Yevropada uygonish davridagi tilshunoslik.Uygonish davri tilshunosligi XV-XVIII asrlarni oz ichiga oladi. Bu davrning boshlanishi bilan cherkovning obro-etibori susayib, antik davrga bolgan etibor, qiziqish, uni qadrlash kuchaya bordi. Anigi, Uygonish davrining vakillari, ziyolilari yunon va rimliklarning boy milliy madaniyatiga murojaat qila boshlashdi.
Uygonish davrida, dastavval, dunyo tillari haqidagi malumotlar ancha kopaydi. Tilshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti uchun muhim va zarur bolgan lisoniy materiallarni, faktlarni toplash, yigish jarayoni amalga oshirildi. Kapitalizmga otish, uning rivoji, millatlar va milliy tillarning yuzaga kelishi, milliy iftixor kabilar qator tillarning grammatikasini tuzishga, yaratishga undadi. Ayni davrda arman, fors, venger, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, polyak, chex, nemis, ukrain va boshqa tillarning grammatikasi hamda leksikasiga oid asarlar yaratildi. Ushbu davrda lisoniy materiallarni toplab, yigib borish ularning mohiyatini tushunish, mazmunini anglash bilan birgalikda olib borildiki, natijada til haqida etiborli fikrlar ortaga tashlandi. Jumladan, faylasuf Bekon tildan boshqa aloqa vositasi mavjud desa, faylasuf Lokk tovush bilan tushuncha ortasida tabiiy boglanish yoq, degan asosli fikrni takidladi. Faylasuf Leybnits mantiqiy-matematik asosga qurilgan xalqaro til yaratish masalasini kotardi.
Antik (yoki klassik filologiya) davrining adabiy asarlarini nashr qilish va ularga lisoniy sharhlar yozishda, ayniqsa, quyidagi olimlarning xizmatlari, mehnatlari katta boldi. Bular: Jyul Sezar Skaliger (1484-1558), Robert Stefanus (1503-1559), uning ogli Genrix Stefanus (1528-1598), Gerxardt Iogann Fossiy, Sharl Dyukanj, Iogann Reyxlin, Iogann Melanxton va boshqalar. Ayni vaqtda Sharq tillarini, ayniqsa, semit tillarini organishga bolgan qiziqish kuchaydi, semit filologiyasi maydonga keldi. Yani qadimgi yahudiy, aramiy, arab, efiopiya tillari tadqiq qilindi. Qator asarlar yaratildi. I.Reyxlin qadimgi yahudiy tili grammatikasini (1506) yarati, unda birinchi bolib, «affiks» terminini qolladi va bu termin XVI-XVIII asrlarda faol ishlatila boshlandi. P.de Alkam arab tili grammatikasiga oid asarlarini (1506) elon qildi. Yakov Xolius va Erleniylar arab tili tadqiqi bilan shugullangan bolsalar, Iov Ludolf efiopiya tili yuzasidan ish olib bordi. Ayniqsa, XVI asrda qator tillarning nemis (1527), fransuz (1531), ingliz (1538), venger (1539), chex (1567), polyak (1568), slavyan (1596) va boshqa tillarning gramatikasiga oid asarlar maydonga keldi.
1696 yilda Angliyada (Oksford) Genrix Vilgelm Ludolf-ning lotin tilida tuzilgan «Rus grammatikasi» asari yaratildi. Birinchilardan bolib, italyan (1612) va fransuz (1694) tili lugatlari chop etildi.
Agar orta asr va Uygonish davrida klassik filologiyaning goyalari taraqqiy ettirilgan bolsa, XVII va, ayniqsa, XVIII asr tilshunosligida tubdan ozgarish bolib, yangi tipdagi grammatika, lugatlar-kop tomli katta lugatlar maydonga keldi. Ana shunday lugatlardan biri rus sayyohi akademik Pyotr Simon Pallasning «Barcha tillar va shevalarning (lahjalarning) qiyosiy lugati» asaridir. 272 tilga oid tort tilli bu lugat Peterburgda 1786-1791 yillarda nashr qilingan bolib, unda ruscha sozlarning 272 tilga qilingan tarjimasi beriladi va qiyoslanadi. Bu lugat qiyosiy-tarjima lugat sifatida elon qilinadi. Mazkur lugatga Osiyo, Evropa, Afrika va Amerika tillari kiritiladi, ushbu tillarga oid materiallar beriladi.
Yana bir katta lugat ispaniyalik Lorenso Gervasning «Malum xalqlar tillarining katalogi» (Madrid 1800-1804) asaridir. Ushbu lugat 307 tilga oid leksik va grammatik malumotlarni berishi bilan ajralib turadi.
Leksikografik tadqiqotlar yonalishida malum bolgan ishlardan biri nemis olimlari I.K.Adelung va I.S.Faterlarning «Mitridat yoki umumiy tilshunoslik» lugatidir. Ushbu lugat 500 ta tilni qamrab olishi, ular haqida malumotlar berishi bilan etiborga loyiq bolgan.
Xullas, koplab tillarni oz ichiga olgan qator lugatlarning nashr qilinishiga, ulardagi malumotlarning toliq va mukammal emasligiga qaramay, bunday ishlar tillarni taqqoslab, qiyosiy organishga - qiyosiy tarixiy tilshunoslikka zamin yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |