Tilshunoslik va biologiya. Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika.
Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning organish obyekti bolgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi.Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik azosi. Bunday azo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo sapiensga xos xususiyatlar bolib, birlamchi vazifasi ustiga qoshimcha vazifa malum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qoshiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham tilshunoslikning tekshirish obyekti boladi.
Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bolimi bilan ham uzviy aloqada. Songgi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oraligida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmogi vujudga keldi. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekani, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga tasiri masalalarini organadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning organish obyekti afaziyadir.
Bundan tashqari, tilshunoslikda valentlik atamasining keng tarqalishi, invariant variant tushunchalarining paydo bolishi kimyo fanining, yadro-preferiya munosabatlari fizika fanining, tilshunoslikda keng qollanilayotgan statistik metodlar matematika fanining tasiri orqali maydonga keldi.
3.Tilga berilgan tariflar. Nazariy tilshunoslikda tilning tafakkur, psixik faoliyat, ijtimoiy-sotsial institutlar, tabiat hodisalari va boshqa belgili tizimlar bilan yaqinlashtiruvchi konsepsiyalarning sezilarli tasirga egaligi.
Inson insoniy kamolotga erishuvi uchun sozlashga muhtojdir, har bir insonning tabiatida boshqa bir kishi yoki kopchilik bilan fikrlashish, ozaro lisoniy aloqa qilish xususiyati bor. (Abu Nasr Forobiy).
Til sozlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Shuning uchun til zamonning bir onidek, turgun qismi kabi cheklanib qoladi.(Abu Rayhon Beruniy)
Kongil mahzanining qulfi til va mahzanning kalitin soz bil. (A.Navoiy).
Til aloqa vositasi sifatida ijtimoiy hodisadir va u kollektivning yutugidir. Tildagi ozgarish alohida shaxsga boglik emas. Til aloqa vazifasini bajaruvchi vosita sifatida murakkab ifoda vositasiga egadir. (A.Meye).
Tilning butun qudrati uning xalq dilida va mehnat jarayonida yaratilib, boyib borishi bilan bogliqdir (P.Qodirov).
Jonli til aloqa qurolidir. Aloqa esa hamisha sozlovchidan eshituvchining ehtiyojini hisobga olishni talab qiladi (P.Qodirov).
Til mohiyatan bitmas-tuganmas, cheksiz-chegarasiz ifoda imkoniyatlarining jamidir (N.Mahmudov).
Til fikr ifodalash, dunyoni bilish, bilim va tajribalarning toplash, saqlash va keyingi avlodlarga yetkazish, milliy-ruhiy munosabatlarni aks ettirish, gozallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajaradi (N.Mahmudov).
Til milliy manaviyat, marifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas kozgusidir (N.Mahmudov).
Do'stlaringiz bilan baham: |