Rim grammatikasi yunon grammatikasining shahobchasi sifatida maydonga keldi. Qadimgi Rim tilshunosligida Yuliy Sezar (Analogiya haqida), Mark Terensiy Varron (Lotin tili haqida), Mark Fabiy , Kvintilian, Eliya Donata(Grammatika sanati), Verriy Flakk (Felning manosi), Prissian(Grammatika sanati haqida talimot) va boshqalar lotin tili haqida keng tadqiqot ishlarini olib bordilar. Rimliklarning ona tili boyicha grammatikaga oid tadqiqotlari, asosan, yunon tilidan tarjima qilingan bolsa - da, ularning grammatikalarida ayrim yangiliklar, yangicha qarashlar uchrab turadi. Jumladan, Rim tilshunoslari yunon tilshunoslaridan farqli holda Rim grammatikasiga alohida stilistikani (uslubshunoslikni) kiritdilar. Rim grammatika-chilari soz turkumiga undovlarni ham kiritdi. Ammo yunon tiliga xos bolgan artiklni chiqarib tashladilar. Chunki lotin tilida artikl yoq edi. Demak, lotin tili uchun ham 8 ta soz turkumi xos bolib qoldi. Rim tilshunoslari son turkumini ikkiga: tub son va tartib songa bolib organishdi. Yuliy Sezar lotin tiliga yunon tilida mavjud bolmagan ablativ (ajratish) kelishigini kiritdi va kelishiklar sonini oltitaga etkazdi.
Rim filologlari grammatikaga oid terminlarni ham yunon tilidagi terminlar asosida yaratdilar. Jumladan, yunon va rim grammatikasiga oid ayrim terminlar ruscha va ozbekcha tarjimalari bilan quyidagilar: onoma, nomenimya, ot; rema, verbum - glagol, fel (qadimgi rus tilida nutq); antonomia, pronomen-mestoimenie, olmosh; nomen adjektivumimya priglagatelnoe, sifat; epirryoma, adverbium-narechie, ravish; artron, artikulum-artikl; prodesis, praepositio-predlog, old komakchi, old qoshimcha; syndesmos, conjunctio-soyuz, boglovchi; interjectio- mejdometie, undov; soneenta, vokales-glasniye, unlilar; symfona, consonantes - soglasniye, undoshlar va boshqalar.
Qadimgi yunon va Rim tilshunosliklarining yutuqlari:
1.Iskandariya tilshunoslik maktablari vakillari gramma-tikani mustaqil fanga aylantirdilar.
2.Yunon tilshunoslari fonetika, morfologiya, sintaksis va etimologiya fanlarining asoslarini yaratdilar.
Kamchiliklari: 1.Tilga tarixiy yondashish prinsipi yoq edi.
2.Ular yunon va Rim tillaridan boshqa tillarni tadqiq qilmadilar. Yani bir til (yunon yoki Rim tillari) doirasida qoldilar, boshqa barcha tillarni esa yovvoyi, qopol til deb hisobladilar.
3.Shuningdek, ular kopgina grammatik kategoriyalarni mantiq kategoriyalari bilan qorishtirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |