Tayanch soz va iboralar: lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, tilning tabiati, mentalingvistika, sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, psixolingvistika, pragmalingvistika, neyrolingvistika, til va nitq antinomiyasi: doimiy va ozgaruvchan, zamonaviy va tarixiy, logik va psixologik, sotsial va individual
1. Nazariy tilshunoslik masalalari fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari. Tilshunoslik nazariyasi fani murakkab va kop qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bogliq bolgan til haqidagi mustaqil va aniq fan bolib, tilshunoslik sohasining nazariy mavzularini yoritish, fan doirasida organiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim xususiyatlari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, til birliklarining tizim sifatidagi qurilishi haqida malumot keltirish, til mohiyatini nazariy muammolar asosida tahlil qilish, tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigani vazifasi, til va sozlashuvchining ruhiy faoliyati, sozlovchi va suhbatdoshning ozaro munosabati, tilning kommunikativ xususiyatlari, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini, til va tafakkurning bir-biriga uzviy bogliqligini, tilning belgili va belgisiz xususiyatlarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi.
Nazariy tilshunoslik masalalari fanining maqsadi quyidagilardan iborat:
-lingvistikaning tabiati, mohiyati va predmetini belgilash;
obyektiv borliqdagi hodisalarga tilning munosabati, uning boshqa hodisalar ichida tutgan ornini organish;
- tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini organish;
- til strukturasi, bu strukturani tashkil etgan birliklarning ozaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash qonuniyatlari kabi muhim masalalarni ilmiy organish;
-til va jamiyat, tilning kishilik jamiyatidagi orni, tilning ijtimoiy muhitga kora ozgarish xususiyatlari, tillarning sotsiolingvistik tasnifi kabilarni organish;
- til va tafakkur, til va psixologiya, til va semiotika kabi tilga bogliq masalalarni tadqiq etish;
-tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va diaxroniya (yani hozirgi va tarixiy holati)da ilmiy tadqiq etish;
- mavjud metod va metodologiyalardan magistrlarni puxta xabardor etishdan iborat.
Ushbu kurs magistrant talabalarning umumlingvistik tayyorgarligini, bilim doirasini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi nazariy va metodologik materiallar bilan tanishtirish, ijodiy mulohaza yuritishga, izchillikka undash, nazariy bilim saviyasini oshirish, talabalarni ilmiy tadqiqotning, lisoniy tahlilning metodikasi va metodologiyasi bilan qurollantirish vazifasini qoyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |