13-kazus 2020 yil avgust oyining 9 kuni taxminan soat 10:20larda haydovchi N.Muxsinov o‘ziga tegishli bo‘lgan “DEU ESPERO” rusumli davlat raqami 01 K 182 AA bo‘lgan avtoulovida Parkent ko‘chasidagi “Parkent” ixtisoslashgan bozori qarshisida svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlangan, so‘ngra bu holat YPXB noziri tomonidan aniqlanib haydovchi to‘xtatilgan, hamda unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan, o‘zining harakatlari bilan haydovchi N.Muxsinov YHQning 8.2 bandi talabiga rioya qilmaganligi va shu kabi qoidabuzarlikni ikkinchi marotaba sodir qilganligi aniqlangan.
Sud majlisida N.Muxsinov, mazkur holat yuzasidan, yaʼni u 2020 yil
9 avgust kuni taxminan soat 10:20larda, o‘ziga tegishli bo‘lgan “DEU ESPERO” rusumli davlat raqami 01 K 182 AA bo‘lgan avtoulovida “Parkent” bozoriga kelganligi, so‘ng bozor qarshisidagi svetoforning yashil chirog‘ida yonib turganligi sababli harakatini davom ettirganligi va bozordan 200-300 metr o‘tgandan so‘ng uni YPXB noziri to‘xtatganligi, so‘ng unga YPXB noziri tuxmat qilib “sen svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga harakatlanib kelayapsan” deganligi, ammo u svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga o‘tmaganligi sababli, nozir bilan tortishib qolishganligi va YPXB noziri uni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilganligi, shundan so‘ng u Toshkent shaxar IIBB YXXBga murojaat qilishga majbur bo‘lganligi, uning aybi yo‘qligi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Savol:
- Vaziyatga huquqiy baxo bering.
- N.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida eʼtirof etish asoslarini tahlil qiling.
Demak, ushbu vaziyatda haydovchi Muxsinov YHQning 8.2 bandi talabiga roiya qilmagani sababli to’xtatilgan hamda bunda qoidabuzarlik ikkinchi marotaba sodir qilinganligi aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Amaldagi MJtKning 1284-moddasining3-qismida transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi, o‘sha huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi deyilgan. Ushbu holatda ham haydovchining ikkinchi marota huquqbuzarlik sodir etayotganligi aytilgan.
Ammo Muxsinov svetoforning yashil chirog‘ida yonib turganligi sababli harakatini davom ettirganligi va bozordan 200-300 metr o‘tgandan so‘ng uni YPXB noziri to‘xtatganligi, so‘ngunga YPXB noziri tuxmat qilib “sen svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga harakatlanib kelayapsan” deganligi, ammo u svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga o‘tmaganligi sababli, nozir bilan tortishib qolishganligi va YPXB noziri uni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilganligi, shundan so‘ng u Toshkent shaxar IIBB YXXBga murojaat qilishga majbur bo‘lganligini aytmoqda. Vaziyatni tartibga soluvchi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ,,YO‘L-PATRUL XIZMATI XODIMLARINING YO‘L HARAKATI QATNASHCHILARI BILAN O‘ZARO MUNOSABATLARI HAMDA MAXSUS MOSLAMALARDAN FOYDALANISHI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”gi 01.12.2018 yildagi 975-son qarorida haydovchining YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish huquqi borlgi aytilgan. Shundan foydalangan holda Muxsinov YXXBga ya’ni yuqori turuvchi organga murojaat qilgan. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishda
xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borish;
vizual kuzatuv hamda maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlash;
yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilish va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish;
har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e’tiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish kabi majburiyatlari bor.Agarda haqiqatdan ham Muxsinovning ko’rsatmalari to’g’ri bolsa YPXB noziriga tegishli choralar ko’riladi. Bunda nozirning Muxsinov bilan olib borgan suhbati vizual kuzatuv hamda maxsus moslamalardan foydalangan holda aniqlashtiriladi