10-maruza: Nazariy grammatika tizimida sintaksis. Gap va uning belgilari
Reja:
Gap va uning belgilari.
Gapda shakl va mazmun.
3.Gap bolaklari iyerarxiyasi.
Tayanch iboralar: sintaktik sath, sintaktik birliklar, soz birikmalari, gap tuzilishi, gap, gap modeli, predikativlik, gap bolaklari.
Gap va uning belgilari. Sintaktik sathda soz birikmalari va gap tuzilishi, ularning semantikasi organiladi. Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir. Gapning asosiy funksional belgisi kommunikativlik, yani fikr ifodalash va bayon qilish vazifasidir. Til kishilar ortasida eng muhim fikr ifodalash vositasi ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi. Soz ham, soz birikmasi ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, yani nominativ vazifadir.
Gap termini umumlashgan birlik, mohiyat sifatida til birligini ham, reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq birligini ham ifoda etadi.
Gil tuzilishidagi har bir sath birligi til (umumlashgan birlik) va nutq (aniq birlik) birliklariga bolinganidek, sintaktik sathning birligi bolgan gap ham til va nutq birliklariga bolinishi kerak. Rus tilshunosligida bu ikki hodisa ikki xil termin bilan nomlanadi: til birligi uchun «model», «struktur sxema» yoki «gap» (predlojenie), nutq birligi, uchun «jumla» (vgskazshanie). Gap sathida til va nutq hodisalarini farqlash uchun «gap» yoki «gap modeli» (til birligi) va «jumla» (nutq birligi) terminlaridan foydalanish orinli.
Gap yoki gap modeli jumlaning tipiklashtirilgan grammatik shakli (O.M.Moskalskaya), jumla esa uning muayyan vaziyat bilan boglangan nutqiy korinishidir. Gap modeli aniq sanalish va tasvirlanish xususiyatiga ega (yopiq royxatni tashkil qiladi), jumlaning esa juda keng namoyon bolish imkoniyati mavjud. Gap modeli aniq jumlalar gavdalanishi, jumla esa shu gap modelining nutqda turlicha namoyon bolishidir. Gap modeli yashash shakliga kora ijtimoiy, jumla esa xususiy belgiga ega. A. Fitrat esa otgan asrning boshlaridayoq gapda muayyan elementlarning ozaro boglanishi togrisida, gap haqida asosli fikrlarni bayon qilgan edi. Gap qismlari sozdan iborat bolib, sozda gap mazmunining malum bir qismi aks etadi. Shuni aytish zarurki, gap doirasiga kirgunga qadar mustaqil bolgan soz nutqda (gapda) har doim ham mustaqil birlik sifatidagi mavqeini oqlashi shart emas.
V.M.Solnsevning korsatishicha, har qanday tilda gap sistem-struktur qarash nuqtai nazardan sistemadir. Buning sababi shundaki, har qanday gapda tabiiy ravishda predikativlik va uni ifodalovchi shakllar mavjud boladi. Ana shu korsatkich (shakl)lar yordamida ifodalangan predikativlik ham sistema sanaladi va malum elementlar yigindisidan tashkil topadi.
Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlikdir. Masalan: Orik gulladi va orikning gullashi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Ular faqat shu obyektiv mazmunni qanday ifodalashi jihatdan farq qiladi. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida yoq. Predikativlik gapning grammatik manosi. U gapning shakllar sistemasidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik manodir (N.Yu.Shvedova). Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor manolari va bu manolarni ifodalovchi shakllar yigindisidan tashkil topadi. Demak, shunday grammatik manoga va uni ifodalovchi shakllar sistemasiga ega bolgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi. Predikativlikning shakllanishi xilma-xil: 1) har bir predikativ mano komponenti (tasdiq-inkorlik, shaxs, zamon, modallik) alohida-alohida shakllar orqali ifodalanadi. Masalan: yoz+ma+sa (y) +di+ng+-iz qurilmasiga beshta predikativ mano komponenti beshta grammatik shakl orqali ifodalangan ma (inkorlik), -sa (modallik), -di (zamon), -ng (shaxs), -iz (son). 2) bir formant yordamida sintezlashgan holda ifodalanishi mumkin. Masalan: yoz+ay (tasdiq, aniqlik mayli, kelasi zamon, I shaxs), talabaman (tasdiq, aniqlik mayli, hozirgi zamon, I shaxs) va b. 3) nol shaklga ega bolib, u paradigma ichida boshqa paradigma azolarining shakliga qiyosan belgilanadi. Masalan: yoz+ay, -yoz, yoz+sin. Paradigmaning ikkinchi azosi yoz ning ikkinchi shaxs, buyruq mayli (modallik), kelasi zamon, tasdiq grammatik manolarining nol shakl orqali ifodalanganligi yoz+ay va yoz+sin birikmalariga qiyosan belgilanadi; 4) nol shaklga ega bolib, u nutq vaziyati orqali belgilanadi. Masalan: Bahor. Bu soz ozining shakl paradigmasida bosh shakl sifatida nominativ birlik, gap emas. Paradigmadan tashqarida predmetning umumlashgan nomini atash yoli bilan shaxs, son, zamon, tasdiq (mavjudlik) mano-larining ifodalanishi uni gapga aylantiradi.
Xullas, predikativlik gapning asosiy grammatik kategoriyasi bolib, u tasdiq, inkor, modallik (mayl), zamon, shaxs, son kategoriyalari sintezidan iborat. Hozirgi sintaktik nazariyalarda gapning boshqa til birliklaridan asosiy farqi, yani gapni gap qilib turgan asosiy belgi predikativlik ekanligi tan olinsa ham, lekin predikativlik hodisasiga yondashuv bir xil emas. Bu hodisaning mohiyatiga, uning tuzilishiga nisbatan ikki xil qarash mavjud. Birinchi nuqtai nazardan, gapning bosh bolaklari ega va kesim ortasidagi munosabat predikat. XIX asrning yarmidan boshlab vujudga kelgan munosabat logikasiga kora, hukm asosida faqat predikat turadi. Munosabat logikasi tasirida tilshunoslikda gapning bir choqqili nazariyasi vujudga keldi. Bunga kora, gapning konstitutiv elementi predikat, qolganlari shu predikat va-lentliklarini reallashtiruvchi, grammatik jihatdan unga tobe bolgan bolaklar argumentlar yoki aktantlar hisoblanadi. Ega ham predikat aktanti sifatida daraja jihatdan toldiruvchilar qatorida turadi.
Gapni bolaklarga ajratishda qaysi asosga tayanish juda muhim orin tutadi? Shu kunga qadar tilshunosliqda gap bolaklarini belgilashda bosh mezon sintaktik birliklarning tobe aloqasi sanaladi. Tobe aloqaga kirishmagan sintaktik birliklar gap bolaklari rubrikasidan chetda qoladi, bu esa butunni bolaklarga ajratish tamoyiliga ziddir. Gap bolaklarining gapdagi mavqeiga kora darajalanishida ham tilshunoslikda bir xil fikr mavjud emas. Munosabat logikasiga asoslangan tilshunoslikda har qanday gapning mazmuniy va grammatik asosi kesim hisoblanadi. Ana shu ikkinchi nazariya boyicha gap tarkibidagi har qanday bolak oz ichida mayda bolaklardan tashkil topishi mumkin bolgan butunlik bolishi mumkin. Gap bolaklari muayyan sintaktik pozitsiyada bolib, tayanch nukta hisoblanuvchi kesimga (predikatga) boglanadi. Ular kesimning «bosh orinlari»ni toldirib, unga nisbatan malum vaziyat (pozitsiya) da keladi. Kesimning «bosh orin»larini toldirib, malum sintaktik vaziyatda keluvchi ega, hol, toldiruvchi pozitsiyasidagi sintaktik birliklar moddiy jihatdan bir morfologik shakl yoki bir necha morfologik shakllardan tashkil topadi.
I.B.Dolininaning fikricha, bunday sintaktik birliklar, bir tomondan, oz ichida sintaktik bolinish xususiyatiga ega, ikkinchi tomondan, bir butun holda gap tarkibida bir gap bolagi kabi ishtirok etadi. Bu esa yuqoridagi sintaktik birliklarning ichki sintaktik munosabatlari butun gapga nisbatan belgilanib, ularning funksiyalashuvi faqat shu sintaktik birlikning ozi uchun xos ekanligini korsatadi.
Gap tarkibida ishtirok etgan soz shakllari ozaro munosabatda boladi. Ana shu munosabat sintaktik tahlilga pozitsiya tushunchasini olib kirish imkonini beradi. Pozitsiyani bunday tushunish muayyan nutq zanjirida bir azoning pozitsiyasi boshqasiga nisbatan belgilanmasligini, pozitsiyaga kora mustaqilligini taqozo etadi. Ana shu azo gap tuzilishining markazi, munosabatlar zanjirini keltirib chiqarishning tayanch nuqtasi hisoblanadi.
Tilshunoslik tarixida bir choqqili nazariyaning yuzaga kelishi bilan ana shunday markaz rolini kesim oynashi qaqidagi fikr keng tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |