Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi



Download 135 Kb.
bet12/18
Sana01.02.2022
Hajmi135 Kb.
#421515
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
11-балики янги

Kimyoviy xossalari. Bir atomli spirtlar kimyoviy reaksiyalarga ancha oson kirishadigan moddalar hisoblanadi. Spirtlarning kimyoviy xossalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
I. Spirt gidroksilidagi vodorod atomining xossasi.
Spirt molekulasidagi R–O–H bog`i qutblanganligi sababli vodorod atomi qisman musbat, kislorod atomi esa qisman manfiy zaryadlanadi. Shuning hisobiga vodorod atomi harakatchan bo`ladi hamda metallga, radikalga va kislota qoldig`iga oson o`rin almashadi:
ROH  RO + H+
1. Spirtlar ishqoriy metallar bilan ta`sirlashib alkogolyatlar hosil qiladi, hosil bo`lgan alkogolyatlar suv ta`sirida gidrolizlanadi. Masalan:
2R–OH + 2Na  2R–ONa + H2
R–ONa + HOH  R–OH + NaOH
2. Gidroksildagi vodorod atomi radikalga almashinishi natijasida oddiy efirlar hosil bo`ladi. Masalan:
R–OH + HO–R  R–O–R + H2O
3. Gidroksildagi vodorod atomi kislota qoldig`iga almashinishi natijasida murakkab efirlar hosil bo`ladi. Masalan:
R–OH + HO–SO2–OH  R–O–SO2–OH + H2O
R–OH + HO–CO–R  R–O–CO–R + H2O
Kimyoviy xossalari. Ikki atomli spirtlar bir atomli spirtlar kirishadigan hamma kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Bunda reaksiyalar bitta OH guruhidan ham, ikkita OH guruhidan ham borishi mumkin. Masalan, etilenglikol alkogolyatlar, oddiy va murakkab efirlar, galogenli hosilalar hosil qiladi, oksidlanib aldegid yoki ketonlarga aylanadi.
Spirtlarda gidroksil guruhlar sonining ortishi bilan ular molekulasidagi gidroksil vodorodida kuchsiz kislotalilik xossasi paydo bo`ladi. Shuning uchun ikki atomli spirtlar bir atomli spirtlardan farqli ravishda ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, og`ir metallar gidroksidlarini eritadi va glikolyatlar hosil qiladi. Masalan:

Ikki atomli spirtlarning degidratlanishi (suv ajralib chiqishi) o`ziga xos tarzda amalga oshadi. Masalan, etilenglikol molekulasidan suv ajralib chiqishi sharoitga qarab ikki xil bo`lishi mumkin: ichki molekulyar degidratlanish va molekulalararo degidratlanish.
Ichki molekulyar degidratlanish deb faqat bitta molekuladan suv ajralib chiqishi hisobiga amalga oshadigan degidratlanishga aytiladi. Etilenglikol ichki molekulyar degidratlanishga uchraganda sirka aldegid hosil bo`ladi:


Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish