Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining markazi sifatida tan olinadi. CHunki til masalalariga bolgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shugullanish ilk bor hind olimlari tomonidan boshlab berildi. Qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan sozlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yoqotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini organishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Vedalardagi manosi tushunarli bolmagan sozlarni aniqlab, ularning manosini izohladilar, maxsus izohli lugatlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi soz va jumlalar manosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bolgan qatiy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab boldi. Hindlar tilshunoslik sohasida quyidagi ishlarni amalga oshirdilar.
1.Unli va undosh, portlovchi va sirgaluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, tovush birikmalarini, bogin, urgu, intonatsiya, choziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, tovush ozgarishlarini bilganlar, fonema haqida ham muayyan tushunchalar bolgan.
2.Qadimgi hind tilshunoslari grammatika - morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bolimdan tashkil topishini aniq korsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. Sozlar tasnifi (soz turkumlari). 2. Soz yasalishi. 3. Soz ozgarishi. Hindlar tortta soz turkumini farqlaganlar: ot,fel, old komakchi va yuklama (boglovchi va qiyoslovchi). Ular soz turkumlarini gap bolaklaridan farqlaganlar.
3.Qadimgi hindlar sozlarni tahlil qilish, tarkibini organish jarayonida ularni quyidagi bolaklarga ajratganlar: 1) ozak, 2) suffiks, 3) qoshimcha (turlovchi qoshimcha). SHuningdek, soz yasovchi va soz ozgartiruvchi morfemalar farqlangan. Otlarda ettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich kelishigi, 3) jonalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish (ablativ) kelishigi, 7) orin kelishigi.
4.Hind tilshunoslari qoshma sozlarning ottizga yaqin turini farqlaganlar. Hind grammatikachilari fel turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular felning uch zamonga birlashadigan etti xil zamon formasini: hozirgi zamon, otgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq otgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam qollaniladigan shart feli shaklini ajratganlar. Hindlar qadimgi davrlardayoq felning tortta maylini(aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini) aniq, orta, majhul nisbatlarni bilganlar. sanskrit tilida felning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va kopliklarga kora tuslanishni korsatganlar.
5.Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bolgan gapning muhimligini inkor qilmagan bolsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shugullanmaganlar. Ular sintaksisda sozlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl formalarining birikishi kabi masalalarni organish bilan chegaralanganlar. Hindlarning eng mashhur tilshunosi Panini (er.av. IV asr) klassik sanskritning eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadxyan»(sakkiz bolim) nomi bilan atalib, u tort mingga yaqin (3996 ta) qisqa va londa sheriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) oz ichiga oladi. Unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, soz yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |