11-maruza:Til birliklari orasidagi paradigmatik, sintagmatik va iyerarxik munosabatlar.
Reja:
1.Til birliklari orasidagi paradigmatik munosabatlar.
2.Til birliklari orasidagi sintagmatik munosabatlar.
3.Til birliklari orasidagi iyerarxik munosabatlar.
Tayanch iboralar: tilning ichki tuzilishi, til birliklarining pogonaviylik belgisi, ustparadigma, paradigma, paradigmatik, sintagmatik, ierarxik munosabatlar.
Sath tushunchasining malum til birliklari yigindisi tushunchasi bilan aloqasi borligi shubhasiz. Lekin sathni belgilashda qanday lingvistik belgilarga tayanish masalasini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Til birliklarini muayyan guruhlarga turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Shunga muvofiq ravishda sath tushunchasi nisbiy bolib qoladi va bu tushuncha ayrim birliklarning malum belgi asosida birlashgan guruhning oddiy nomiga aylanib qoladi.
Tilning ichki tuzilishini sathlarga ajratishda ana shunday boshboshdoqlikni bartaraf qilish uchun til birliklarining doimiy, barqaror sathlarini ajratishga imkon beradigan belgilariga tayanish lozim. Ana shunday belgi til birliklarining pogonaviylik belgisidir. Xuddi ana shu belgi deskriptiv tilshunoslik vakillari tomonidan tilni sathlarga ajratishning asosiy belgisi sifatida etirof etilgan edi. Lingvistkii birlikning ana shu pogonaviylik belgisi lingvistim sathni belgilashning asosiy tamoyili sifatida etirof etilganda, til ichki tuzilishining pogonaviylik tabiati togri ochilgan boladi.
Bunga muvofiq, lingvistik sathtushunchasi ostida ozaro pogonaviy munosabatda bolmagan nisbiy bir xil birliklar munosabati anglashiladi. Bir sath birliklari boshqa sathga mansub (ozidan katta yoki ozidan kichik) bolgan birliklar bilan pogonaviy munosabatda boladi. Bunda quyi sath birligi yuqori sath birligidan tashkil topadi, quyi sath birligi yuqori sath birligi tarkibiga kirish xususiyati aks etadi.
Ana shunday birliklar majmuasi nisbiy bir xil bolgan birliklar ustparadigmasini tashkil etadi. Ustparadigma azolari ozaro paradigmatik va sintagmatik munosabatga kirishadi. Ular malum sinfga birlashadi (fonemaning turli sinflari, morfemaning turli sinflari va boshqalar) va bir-biri bilan ozaro ketma-ket boglanadi, sintagmatik zanjirni hosil qiladi.
Shunday qilib, tilning kop sathliligi konsepsiyasi garafdorlarining kopchiligi uchun umumiy tomon tilni chegaralangan mikdordagi birliklardan tashkil topgan nisbiy avtonom kichik sistemalarning integrativ munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik sifatida etirof etishdir.
Turli sath va ustparadigma birliklari ozaro paradigmatik munosabatga ham, sintagmatik munosabatga ham kirishmaydi, yani fonema va morfemalardan yoki morfema va sozlardan tashkil topgan sinflarning bolishi mumkin bolmaganidek, fonema bilan morfemaning, morfema bilan sozning ketma-ket munosabatga kirishib, sintagmatik zanjirni hosil qilishi ham mumkin emas.
Shunday kilib, til sathlaryni etirof etuvchi tilshunoslar fikricha, turli sath birliklari ortasida integratsion munosabat mavjud boladi. Bu konsepsiya tarafdorlari til sathlari ortasidagi aloqani etiborga olgan holda, tilga yagona ierarxik shakllangan sathlar sistemasi sifatida qaraydilar.
Tilning ichki tuzilishiga bunday yondashuv kompozitsion konsepsiya deb yuritiladi. Kompozitsion konsepsiyaga muvofiq, tilning ichki tuzilishi bir xil yonalishdagi pogonalanishdan (ierarxiyadan) iborat. Bu shundan iboratki, fonema, morfema va undan katta birliklar ortasida bir xil yonalishdagi pogonali munosabat mavjud. Quyi sath birligi yuqori sath birligi uchun qurilish materiali bolib xizmat qiladi. Quyi sath birligi yuqori sath birligi tarkibida uning tarkibiy qismi (konstitutiengi) sifatida vazifa bajaradi. Shuning uchun til sathdari ortasida quyidan yuqoriga yonalgan munosabat etirof etiladi va bu munosabat bir xil turdagi, konstituentiv munosabat sanaladi hamda "..ga kiradi", "...dan tashkil topadi" sxemasini ozida namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |