi (masalan, hayvonlarning tasvir belgisi sifatida aks ettirilishi).
2.Indeks belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bogliqlik va h.k.) orqali boglanadi. Masalan, tutun olovning indeks belgisi sanaladi.
3.Simvol belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish ortasida shartli, konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud boladi. Bu munosabat erkin va malum qoida asosida vujudga keladi. Ana shu jihatdan lingvistik belgilar simvol belgilarga oxshaydi. Lekin belgilar tipologiyasida alohida orin egallaydi.
2.Tilning belgili va belgisiz xususiyatlari. Til belgili xususiyatlarining lingvosemiotika tomonidan organilishi. Tilning belgilar sistemasi ekani uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. F.de Sossyurning fikricha, til belgilari oz tabiatiga kora garchi psixik bolsa ham, lekin u abstraksiya emas, balki jamiyat azolari til xotirasida joylashgan reallikdir. U ayrim mualliflarning til alohida narsalarning nomlari yigindisi (nomenklaturasi) degan qarashlariga tanqidiy munosabatda boladi.
F.de Sossyur ozigacha bolgan olimlarning belgi deganda faqat akustik obrazni tushunishiga tanqidiy yondashgan holda, lingvistik belgi tarkibiy qismlarini ifodalovchi tushuncha atamasini ifodalanmish atamasiga, akustik obraz atamasini ifodalovchi atamasiga ozgartirishni tavsiya etadi. Bunday vaqtda lingvistik belgi atamasi butunni, keyingi ikki atama esa uning ikki tarkibiy qismini ifodalaydi. Keyingi ikki atamaning qulayligi shundaki, avvalo, butun tarkibidagi unsurlarning ozaro zid-lanishini, qolaversa, butun va bolak zidlanishini togri ifodalaydi.
Lingvistik belgi eng muhim ahamiyatga molik ikki xususiyatga ega ekanligini takidlaydi. Ularning birinchisi erkinlik (proizvolnost), ikkinchisi esa ifodalovchining ketma-ketligidir.
F.de Sossyurning talqiniga kora, har qanday lingvistik belgi ifodalovchi va ifodalanmish munosabatidan tashkil topgan butunlik sanaladi. Lingvistik belgining ifodalovchi va ifodalanmishi ortasidagi munosabat erkindir.
Masalan: opa tushunchasi o-p-a tovushlar ketma-ketligi bilan hech qanday ichki munosabatga ega emas. Bu tushuncha boshqa har qanday tovushlar ketma-ketligi asosida ham ifodalanishi mumkin. Bu turli tillarda mazkur tushunchaning turlicha ifodalanishi va turli tillarning mavjudligi bilan ham izoxlanadi.
V.Fon Gumboldt tomonidan aytilgan va F.de Sossyur nomi bilan mashhur bolgan tilning belgilar sistemasi ekani haqidagi qarash ilmiy jamoatchilik ortasida keng tarqaldi.
Belgilarning tuzilishi haqidagi qarash bugungi kunda bir xil emas, ayrim tilshunoslar belgi deganda, faqat ifodalovchini etiborga oladilar, belgi manoga ishora qilishini takidlaydilar (L.O.Reznikov va boshqalar). Boshqa guruhdagi olimlar (G.P.Melnikov va boshqalar) belgining ifodalovchi va ifodalanmish birligidan iborat ekanligini qayd etadilar. Bu ikki yonalish fanda monoleteralistik va bileteralistik qarash nomi bilan yuritiladi.
Bileteralistik qarashga muvofiq, har qanday lingvisgik belgi ikki tomonlama mohiyat sanalib, ifodalovchi va ifodalanmish birligidan iborat. Ifodalanmishning ozi ham murakkab struktura sanalib, uning bir manosi obyektiv reallik bilan boglanadi. Shu sababli ham lingvistik belgining ifoda va mano tomonlarining dialektik munosabati haqida fikr yuritilganda, ularni bazan uchburchak (Richards-Ogden), bazan esa trapetsiya (Melnikov) geometrik figuralari orqali belgilaydilar.
Har qanday soz lingvistlar tomonidan qanday talqin qilinishidan qati nazar, semantik uchburchak holidami, tortburchak holidami, obektiv borliqni ong orqali aks ettirish bosqichi vositasida ifodalaydi.
Obyektiv borliq umumlashgan obrazlar orqali, til belgilari orqali oz ifodasini topadi. Bugungi kunda tilning belgilar sistemasi ekanligini deyarli barcha tilshunoslar etirof etdilar. Hatto otgan asrning ortalarida tilning belgilar sistemasi ekanligini rad etuvchi ayrim olimlar ham (jumladan, L.O.Reznikov va boshqalar), keyinchalik tilning belgilik tabiatini etirof eta boshladilar. Belgi tabiatiga ikki xil qarashning paydo bolishiga manoni tilshunoslar tomonidan turli xil tushunish sabab boldi. Xususan, belgining ikki tomonlama tabiati mavjud ekanligini etirof etuvchi tilshunoslar tayangan asos, bizningcha, togri, yani belgi manoga ega ekanligi bilan belgidir. Biroq bu fikrdan belgi ikki elementdan tashkil topgan bir butunlik (kombinatsiya) dir, degan xulosa chiqarib bolmaydi.
Belgining bir tomonlama ekanini maqullovchilar manoni belgi tarkibiga kiritish yoki kiritmaslik yohud belgining biryoqlama va ikkiyoqlama mohiyat ekanligini tan olish kop jihatdan mano tabiatini turlicha tushnish bilan bogliqligini korsatadilar. Hozirgi kunda manoni munosabat turi va ideal aks ettirish sifatida ikki xil tushunish mavjud.
Mano munosabat turi sifatida tushunilganda, belgining ifodalanmish - predmetga munosabati hamda tushunchaga munosabati nazarda tutilib, unda belgiga ikki tomonlama mohiyat sifatida yondashishga asos mavjud boladi.
Manoni tushuncha bilan bir xil tarzda inikos kategoriyasi sifatida, ayni paytda, ong fakti sifatida tan olish manoni belgi tarkibiga kiritishga monelik qiladi va belgini bir tomonlama moxiyat deb qarashga asos bolshiga xizmat kiladi.
Belgining ikki tomonlamaligi tan olingan yonalishida mano belgining ifodalanayotgan predmetga munosabati sifatida talqin etiladi, belgining bir tomonlamaligi yonalishida esa manoga munosabat sifatida yondashuv togri emasligi takidlanadi.
I.P.Susov "ifodalanmishning tildagi zidlangan azosi yaxlit belgining barcha tomonini tashkil etmay, balki uning faqat substansial tomonini tashkil etadi", - deydi. Bu xususiyat belgining ifodalanmishi hisoblanadi. Belgining boshqa tomoni esa mano sanaladi. Mano til ifodasining tildan tashqaridagi ifodalanmishga nisbatan munosabatini ifodalaydi va shu asosda mano belgining substansional va funksional tomonlarini bir butun tarzida shakllantiradi. Lingvistik belgi manosini aniklashning murakkab ekanini lingvistik belgining bir vaktda bir necha vazifada kelishini takidlagan A. A.Ufimseva belgi shaklining ifodalanmish bilan munosabati ikki tomonlama ekanini qayd etadi:
1) ifodalanmishning belgi shakliga munosabati;
2) ifodalanmishning predmetga munosabati. Dastlabkisi mano, ikkinchisi ifoda sanaladi. Belgi manosining shakllanishida belgi-predmet haqidagi tushuncha-predmet ozaro boglangan holda malum darajada aks etadi.
Belgi bilan ifoda predmeti ortasidagi alohida munosabat ostida inson ongi orqali yuzaga chiqadigan aloqa tushuniladi. Demak, belgi manosi ifodalanmish bilan teng bolmay, ifodalanmish belgidan va tildan tashqarida qoladi.
Belgining biryoqlamaligi va ikki yoqlamaligi muammosi manoga ikki xil yondashuv bilan bogliq. Belgiga biryoqlama mohiyat sifatida yondashuvchilar inikos jarayonini uch bosqichdan iborat deb hisoblaydilar:
- narsa;
- narsa belgilarining umumlashmasi;
- narsa obrazi (tushuncha)
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari inikos jarayonini tort bosqichdan iborat deydilar:
- narsa;
- tushuncha;
- munosabat (mano);
- ifodalovchi.
Bu yondashuvga asosan ifodalovchi bilan narsaning umumlashgan obrazi, yani tushuncha ortasidagi munosabat mano isoblanadi. Shunga kora, mano belgi tarkibiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |