Tilshunoslikning sotsiologiya bilan munosabati. Sotsiolingvistika. Ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning jamiyatdagi munosabatlari bilan bogliq qonunlarni organadigan sotsiologiya fani ham tilshunoslik fani bilan aloqadordir. Bu fan va tilshunoslik fanining tutash nuqtasida alohida yonalish sotsiolingvistika sohasi shakllandi. Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bolgan ijtimoiy sharoitlar bilan bogliqligini organadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bogliq bolgan nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiya(vazifa)lari, ijtimoiy omillarning tilga bolgan tasir mexanizmi bilan bogliq masalalarni organadigan tilshunoslik sohasidir.
Tilshunoslikning psixologiya bilan munosabati. Psixolingvistika. Lisoniy faoliyat, bir tomondan, tilshunoslikning organish obyekti bolsa, ikkinchi tomondan, psixologiyaning ham tekshirish predmeti sanaladi. Shu sababdan, tilshunoslik bilan psixologiyaning ham kesishish nuqtasi mavjud bolib, bu ikki fan oraligidagi kesishish nuqtasi psixolingvistikaning organish obyekti sanaladi. Psixolingvistika nutqning vujudga kelish mexanizmini, bolalar nutqining shakllanish jarayonini, turli nutqiy vaziyatda nutqni sozlovchi bilan tinglovchi ortasidagi munosabatni hisobga olgan holda organadi.
Tilshunoslik va adabiyot. Lingvopoetika. Tilshunoslik badiiy adabiyot bilan ham uzviy aloqadadir. Chunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina bolib qolmay, balki tinglovchiga tasir qiluvchi qudratli vosita hamdir. Tilning birinchi funksiyasi ananaviy va sistem-struktur tilshunoslikning organish obyekti bolsa, ikkinchi funksiyasi lingvopoetikaning organish obyektidir. Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bolib, badiiy asarlarda qollanilgan lisoniy birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini organadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqni organuvchi bolimidir. Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi. Filologiya tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari tez-tez uchrab turadi. Mazkur atamalar ifodalagan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin ozaro malum jihatlari bilan farq qiladi. «Obraz», «uslub», «kochim (trop)», «badiiy til», «stilistika», «poetika» kabi tushunchalar badiiy asar tili va lingvistik poetikaga daxldor tushunchalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |