D ismli shaxs 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 16:00 larda Qarshi shahar, Shayxali mahalla fuqarolar yig'ini ma'muriy binosidan singlisi M ni Koson tumani, Sherbek mahallasida joylashgan ota-onasining yashash uyiga olib kelib, haqorat qilib, uni sochini qaychi yordamida kesib, uni urayotgan vaqtida ushbu holatlarni ko'rib turgan onasi R ning unga “Singlingni urma, sochini olma”- deb aytishiga qaramasdan, ularni ajratmoqchi bo'lganiga qaramasdan o'z oila a'zolari qarshisida o'ta shafqatsizlik bilan tanasini duch kelgan joylariga qasddan urib, tepib, unga o'rtacha og'ir shikast yetkazgan.
Shuningdek, u akasi Sh bilan birga, 2020 yil 12 sentyabr kuni soat 16:10 larda singlisi M ni urib, uning sochini qaychi yordamida kesib, uyning isitish tizimi bilan ta'minlanmagan xonasiga majburiy tarzda olib kirib, oyog'iga zanjir bog'lab, zanjirni bir qismini qulf yordamida, bir uchini esa xonaning yer qismiga qoziq qoqish orqali maxkamlab, 2020 yil 18 sentyabr kuniga qadar ushbu xonada saqlab, uni ozodlikdan mahrum qilgan.
Kazus bo‘yicha savollar:
D va Sh ismli shaxslar tomonidan sodir qilingan qilmish tarkibini tahlil qilib, qilmishni tahlil qiling.
Jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini hamda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlang.
Qilmishdagi og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni tahlil qiling.
Vaziyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish va JK maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlash asoslarini muhokama qiling.
Javob.
Ushbu kazusni tahlil qila ekanmiz, D ismli shaxsning harakatlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi “g” bandi bilan ya`ni “Qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazish o`ta shavqatsizlik yo`li bilan ” bilan, bundan tashqari D ismli shaxs va uning akasi Sh ismli shaxs tomonidan 138-moddasi ya`ni “Zo`rlik ishlatib g`ayriqoquniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish” jinoyatini ishtirokchilikda amalga oshirgan.
Birinchi bo`lib D ismli shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat tarkibini tahlil qilib chiqamiz. Ushbu qilmish Jinoyat kodeksining 105-moddasi ya`ni “badanga qasddan o`rtacha og`ir shikast yetkazish” bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat kodeksining 105-moddasida unga qo`yidagicha tariff berilgan. “Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish ushbu modda bilan javobgarlikka tortishga sabab bo`ladi. Kazusdagi vaziyatda ham D ismli shaxs singlisi M ni haqorat qilib, uni sochini qaychi yordamida kesib, o'z oila a'zolari qarshisida o'ta shafqatsizlik bilan tanasini duch kelgan joylariga qasddan urib, tepib, unga o'rtacha og'ir shikast yetkazgan.
Mazkur jinoyatning bevosita obyekti badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilgan shaxsning sogʻligi daxlsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Jinoyatning obyektiv tomoni shaxs sogʻligiga zarar yetkazuvchi harakat va harakatsizlikda ifodalanadi. Aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qilmish va jabrlanuvchi sogʻligiga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishni aniqlash lozim. Bunda jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi jabrlanuvchiga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |