7-maruza: Semasiologiya. Leksik manoning semantik tarkibi. Sema tushunchasi.
Reja:
1.Leksik-semantik sath.Leksema va soz.
2. Semasiologiya. Leksik manoning semantik tarkibi. Sema tushunchasi.
3.Semalarning soz sememasi tarkibida tutgan orni
Tayanch iboralar: leksik-semantik sath, leksema, soz, sema, markaziy sema, chegara sema, atash sema, ifoda sema, semema, nomema, semasiologiya
Leksik-semantik sath tahlilida leksikologiya va semasiologiya fanlari bogliqligi namoyon boladi. Leksikologiya tilning umumiy lugat tarkibini, semasiologiya esa leksik manoni organadi. Leksik-semantik tizimga lugaviy va frazeologik birliklarning mano-mazmun munosabatlari, ular tashkil qiladigan guruhlarning oziga xos xususiyatlari, ozaro aloqadorlik xarakteri (leksik-paradigmatik) va tilning boshqa quyi tizimlari bilan bogliq tomonlari, til birliklarining semantik ozgarishidagi variantlilik kabi masalalar taalluqlidir.
Leksema va soz. Leksik sath birligi leksemadir. Prof. H.Nematov va R.Rasulovlarning takidlashicha: "Jamiyat azolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bolgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqeliqdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lugatda grammatik morfemalarni oziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir". Leksema nutqiy jarayonda leksik-semantik variantlar orqali voqelanadi. Bunday leksik-semantik variantlar leks yoki alloleks atamalari bilan ham nomlanadi. Soz va leksema atamalari kop hollarda aralash holda qollanadi. Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema semema va nomemaning ozaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat boladi. Har qanday leksemada bu semalardan "atash" semasi albatta ishtirok etadi. Shuning uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara semalar hisoblanadi. Masalan, gapirmoq, dongillamoq leksemalari bir xil atash semasiga ega bolib, ifoda semasi bilan bir-biridan farq qiladi. Soz atamasi leksemalardan boshqa birliklarni ham, yani atash semasiga ega bolmagan birliklarni ham oz ichiga oladi. Masalan, ammo, uchun soz, lekin leksema emas. Chunki ularning atash semasi mavjud emas. Faqat grammatik manoga ega. Demak, soz grammatik manoga ega bolgan leksemalarni va yordamchi, undov, modal nomlari bilan yuritiluvchi birliklarni oz ichiga oladi. Leksema leksik sath birligi sanaladi. U grammatik mano va bu manoni ifodalovchi shaklga ega bolib, sozga, yani morfologik birlikka aylanadi.
Leksik mano va uning tuzilishi. Leksik manoni ongda predmet, hodisa, xususiyat, muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga boglovchi hamda sozlovchining subektiv munosabatini ifodalovchi soz mazmuni (mundarijasi) deb hisoblash mumkin.Leksik mano murakkab strukturali butunlik sanaladi. Leksik mano togrisida gapirganda, borliq elementining umumlashgan obrazini ongda aks ettirish xamda aks etgan borliq elementining akustik signallar orqali ifodalanishi haqida fikr yuritishga togri keladi. Bu elementlar, yuqorida takidlanganidek, ayrim adabiyotlarda trapetsiya shaklida ham ifodalanadi. Bunda tushuncha bilan sozning manosi bir-biridan farqlanadi. Ayrim mualliflar soz orqali ifodalangan tushunchani leksik mano hisoblaydilar. Bunday tarif natijasida qonuniy savol tugiladi: sozning leksik manosi bilan tushuncha tengmi? Bir qator mantiqshunoslar va tilshunoslar leksik mano bilan tushunchaning teng emasligini etirof etadilar. Darhaqiqat, leksik mano tushunchaga nisbatan kengroq sanaladi, tushuncha leksik manoning markaziy elementi hisoblanadi. Shuning uchun ham leksik manoni tushuncha bilan tenglashtirish ilmiy haqiqatga togri kelmaydi. Tushunchalar fanning va ijtimoiy hayotning malum bosqichida nisbiy haqiqatni aks ettiradi. Ayrim lingvistik adabiyotlarda leksik mano haqida fikr yuritilayotganda, obyektiv borliqning ongda aks etgan, umumlashgan obrazi bilan leksik manoning ifodalanmish qismi va mano ortasida farq mavjudligini korsatadidar." Bu jihatdan leksik mano Ogden va Richards tavsiya etgan semantik uchburchak (predmet+tushuncha+-belgi) orniga semantik tortburchakning quyidagi trapetsiya shakliga togri keladi:
mano tushuncha
/ ---------------------------------------►
//4 4----------------------------
belgn predmet
Leksemaning moddiy qobigi ostidagi ifodalanmish ma’no hisoblanadi. Ma’no tushunchaga nisbatan kengroqdir. Shu bilan birgaliqda, tushuncha bildirmaydigan lingvistik birliklar ham malum manoga ega boladi. Bu xususda fikr yuritib, E.M.Galkina-Fedoruktushuncha va manoni turlicha kategoriyalar ekanini, yani mantiq kategoriyasi (tushuncha) va lingvistik kategoriya (mano) hisoblanishini qayd qiladi. Shunga qaramay, nutqda bir vaqtning ozida ikki xil aks ettirish usuli mavjud ekanligini tushuntirib berish uchun bu ikki hodisaning yuqori-dagi farqlanishi etarli emas. Chunki E.M.Galkina-Fedoruk tomonidan sozning leksik manosi sozlashuvchi jamoa tomonidan borliqping u yoki bu hodisasi bilan boglanishi tarzida talqin etiladi.
Avvalo, reallikdagi predmet va tovushlar birikmasi ortasida muayyan aloqa bolmaydi, bunday aloqa inson tomonidan ornatilishi kuzatiladi. Tovushlar birikmasi bilan predmetlar orasida bu kabi shartli munosabat bolganda, tovushlar birikmasi ishora qilish, korsatish vazisrasini bajaradi. Tushunchadan farqli holda, mano tabiiy asosda kelib chiqadi.
B.A.Serebrennikovning takidicha, shartli va suniy ravishda tanlangan aloqaga hech qachon aks ettirish sifatida qarab bolmaydi. U mano va tushunchani ozaro srarqaagan holda, manoni inikos kategoriyasi ekanini inkor etadi. Mano lingvistikaning organish obekti, tushuncha esa mantiqning organish obekti sanaladi, mano lingvistik belgi tuzilishiga kirsa, tushuncha hukm uzv(komponent)idir.
Tushunchalar obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning umumlashgan obrazini aks ettiribgina qolmasdan, balki borliqda mavjud bolmagan, insonning tafakkur olami tomonidan hosil qilingan narsa va hodisalarning umumlashgan obrazini ham aks ettirishi mumkin.
Soz orqali inson katta yutuqni qolga kiritdi, bu vosiga natijasida uning olami ikkilandi. Sozga ega bolgunga qadar faqat bevosita korinib turgan narsa bilan ish korgan mavjudot tilga ega bolishi bilan faqat borliq elementlari bnlangina emas, balki bevosita kuzatmagan narsa va hodisalar bilan ham ish kora oladigan boldi. Soz insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida ham axborot bera oladi. Shuning uchun ham hayvonot faqat bir olamga - sezgi orqali his qilish mumkin bolgan predmetlar olamiga ega bolsa, insonikki olamga - sezgi orqali his qiladigan olam bilan birga, soz orqali ifodalanadigan obrazlar, munosabat, sifatlar dunyosiga ega boldi.
Shunga muvofiq, sozlarning borliq (denotativ) manosi real va afsonaviy tushunchalar bolishi ham mumkin. Qanday tushunchani ifodalashiga muvofiq, sozlar ham borliqdagi inson ongidan tashqarida bolgan narsa va hodisa-larni nomlovchi sozlar hamda inson tomonidan yaratilgan afsonaviy narsa va hodisalarning nomlarini ifodalovchi sozlar sifatida ajratiladi.
"Ozbek tili leksikologiyasi" kitobida "ayrim sozlar bildiradigan narsa-hodisalar obyektiv holda bolmasligi mumkin... Lekin bu narsa-hodisalar bor deb tushunilgani uchun ularni ifodalovchi sozlar yuzaga kelgan", - deyiladi.
Bizning ongimizdan tashqarida moddiy borliqdagi predmetlarni ifodalovchi sozlarni afsonaviy tushunchalarni ifodalovchi abstrakt sozlardan farqpash lozim. Leksemalar orqali ifodalangan aniq predmetlar insondan gashqarida mavjud bolsa, abstrakt predmetlarni inson yaratadi va insondan tashqarida mavjud bolmaydi. Borliqdagi narsa va hodisalar umumlashgan obrazlarining ongda aks etishi tushuncha hisoblanar ekan, bu tushunchalar obyektiv borliqni nomlash jarayonining ikkin-chi bosqichini tashkil etadi. Bu tushunchalar muayyan moddiy qobiqqa, akustik xossalarga ega bolib yuzaga chiqadi, yani til birligi orqali oz ifodasini topadi. Borliqning aksi bolgan tushunchalar turli xil moddiy vositalar yordamida ifodalanishi nuqtai nazaridan tillar bir-biridan farqlanadi. Hatto bir tilning ozida ham muayyan tushuncha bir qancha moddiy vositalarga ega bolishi mumkin va aksincha, bir necha tushuncha moddiylashishiga qora bir-biriga oxshab qolishi mumkin.
Shunday qilib, borliqdagi narsa va hodisalarning umumlashgan obrazi turli xil moddiy qobiqlar yordamida oz ifodasini topadi. Obyektiv olam elementlari bilan uning umumlashgan obrazlari ortasida qanday chambarchas munosabat bolsa, umumlashgan obrazlar bilan uning moddiy qobiqqa ega bolishi ortasida ham shunday barqaror munosabat mavjuddir. Birinchi munosabatni aks etish jarayoni, ikkinchi munosabatni esa ifodalash jarayoni deyiladi.
Bundan korinadiki, har qanday manoli birliklarning moddiy tomoni obyektiv olamni aks ettirish jarayoni orqali nomlaydi. Demak, til borliqni bevosita emas, balki bilvosita ifodalaydi. Narsa va hodisalarning umumlashgan obrazi sanaluvchi tushunchalar qanchalik dinamik xususiyatga ega bolsa, uning moddiy qobigi ham shunday ozgarish, rivojlanish xususiyatiga ega boladi. Davrlar otishi bilan moddiy qobiqning tovush tuzilishida turli xil ozgarishlar bolishi yoki malum sabablarga kora, bir moddiy kobiq eskirib, orniga boshqasi qollanilishi mumkin.
Shunday qilib, aks etgirish jarayonida ham, ifoda jarayonida ham aks etuvchi bilan akslanma hamda ifodalanmish bilan ifodalovchi ortasida ziddiyatli, dinamik, shu bilan birga, barqaror munosabat mavjud boladi. Ifodalovchi bilan ifodalanmish ortasidagi ana shunday barqarorlik muayyan til egalari ortasida kommunikatsiya jarayonida bir-birini oson tushunishlariga imkoniyat yaratadi va ana shu barqarorlik tilning avloddan-avlodga ogishini taminlaydi.
Obyektiv olam elementlarining umumlashgan obrazi ayrim adabiyotlarda semantik-predmet, realema atamalari bilan ham yuritiladi. Semantik-predmet muayyan lingvistik belgi orqali ifodalangan borlikdagi real predmetlarning belgilar majmuasidir. Bu belgilar borliqdagi real predmetlarni malum sinflarga birlashtirish, shu bilan birga, muayyan sinfga birlashgan predmetlarni ozaro farklash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu belgilar muayyan leksemaning semantik tuzilishida semantik ishtirokchi-lar vazifasini bajaradi. Shu manoda til borliqning umumlashgan shakli deyish mumkin. Til aniq vaziyatni til birliklari orqali umumlashtirgan holda ifodalaydi. Til birliklarining umumlashgan manoga ega bolishi uning eng muhim xususiyatidir. Ana shu umumlashtiruvchilik xususiyati vositasida til belgisi turli shaxslar tomonidan turli vaqtda va turli sharoitda xilma-xil predmetlarga nisbatan qollanila oladi.
Kopchilik tilshunoslar muayyan moddiy vositalar yordamida ifodalangan obyektiv olamning ongdagi umumlashgan obrazini leksik mano tarkibiga kiritadilar. Bunday qarashda obyektiv olam elementlari ekstralingvistik omil sifatida lingvistik belgidan tashqarida qoladi. Lekin har qanday til muayyan belgilar sistemasidan iborat ekan, bu belgilar orqali har qanday axborotni ifodalash mumkinligi bugungi kunda sir emas.
Yuqorida bayon qilganimizdek, har qanday leksemaning semantik tuzilishi uch elementni taqozo etadi: 1) obyektiv olam elementlari; 2) uning ongdagi aksi; 3) moddiy vositalar bilan ifodalanish. Bularning qaysilari leksik mano tarkibiga kiradi? Bu savolga ham mavjud lingvi-stik adabiyotlarda turlicha javob beriladi. Leksemaga belgi nuqtai nazaridan qaralganda, obyektiv olam elementi belgidan tashqarida qoladi. Demak, muayyan tovush signallari orqali ifodalangan obyektiv borliq elementining ongdagi aksi leksik mano tarkibiga kiradi.
Shunday qilib, leksema shakl va mazmun tomonlarning ozaro barqaror munosabatidan tashkil topgan va bu munosabat til egalari xotirasida lokallashgan sistemadir. Leksemaning shakliy tomoni uchun ayrim adabiyotlarda nomema (LA.Novikov) yoki sonema (V.M.Solnsev), mazmun tomoni uchun semema atamasi qollaniladi.
Har bir leksema muayyan mazmuniy mundarijaga ega. Leksemaning mazmuniy mundarijasi deganda, sememaning semik tarkibi tushuniladi. Leksemaning mazmuniy mundarijaga ega ekanligi uning sememasining ichki bolinuvchanlik xususiyatidan dalolat beradi. Demak, semema ham, oz navbatida, muayyan elementlarning ozaro munosabatidan tashkil topgan nisbiy butunlik, yani sistema sanaladi. Masalan, oraz leksemasi inson boshining "quloqdan va 'peshona bilan iyak oraligidagi qism"i, "ijobiy baho", "badiiy uslubga xoslik" semalariga ega. Oraz leksemasi se-memasining semik tuzilishi shu leksema mansub bolgan paradigmaning boshqa azolari semik tuzilishiga qiyoslanganda malum boladi. Mazkur leksema borliqda nimani ifodalanishi nuqtai nazaridan yuz, bet, aft, bashara, turq singari leksemalar bilan bir paradigmani tashkil etadi. Ularning hammasi borlikdagi bir narsaning turli nomlari sanaladi. Shu bilan birga, ularning har biri ozaro malum farkli belgilariga ega. Ularni bir paradigmaga birlashtirib turgan semani birlashtiruvchi (integral), farqlab turgan semani esa farqlovchi (differensial) sema deb yuritiladi. Shunday qilib, leksema sememasi tarkibidagi semalar paradigma hosil qilish yoki hosil kilmaslik belgisiga kora birlashtiruvchi va farqlovchi semalardan tashkil topadi. Birlashtiruvchi sema leksemalarni bir paradigmaga olib kiradi, farqlovchi semalar esa paradigma azolarini bir-biridan farqlaydi.
Shuningdek, semema tarkibidagi semalar vazifasiga kora atash, ifoda (konnotativ), sintagmatik, uslubiy, pragmatik singari semalarga bolinadi. Semema tarkibidagi borliqdagi narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni atovchi sema atash semasi hisoblanadi. Har bir leksema sememasining markaziy semasi atash semasi sanaladi, qolgan semalar uning ustiga qoyiladi. Jumladan, oraz leksemasining yuqorida qorsatilgan birinchi semasi atash semasi hisoblanadi. Turq, aft, bashara leksemalari sememalariga zidlanganda, bu uch leksema sememasi salbiy bahoning mavjudligi, oraz leksemasining sememasi esa ijobiy bahoning mavjudligi bilan farklanadi. Bu semalar baho semasi hisoblanib, ifoda (konnotativ) sema hisoblanadi va atash semasining ustiga qoyiladi. SHu bilan birga, bir paradigmaga mansub yuz, bet leksemalari bilan oraz, uzor leksemalari zidlanganda, azolarning birinchi guruhi (yuz, bet) uslubiy betaraflik, ikkinchi guruhi (oraz, uzor) esa uslubiy xoslanganlik (badiiy uslubga mansublik) belgisi bilan farqlanadi. Demak, oraz leksemasi uslubiy semaga ham ega. Oraz, uzor, chehra leksemalari faqat inson organizmining qismiga nisbatan qollaniladi. Ularning odam leksemasi sememasi bilan boglanib turishi, yani "shaxsga mansublik" semasi bu leksemalar sememalari tarkibidagi signifikativ sema sanaladi.
Shunday qilib, leksik mano leksemaning mazmuniy mundarijasini oz ichiga oladi va bu mazmuniy mundarija ichki bolinuvchanlik xususiyatiga, sistemaviylik tabiatiga ega boladi.
Nazorat savollari:
1.Leksema va sozning ozaro farqli tomonlari nimada?
2.Ilmiy manbalarda leksik manoga qanday yondashiladi?
3. Tushuncha va mano qanday farqlanadi ?
4. Semema tarkibida qanday semalar ajratiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |