Bog'liq Mamuriy Javobgarlik oraliq to`liq 007. (2)
11-kazus 2020 yil 16 may kuni olib borilgan tekshiruv jarayonlari vaqtida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li metro bekatinnig kirish yo‘lagida taxminan soat 15-10 larda fuqaro Alimov Akram Ibragimovichga tegishli bo‘lgan “Samsung S8” rusumli qo‘l telefoninig xotirasida diniy mazmundagi ma’ruzalar borligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining taqdim etilgan materiallardagi “Samsung S8” rusumli uyali aloqa vositasi xotirasidagi diniy mazmunga ega fayllarda N.Xolmatov tomonidan o‘qilgan rivoyat keltirilgan, xikoya va sherlar o‘rnatilgan tartibda tayyorlanmaganligi sababli ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash va tarqatishga ruxsat berilgan diniy mazmundagi maxsulotlar ro‘yxatiga kiritilmagan deb hulosa bergan.
Savol:
- Vaziyatga huquqiy baxo bering.
- A.Alimovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida e’tirof etish asoslarini tahlil qiling.
Javob: Kazusdan qo‘yidagi muammoli vazyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
A.Alimovning harakatlarini huquqbuzarlik alomatlari mavjudmi?
Diniy mazmundagi mahsulotlarni tayyorlash qanday shaklda olib boriladi?
A.Alimovning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud, chunki u diniy materiallarni qonunga xilof tarzda saqlagan, bu MJtK ning 184²-moddasida keltirib o‘tilgan normalarning buzilishiga olib kelgan.
Ushbu holatda huquqbuzarlikning turdosh (maxsus) ob’ekti jamoat xavfsizligini tartibga soluvchi, ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Bevosita asosiy ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, saqlash, mamlakat hududiga olib kirish yoki tarqatish tartibiga rioya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bevosita qo‘shimcha ob’ekti esa, jamiyatdagi normal axloqiy muhit, fuqarolarning axloqiy va jismoniy sog‘lig‘idir. Huquqbuzarlikning ob’ekti jamoat tartibi hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, jinoyatning predmeti A.Alimovning telefonidagi diniy ma’ruzalar bo‘lib hisoblanadi. Ob’ektiv tomoni esa harakat ya’ni A.Alimovning o‘z telefonida diniy ma’ruzalarni qonunga xilof tarzda saqlaganligida ifodalanadi.
Ushbu holatda huquqbuzarga A.Alimovga tegishli bo‘lgan telefon aparati musodara qilinadi va unga nisbatan (fuqaroga) eng kam oylik haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huquqbuzarlik sub’ekti A.Alimov, 16 YoShGA TO‘LGAN AQLI RASO shaxs bo‘lishi kerak. Bu turdagi huquqbuzarliklarning sub’ektiv tomoni aybning qasd shaklida namoyon bo‘ladi.
Ushbu qilmish uchun agar avval ma’muriy javobagarlikka tortilgan bo‘lsa, JK ning 244³-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, tarqatish, saqlash va olib kirishning alohida tartibi o‘rnatilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish, va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tartibga solinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakolatli davlat organi bo‘lib, ushbu organ tomonidan diniy materiallar davlat dinshunoslik ekspertizasidan utkazilishi ya’ni tadqiq etilishi kerak bo‘ladi.