Bevosita ishtirokchilar metodi. Diskriptiv lingvistika vakillari jumlani eng kichik manoli qismlarga ajratishda, yani segmentlarga bolishda bevosita ishtirokchilar (BI) asosidagi tahlilga ham tayanadilar.
Bu metodga ishora L.Blumfildning "Til" asarida uchrasa ham, uning aniq tamoyillari R.Uellz va YU.Naydalar tomonidan ishlab chiqildi. BI metodiga muvofiq, tayanch nuqta konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar (BI) ajratiladi.
Konstruksiya atamasi ostida manoli qismlarning ketma-ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb kattaroq konstruksiya tarkibiga kirgan soz yoki konstruksiya (yoki morfema)ga aytiladi. Muayyan konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir eki bir necha ishtirokchilarga bevosita ishtirokchilar deyiladi. Masalan, Shabboda qurgur ilk sahar olib ketdi gulning totini, (H.O.) jumlasi konstruksiya hisoblanadi. Uning tarkibida ishtirok etgan barcha manoli sozlar ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan sozlar esa bevosita ishtirokchilar (BI) sanaladi. Shabboda sozi bilan totini sozi ortasida malum manoda boglanish (biri gapning boshlovchisi, ikkinchisi gapning yakunlovchisi) bolsa ham, lekin ular ortasida bevosita aloqa mavjud emas. Aksincha, gulning sozi totini sozi bilan ilk sahar sozi olib ketdi sozi bilan, shabboda qurgur sozi olib ketdi sozi bilan ozaro zich boglangandir.
Bunga muvofiq, nutqning har bir mustaqil parchasi ikki qismdan tashkil topadi. Oz navbatida, har qaysi qism yana oz ichida ana shunday qismlardan iborat boladi. Korinadiki, har bir konstruksiya binar tamoyilga kora qismlarga bolinadi va bu bolinish konstruksiya doirasida graduallik (darajalanish) xususiyatiga ega boladi.
BI tahlilida, avvalo, soz birikmalari ajratiladi va ular bir gap ichida birlashtiriladi. Shuning uchun BI tahlilini birlashtirish, orash deb ham yuritiladi. Birlashtirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1)bir vaqtning ozida ikkitadan ortiq bolmagan elementlar birlashtiriladi. Masalan, birdaniga olib ketdi gulning totini tarzida birlashtirish mumkin emas. Avval gulning sozi toti soz bilan birlashadi. Songra gulning totini sozi olib ketmoq sozi bilan birlashadi;
2)boglanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas. Xususan, yuqoridagi gapda qurgur, ilk sozlarini birlashtirib bolmaydi;
3)BI tahlilini qollash tartibi qatiy belgilangani boladi.
BI metodiga muvofiq, til grammatikasi shakliy togri gaplarni hosil qiluvchi (tugdiruvchi) kibernetik qurilma hisoblanadi. Har bir tilning grammatikasi belgilarnini yopiq (oxirgi) simvollar va bu simvollar zanjirining qayta kodlashtirish qoidalaridan iborat boladi. Qayta kodlashtirish qoidasi G-Gshakliga ega boladi. Bunda X-Gsimvollar zanjirini ifodalaydi. Bir guruh simvollar soz va morfemalarni ifodalash uchun, boshqalari esa sintaktik guruh va gaplarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari # shaklidagi alohida belgi ham ishlatiladiki, u gapning boshlanishi va oxirini ifodalash uchun qollaniladi. BI metodiga asosan gaplarni qismlarga bolish soz birikmalariga ajratishni eslatadi va gap bolaklariga ajratishdan hech qanday farq qilmaydigandek korinadi.
Aslida esa BIga ajratish gapni bolaklarga ajratishdan tubdan farq qiladi. F.M.Berezinning fikricha, gap bolaklari boyicha tahlil aniq javob berolmagan narsalarga BI metodi yoli bilan qilingan taxlil javob bera olishi mumkin. BI metodi asosan sintaksisda qollaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |