28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari
Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.
Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.
Bu vaziyatda ikkalasi ham bajaruvchi deb topiladi
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.
Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi.
29-modda. Ishtirokchilikning shakllari
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
Bu vaziyatlardi ikki vaziyatda murakkab ishtirokchilik gar faoliyt olib borishni maqsad qilmagan bo`lsa.
Oxirgi 3 vaziyatda murakkab ishtirokchilik deb topiladi
Uchinchi
56-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi; kazusda
bu vaziyatda 3 chalasi ham og`irlashtiruvchi holatga to`gri tushadi
Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e’tiborga olib, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi ham mumkin.
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas.
To`rtinchi vaziyat
Jinoyat majmuining takroran jinoyat sodir etishdan farqi shundan iboratki, jinoyat majmuida qilmish har doim shaxs tomonidan mustaqil kvalifikatsiya qilinadigan ikkita turli mustaqil jinoyatlarni sodir etilishi ko‘zda tutiladi, takroran jinoyat sodir etishda esa ijtimoiy xavfli qilmishlar o‘xshash, istisno hollarda bir turdagi yoki har xil turdagi jinoyatlar bo‘lib hisoblanadi.
Jinoyat majmui Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli xil boblarida javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlarning sodir etilishi bilan yuzaga keladi. Masalan, o‘g‘rilik va qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etish – turli xil ob’ektlarga va turli xil jinoiy natijaga yo‘naltirilgan huquqqa xilof qilmishlardir: birinchisi – mol-mulkni yashirin tarzda talon-taroj qilish, ikkinchisi – zo‘rlik bilan hayotdan mahrum etishga qaratilgan. Mazkur holda har xil turdagi jinoiy tajovuzlarning sodir etilganligi aniq ko‘rinadi. Jinoyat qonuni jinoyat majmui holatlarini bir turdagi jinoyatlarning sodir etilishida ham tan olinadi. Tajovuzlarning bir turdaligini javobgarligi Jinoyat kodeksining bitta moddasining turli qismlari bilan nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etish hollarini jinoyat majmui sifatida kvalifikatsiya qilinishiga imkon beruvchi qonun ta’rifidan ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |