Nazariy savollar. Bir qancha jinoyat sodir etish va uning ahamiyatini muhokama eting


Sh o‘zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida tanishi R



Download 0,55 Mb.
bet52/80
Sana30.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#595842
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
2 5420537482498282913

Sh o‘zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish maqsadida tanishi R ning qarindoshi, ya’ni otasi O bilan oldindan til birkitirib, amakisi T ni uyida naqd 7.000 AQSh dollari borligini bilib, o‘zlarini jinoiy faoliyatini ijobiy hal etilishi maqsadida, jinoiy harakatlanish rejasini tuzib, ushbu rejaga asosan R T.ni qarindoshi bo‘lganligi, uni yashash manzili va yashash tarzi va sharoitini yaxshi bilganligi sababli, u ushbu jinoyatni sodir etishda tashkilotchi vazifasini bajaradi. Shundan so‘ng jinoiy rejasiga binoan skotch lenta va pichoqlar bilan uyda bo‘lgan shaxslarni qarshiligini yengish va jinoyat sodir etilishida to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni oldini olish maqsadida qurollanib olib, uyga kirish yo‘lini T.ning uyini oldida bo‘lgan metalldan ishlangan uzum surisini belgilab olishadi. Shundan so‘ng ular o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan jinoiy harakatlanish rejasi asosida 2020 yil 24 iyundan 25 iyunga o‘tar kechasi taxminan soat 01.00 larda T ning uyiga jinoyat obyektini ko‘zdan kechirish maqsadida kelib, ko‘zdan kechirib, uylariga qaytib ketishgan.
Shundan so‘ng ular o‘zlarini jinoiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 26 avgust kuni taxminan soat 01.30 larda T ning uyi oldiga kelishadi va uy oldida joylashgan metaldan ishlangan uzum surisi orqali uy tomiga chiqish yo‘li bilan uy xovlisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib olishadi, so‘ng R ning ko‘rsatmasiga binoan xonadonda bo‘lgan uy egasi T ning uchta yordamchisini qo‘l va oyoqlarini skotch lenta bilan bog‘lab, uni yuziga tan jarohati etkazib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, ularni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, ularga ovozini chiqarmaslikni buyurishgan. Shundan so‘ng B va uning 2011 yilda tug‘ilgan yosh farzandini xonasiga kirib uni oyoq-qo‘llarini skotch lenta bilan bog‘lab, unga pichoqtirab, uni ham hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, undan T ni pullari va qimmmatbaho buyumlari qayerda turishligi haqida so‘rashgan, lekin undan kerakli ma’lumotni ololmagach, uy egasi T ni uxlab yotgan xonaga kirib, uni ham qo‘l-oyog‘ini skotch lenta bilan bog‘lab, unga ham pichoq tirab, hayot va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib, undan pul va qimmatbaxo buyumlar turar joyini bila olmasdan uy xonalarini tintishni boshlashadi. Natijada tintuv davomida ular T ga tegishli bulgan 7.000 AqSh dollari (144.000 so‘m pul, narxi 1.000.000 so‘m bo‘lgan tilla uzuk (persten), narxi 300.000 so‘m bo‘lgan tilla tishlar, narxi 100.000 so‘m bo‘lgan jami 200.000 so‘mni tashkil qilgan 2 dona tilla uzuk, narxi 50.000 so‘m bo‘lgan bir dona tilla uzuklarni topib, ushbu mulkka to‘liq egalik qilib, jinoyat joyidan ko‘p miqorda, ya’ni 10.289.300 so‘m miqdoridagi mulkni egallab, voqea joyidan yashirinishgan. Sh va uning jinoiy sheriklari tomonidan jinoiy yo‘l bilan egallab olingan pul va tilla buyumlar o‘zaro taqsimlanib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborilgan.
Kazus bo‘yicha savollar:
Vaziyatga huquqiy baho berib, qilmishni tahlil qiling.
Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasini yuqoridagi vaziyatga bog`lab tahlil qiling.
Jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini hamda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlang.
Jinoyat sodir qilishda aybli deb hisoblangan shaxslarga JK maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida jazo tayinlash asoslarini muhokama qiling.
Javob
Bizga berilgan yuqoridagi vaziyat ishtirokchilikda sodir etilgan bosqinchilk hisoblanib, Jinoyat kodeksining 164 (Bosqinchilik) ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan moddasi bilan , shuningdek Jinoyat kodeksining 28-moddasi jinoyatda ishtirok uchun moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ushbu kazusdagi qilmishni tahlil qilamiz. Qilmish jinoyat deb belgilanishi uchun quyidagi belgilarga ega bo’lishi lozim. Ya’ni
1) Qilmishning ijtimoiy xavfliligi. Bosqinchilik jinoyati ham mulkka qarshi, ham sog’liqqa qarshi bo’lib, qilmishda ushbu obyektlarga nisbatan tajovuz mavjudligi ya’ni zarar yetkazgani uchun ham unda ijtimoiy xavflilik belgisi mavjud.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish