Davomli jinoyat deganda yagona maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan umumiy qasd doirasida birlashgan ikki va undan ortiq ijtimoiy xavfli harakatlar tushuniladi. Davomli jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi, bir butunni tashkil qilishda namoyon bo‘ladigan barcha epizodlarning yagonaligidadir. Davomli jinoyatning alohida aktlari, ular mustaqil jinoyat xarakteriga ega bo‘lmasa, mustaqil kvalifikatsiya qilinmaydi; o‘zining yig‘indisida bir martalik jinoyat sifatida qaraladi.
Masalan, kishini o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish (103-modda) jinoyatida ayblash uchun jabrlanuvchining sha’ni va qadr-qimmati muttasil ravishda kamsitish harakatlari sodir etilishi kerak. YAna bir misol, aybdorni qiynash jinoyatida ayblash uchun u jabrlanuvchiga nisbatan muttasil ravishda do‘pposlash harakatlarini sodir qilgan bo‘lishi kerak (110-moddaning birinchi qismi). Mazkur misollardan xulosa qilib aytish muminki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda ayblash uchun shaxs o‘sha modda dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatni ko‘p marta, ya’ni muttasil ravishda sodir qilib kelgan bo‘lishi kerak. Bunday hollarda ham qilmish bir qancha jinoyat sodir qilish deb topilmay bitta norma bilan javobgar qilinadi. Davomli jinoyat yuridik nuqtai nazardan yagona jinoyatdir.
Davomli jinoyat birinchi jinoiy aktning amalga oshirilishi paytidan boshlanadi va oxirgisi bilan tugallanadi. Mazkur holatga, ya’ni bir xil bo‘lsa-da, bir qancha alohida harakatlarning amalga oshirilishiga qaramay, u yagona jinoyat deb topiladi. Masalan, aybdor zavoddan televizorni o‘marish maqsadida o‘tish punktidan har doim bitta qismdan olib chiqadi. U detalni navbatdagi olib chiqishi paytida qo‘lga olinsa, qilmish takroran talon-taroj qilishni tashkil etmaydi, chunki bitta detaldan 50 marta olib chiqilgan taqdirda ham, yagona qasd – televizorni o‘g‘irlash bilan qamrab olingan. Davomli jinoyatda muayyan jinoiy natijaga qaratilganligi sababli, bu natijaga erishilmagan taqdirda, suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Davomli jinoyatlar takroran sodir etilgan jinoyatlardan farq qiladi. Bu jinoyatlar o‘rtasidagi asosiy farq sodir etilgan jinoyatning sub’ektiv tomoniga to‘g‘ri keladi, lekin ob’ektiv belgilari mos tushadi.Davomli jinoyatlar – bir qator o‘xshash yoki bir xil harakatlardan tashkil topadigan, yagona qasd bilan qamrab olingan va bitta umumiy maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bir martalik jinoyatlardir. Takroran sodir etilgan jinoyatlar esa turli xil (ikki yoki undan ortiq) mustaqil jinoyatlardan iborat bo‘ladi va aybdorning nisbatan yuqori ijtimoiy xavfliligi va jinoiy niyatlarining barqarorligini ifodalaydi.
Alohida e’tiborga talon-taroj va mansabdorlik jinoyatlaridagi davomli jinoyatlarni takroran sodir etiladigan jinoyatlardan farqlash hollari molikdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlarga, sodir etilgan qilmishlar davomli jinoyatlar sifatida topilishi hollaridan tashqari, bir necha bor talon-taroj qilishni takroran sodir etilgan deb topishni tavsiya etadi. Davomli talon-taroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-taroj qilingan summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur. Davomli talon-taroj – bir qator o‘xshash harakatlardan iborat, aybdorning yagona qasdi bilan qamrab olingan va yig‘indisi bitta jinoyatni tashkil etadigan o‘zganing mulkini noqonuniy o‘zlashtirish umumiy maqsadiga ega.
Pora beruvchi uchun qulay muayyan natijaga erishilishini ta’minlovchi pora oluvchi tomonidan muayyan harakatlarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirilmasligi uchun bitta pora beruvchidan bir necha qabulida kelishilgan pora miqdorini oluvchi (beruvchi) pora oluvchining, vositachining, pora beruvchining harakatlari takroran pora olish (berish) sifatida tan olinishi mumkin emas.YUqoridagilarni hisobga olib shunday xulosaga kelish mumkinki, qilmishlarni davomli deb hisoblash uchun bir qator shartlar bo‘lishi kerak.
Bular quyidagilardan iboratdir:
• qilmishlar aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha harakatlardan iborat bo‘lishi;
• aybdorning barcha harakatlarining bitta ob’ektga tajovuz qilishga qaratilganligi;
• aybdorning barcha harakatlari bir maqsadga qaratilganligi va har bir harakati uning yagona maqsadining bir qismini tashkil etganligi.
Kazusimizda esa turli maqsadalr bo`lgan masalan uyuga noqonuniy kirgan o`girlash maqsadida 2 mashinadan og`rirlagan 3- da esa uyga bosqinchilik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |