1. Ximoya mexanizmining soddaligi. Bu prinsip shunga asoslanganki, loyihalashda va ekspluatatsiyada yuzaga chiqqan ayrim xatolar foydalanishning e’tiborga olinmagan yo‘llarini aniqlashga imkon beradi. SHunga asosan ximoyaning apparat va dasturiy vositalarini sinchiklab testlash kerak, biroq amaliyotda bunday tekshiruvning faqat sodda va ixcham sxemalar uchun imkoniyati mavjud.
2. Axborotning chetga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan hamma kanallarning yopiqligi. Bu prinsip har qanday ob’ektga bo‘ladigan har qanday murojaat huquqini (vakolatini) tekshirishga mo‘ljallangan va ximoya sistemasining asosi hisoblanadi. Bu prinsipni hisobga olgan holda, foydalanishni boshqarish masalasi umumsistema satxida echilishi lozim. Bunda ishga tushirish, bo‘zilishlardan so‘ng qayta tiklash, ajratish va profilaktik xizmat qo‘rsatish kabi ish rejimlari e’tiborga olinadi. Ma’lumotlarga bo‘ladigan har qanday murojaat manbaini ishonchli aniqlashni ta’minlashi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |