14-kazus
2020 yil 21 noyabr kuni Yakkasary tuman DSI xodimlari tomonidan DSI boshlig‘ining 31.10.2020 yilgi 151-sonli buyrug‘iga asosan tekshiruv tadbiri o‘tkazilganida, fuqaro T.Muxsinov o‘ziga tegishli Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 31-uy, 37-xonadonga turar joyni ijaraga berish shartnomasini tuzmagan holda og‘zaki kelishuvga asosan har oyga ijara haqi olgan holda ijaraga bergan.
Sudda T.Muxsinov haqiqatdan ham 2020 yil 21 noyabr kuni Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 31-uy, 37-xonadonda DSI xodimlari tekshiruv o‘tkazishganini, pulga qiynalib qolganligi sababli ijarachi qo‘yganini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoiti og‘irligini bayon qilib, unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Savol:
- Vaziyatga huquqiy baxo bering.
- T.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida eʼtirof etish asoslarini tahlil qiling.
Ushbu tartibdagi huquqbuzarlik uchun MJtKning 1591-moddasida javobgarlik belgilangan bo’lib, unga ko’ra: Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik,
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi deb belgilab qo’yilgan. Haqiqatdan ham Muxsinov o‘ziga tegishli Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 31-uy, 37-xonadonga turar joyni ijaraga berish shartnomasini tuzmagan holda og‘zaki kelishuvga asosan har oyga ijara haqi olgan holda ijaraga bergan va sudda buni tan olib suddan pulga qiynalib qolganligi sababli ijarachi qo‘yganini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoiti og‘irligini bayon qilib, unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan. MJtKning 31-moddasida jabobgarlikn yengillashtiruvchi holatlar ro’yxati keltirilgan. Unga ko’ra:
1) aybdorning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi;
2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to‘lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Yuqoridagi vaziyatda ham agarda Muxsinov uning moddiy jihatdan qiynalganligi, ishidan chin ko’ngildan pushaymonligini isbotlab bera olsa, sud buni inobatga olib, unga sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Tartibi esa yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnoma ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch sutka ichida MJtk Kodeksning 303, 304, 306—309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |