7. Psixologik jozibadorlik. Ximoya sistemasini ekspluatatsiya qilish sodda bo‘lish lozim. Foydalanuvchining ximoya sistemasi haqidagi tasavvurlari uning faktlarga asoslangan imkoniyatlari bilan qanchalik mos tushsa, qo‘llash jarayonida xatolar shunchalik kam bo‘ladi. Ayrim sun’iy tillarning ximoya sistemasiga murojaat qilishda foydalanilishi kushimcha xatolar manbai bo‘lib xizmat qiladi. YUqorida sanab utilgan prinsiplarning ayrimlariga asoslangan sistemani kurishda ularni amalga oshirishda sarflanadigan katta harajatlar bilan bog‘liq jiddiy tusiklar yuzaga keladi. SHuning uchun ximoya sistemalarini loyixalashdagi muhim faktor sifatida uning iktisodiy samaradorligini qo‘rsatish mumkin.
Shuni esda tutish lozimki, faoliyatning aloxida tarmoqlari (bank va moliya institutlari, informatsion tarmoqlar, davlat boshqaruv sistemalari, mudofaa va maxsus xizmat strukturalari) ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar kurishni talab qiladi va bu tarmoqlarda echilayotgan masalalarning harakteri va ahamiyatiga mos holda informatsion sistemaning ishlash ishonchliligiga bo‘lgan talablar juda yuqori bo‘ladi.
Axborot xavfsizligi masalasini ko‘rib chiqishda, dastavval, ma’lumotlarni urinsiz (nomatlub, noma’kul) o‘zgartirish yoki yo‘qotishga olib keluvchi ruxsatsiz foydalanish yoki bo‘zishning turlari bilan tanishib chiqish lozim. Bunday jiddiy taxdidlardan quyidagilarni keltirish mumkin:
jixoz (qurilma) larning bo‘zilishi: kabel sistemasining bo‘zilishi, elektr manbaining uchib-yonishi, disk sistemasining bo‘zilishi, ma’lumotlarni arxivlash sistemasining bo‘zilishi, serverlar, ishchi stansiyalar, tarmoq kartalarining bo‘zilishi;
dastur ta’minotining noto‘g‘ri ishlashi oqibatida kelib chiqadigan axborot yo‘qolishi, dastur ta’minotining nosozligi natijasida ma’lumotlarning o‘zgarib ketishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi, sistemaning kompyuter viruslari bilan zararlanishi natijasida ma’lumotlarning yo‘qolishi va x.;
ruxsatsiz foydalanish bilan bog‘liq yo‘qotishlar: axborotdan ruxsatsiz nusxa olish, yo‘qotish yoki kalbakilashtirish, maxfiy, sir tutilishi lozim bo‘lgan axborotni begona kishilarga tanishtirish;
arxiv ma’lumotlarini noto‘g‘ri saqlash bilan bog‘liq yo‘qotishlar;
xizmatchi shaxs yoki foydalanuvchining xatolari: ma’lumotlarni o‘zi bilmagan holda o‘zgartirish yoki yo‘qotib yuborish, ma’lumotlarning yo‘qolishiga yoki bo‘zilishiga olib keluvchi dastur yoki apparat ta’minotidan noto‘g‘ri foydalanish.
Bu tahdidlardan kelib chiqib, axborotni ximoyalashning barcha turlarini quyidagi 3 ta sinfga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |