10-kazus
2020 yil 11 mart kuni Toshkent shaxar Uchtepa tumani DSI xodimlari tomonidan tuman DSI boshlig‘ining 1.03.2020 yilgi 58-sonli buyrug‘iga asosan, “O‘rikzor” bozori OAJ hududida tadbir-tekshiruv o‘tkazilgan. Fuqaro B.Muxsinov 2020 yil 11 mart kuni ishonch qog‘ozi orqali o‘ziga biriktirilgan GAZ-24 rusumli 01G558AA davlat raqamli avtomashinasida pullik xizmat ko‘rsatish faoliyatini bilan shug‘ullanish maqsadida “O‘rikzor” bozori OAJ hududida turganida, uning yoniga mijoz A.Musaev kelib, 2 pochka reykani G‘alabaning 40-yilligi mavzesigacha olib borib qo‘yishini aytgan va u ushbu xizmati haqqi A.Musaevga 54000 so‘m bo‘lishini aytgan, so‘ng mijoz A.Musaev unga aytgan pulini bergan, so‘ng ularning oldiga fuqarolik kiyimida DSI xodimlari kelib, undan ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun kerakli hujjatlarni so‘ragan, ammo unda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma bo‘lmaganligi sababli DSI xodimlariga taqdim qila olmagan, shundan so‘ng DSI xodimlari undan 54000 so‘m miqdoridagi pullarni vaqtinchalik olib qo‘yishgan.
Savol:
- Vaziyatga huquqiy baxo bering.
- B.Muxsinovning harakatlarini huquqbuzarlik sifatida e’tirof etish asoslarini tahlil qiling.
JAVOB
Ushbu kazusda fuqaro Muxsinovning mashinada yuk tashish faoliyati uchun tegishli hujjatlar bo’lmay turib, shu faoliyat bilan shug’ullanayotgani keltirib o’tilgan. Huquqbuzarlik obyekti litseziya va ruxsat berish qoidalari hisoblanadi. Obyektiv tomondan Muxsinovning ruxsat beruvchi hujjatlarsiz faoliyyat bilan shug’ullanishi. Mazkur vaziyatda tegishli hujjatlar olinmasdan faoliyat muntazam ravishda davom ettiriladi.
Subyekti 16 yoshga to’lgan aqli raso, jismoniy shaxs.
Subyektiv tomondan qasddan sodir etiladi hamda ushbu huquqbuzarlik tarkibi 165-modda bilan kvalifikatsiya qilinadi.
165-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish
Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |