Sankt-Peterburg fonologiya maktabida fonema nazariyasi. Bu fonologik maktabning asoschisi Boduen de Kurtenening shogirdi L.V.Shcherbadir. U Boduen de Kurtenening fonema soz va morfemalarni farqlovchi belgi ekanligi haqidagi talimotini rivojlantirdi. L.V.Shcherba «Sifat va miqdor nuqtai nazaridan rus unlilari» (1912) asarida fonemaga bergan tarifidayoq psixologizmdan holi bolmasa ham, ammo unda fonemaning funksional tomoniga etibor sezilib turadi. Uning fikricha, fonema sozning fonetik tarkibini buzmagan holda ajratish mumkin bolgan, sozni farqlash va mano tasavvuri bilan assotsiatsiyalanish imkoniyatiga ega boltan malum bir tilning umumiy tovush tasavvuridir.
L.V.Shcherba keyinchalik fonemaning funksional tomoniga, yani mano farqlash xususiyatiga asosiy etiborini qaratdi va psixologik talqindan xalos boldi. Jumladan, «Fransuz tili fonetikasi» asarida fonemaga sof funksional tomondan soz va uning shakllarini farqlash uchun xizmat qiladigan tovushlar tipi sifatida yondashadi. U fonemani ajratish uchun tovushning artikulyasion-akustik xususiyati emas, balki mano farqlash xususiyati muxim belgi ekanligini takidlaydi. Masalan, soroq yuklamasi bolgan a turlicha akustik-artikulyasion xususiyatga ega bolishi (baland, past, choziq yoki tez va h.k.) mumkin, ammo lingvistik nuqtai nazardan bir yuklama, bir tovush tipidir.
Shunday qilib, akustik-artikulyasion jihatdan turlicha tovushlar bir umumiy belgisi bilan tiplarga birlashadi va shu umumiy belgisi bilan boshqa shunday tovush tiplaridan ajralib turadi. L.V.Shcherba fikricha, ana shunday umumiy belgi uning mano farqlash xususiyatidir.
Demak, har bir fonema boshqa fonemadan mano farqlash xususiyati orqali ajratiladi. Natijada har bir tilning barcha fonemalari qarama-qarshiliklar sistemasini hosil qiladi. Korinib turibdiki, L.V.Shcherbaning fonologik konsepsiyasida fonemaning soz yoki morfemalarning manosini farqlash uchun xizmat qiladigan farqlovchi belgisi asosiy orin egallaydi.
L.V.Shcherba fonologik nazariyasining ikkinchi eng muhim tomoni fonema ottenkalari hakidagi talimotidir. Uning fikricha, umumiy (fonema)ning talaffuz qilingan real korinishlari ottenkalardir. Boshqacha qilib aytganda, nutqdagi barcha real talaffuz qilinuvchi tovushlar ottenka hisoblanadi. Demak, fonema va uning ottenkalari ortasidagi munosabat ikki bosqich munosabatidir: abstrakt bosqich (fonema), konkret bosqich (ottenka). Fonema ottenkalari bir-biriga qarama-qarshi qoyiladi. Ottenkalar guruhi (fonema) esa boshqa ottenkalar guruhi (fonema)ga qarama-qarshi qoyiladi. Natijada L.V.Shcherba fonemani qisqacha qilib «konkret vaziyatda ottenkalar sifatida namoyon boladigan umumlashmadir» deb izohlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |