Jinoyatning bevosita obyekti davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining normal faoliyat yuritishi doirasida kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Mansab soxtakorligining predmeti rasmiy hujjatlardir.
Obyektiv tomondan jinoyat mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar yoki yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishida, bila turib hujjatlar tuzishida va taqdim etishida ifodalanadi. Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishi tarzidagi oqibatlarning ro‘y berganligi jinoyatning zaruriy belgisidir.
Subyektiv tomondanjinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Subyektiv tomonning zaruriy belgisi soxtakorlikni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning g‘arazli yoki boshqa manfaati hisoblanadi. Mansab soxtakorligi yolg‘on hujjatlardan foydalanib, boshqa jinoyat sodir etish uchun amalga oshirilgan holatlarda qilmish jinoyatlar majmui bo‘yicha, ya’ni mansab soxtakorligi va boshqa jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Jinoyat subyekti18 yoshga to‘lgan mansabdor shaxs hisoblanadi.
121-modda jinoyatini tarkibini tahlil qiladigan bo`lsak, uning obyekt, obyektiv tomoni, subyekt, subyektiv tomonini ajratib chiqamiz. Tarkibning 1 ta elmenti mavjud emas ekan, jinoyat tarkibi ham, jinoyat ham mavjud emas hisoblanadi.
Jinoyatning bevosita obyekti ayolning jinsiy erkinligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram boʻlgan ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga majbur etishda ifodalanadi.
Subyektiv tomondan mazkur jinoyat faqat toʻgʻri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor jabrlanuvchini uning xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqacha qaramligidan foydalanib u bilan yoki uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirishga majburlayotganini anglaydi, jinsiy ehtiyojini qondirish motivi asosida bu narsani xohlaydi.
Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga toʻlgan shaxs hisoblanadi.
Endi bevosita ushbu jinoyatlarning tugallanish vaqtiga to`htaladigan bo`lsak, 209-modda ya`ni mansab soxtakorligi jinoyati moddiy tarkibli jinoyat hisoblandi. Mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar yoki yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishida, bila turib hujjatlar tuzishida va taqdim etishi fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishi bilan tugallangan hisoblanadi. JK 121-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat esa, ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni Gʻayritabiiy usulda qondirishga majburlash faktining oʻzi, maqsadga erishilgan yoki erishilmaganidan qat’i nazar, tugallangan jinoyat deb qaralishi kerak. JK 121-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat esa aybdor tomonidan oʻz maqsadiga erishganidan soʻng, ya’ni jinsiy aloqa qilingan yoki jinsiy ehtiyoj gʻayritabiiy usulda qondirilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Katta tergovchi A huddi shu 121- moddda 2-qismidagi jinoyatni amalga oshirgan va fuqaro A bilan jinsiy aloqa qilganidan jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Qilmishni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlari Jinoyat kodeksining 55-56-moddalarida keltirib o`tilgan. Katta tergovchi A ning qilmishining hech birida yengillashtiruvchi holatlar mavjud emas, ammo Jinoyat kodeksining 56-moddasi “G” bandi bilan ya`ni aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan amalga oshirgani uchun 121-modda jinoyati uchun og`irlashtiruvchi holatlar mavjud bo`ladi.
Ushbu vaziyatda jazo tayinlashni tahlil qiladigan bo`lsak, Jinoyat kodeksining 59-moddasi ga asosan Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlanadi. Bunda Shaxs Maxsus qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlaydi. katta tergovchi A 121-modda jinoyati uchun eng og`ir jazo sifatida 3 yildan 5yilgacha muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, 209-modda sanksiyasi bo`yicha eng og`iri 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan ayblanadi. Katta tergovchi A tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning biri ishtimoiy havfi kata bo`lmagan yana biri esa uncha og`ir bo`lmagan jinoyat sirasiga kiradi. Sudya ushbu vaziyatda 59-moddaning 2-qismini hisobga olgan holda jinoyatlar bo`yicha alohida alohida jazo tayinlab, yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Sudya tomonidan tayinlangan jazo agar ozodlikdan mahrum qilish tarzida berilsa, bu jazo 5 yildan ortiq berilishi mumkin emas. Chunki 59-modda 2- qismiga asosan “Agar jinoyatlar majmuini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim deb ko`rsatib qo`yilgan. Jinoyatlar majmui bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
8-KAZUS