Ikkilamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan ulerod atomiga ikkita boshqa uglerod atomi birikkan spirtlar.
Uchlamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan ulerod atomiga uchta boshqa uglerod atomi birikkan spirtlar.
Metil spirt CH3OH (metanol, karbinol, yog`och spirti)–eng oddiy bir atomli spirt bo`lib, 65 0C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik.
Etil spirt C2H5OH (etanol)–rangsiz, kuydiruvchi mazali, o`tkir hidli suyuqlik, 78,3 0C da qaynaydi, –114 0C da muzlaydi.
Eltekov qoidasi–to`yinmagan spirtlarning darhol izomerlanib hamda aldegid va ketonlarga aylanish hodisasi.
Vinilatsetat–CH2=CH–O–CO–CH3 73 0C da qaynaydigan suyuqlik.
Polivinilatsetat–qattiq modda bo`lib, ishqoriy muhitda yoki kislotalar ta`sirida gidrolizlanganda polivinilspirt hosil bo`ladi.
Polivinilspirt–oddiy sharoitda qattiq shishasimon polimer modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |