Nazariy o‟quv mashg‟ulotining o‟qitish texnologiyasi


Konstitutsiyani o‟zgartirish tartibi



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/235
Sana01.01.2022
Hajmi3,35 Mb.
#282149
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   235
Bog'liq
465 Xolmuhammedov O'zimga tayyorlaganim0

Konstitutsiyani o‟zgartirish tartibi. 
Konstitutsiyani  o‘zgartish  kiritishning  oddiyligi  yoki  murakkabligiga  qarab, 
barqaror  va  o‘zgaruvchan  konstitutsiyalarga  bo‘linadi.  Agarda  konstitutsiyani 
o‘zgartish  osonroq  bo‘lsa,  u  o‘zgaruvchan  konstitutsiya  deb  yuritiladi.  Agarda, 


aksincha,  konstitutsiyaga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  tartibi  murakkab 
bo‘lsa, u barqaror konstitutsiya deb yuritiladi. Lekin shuni esda tutish kerakki, eng 
o‘zgaruvchan  konstitutsiya  ham  boshqa  qonunlarga  nisbatan  qattiq,  ixcham  va 
barqaror bo‘lishi shart. 
Konstitutsiyaning  tuzilishini,  butun  matnini  o‘zgartirishga  olib  keladigan  ob‘ektiv 
sabablardan  biri  mamlakatda  yuz  beradigan  jiddiy  islohotlar  va  davlat 
rivojlanishiga doir dasturning o‘zgarishidir. Jahonning ilg‘or mamlakatlarida doimo 
konstitutsiyaning  ixcham  va  barqaror  bo‘lishiga  katta  e‘tibor  berib  kelingan. 
Xususan, 1787 yilda qabul qilingan va jahondagi birinchi konstitutsiya hisoblangan 
AQSH Konstitutsiyasi, mana 200 yildan ko‘p vaqt o‘tibdiki, hamon barqaror tarzda 
amal  qilib  kelmoqda.  Unga  shu  vaqt  ichida  27  ta  o‘zgartirish  va  qo‘shimcha 
kiritilgan, xolos. 
Umuman, konstitutsiyani o‘zgartirish, yangilash oddiy qonunlarni o‘zgartirish yoki 
yangilashdan farq qiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga tuzatish 
va  yangilik  kiritiladigan  bo‘lsa,  bu  haqtsagi  taklif  faqat  Prezident,  Federatsiya 
Kengashi,  Davlat  Dumasi,  xukumat,  Rossiya  Federatsiyasi  sub‘ektlarining  qonun 
chiqaruvchi  (vakolatli)  organlari  va  Federatsiya  Kengashi  yoki  Davlat  Dumasi 
deputatlaridan  kamida  beshdan  bir  qismi  tomonidan  kiritilishi  mumkin.  Ispaniya 
Konstitutsiyasi  bo‘yicha  Bosh  Kortesning  ikkala  palatasida  ham  depututlarning 
beshdan  uch  qismidan  ko‘prog‘i  ovoz  bersa,  konstitutsiyaga  o‘zgartishlar  kiritish 
mumkin. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining barqarorligini ta‘minlab beruvchi printsiplar uning 
bevosita  o‘zida  mustaxkamlab  qo‘yilgan.  Lekin  hayot  sharoiti,  mamlakatning 
rivojlanishi Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritishni taqozo etishi mumkin. 
Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishning alohida murakkab tartibi uni barqarorligini 
ta‘minlashga  qaratilgandir.  SHu  bilan  birga  Konstitutsiyaning  ayrim  qismlari 
umuman o‘zgartirilishi mumkin emas. Masalan, Frantsiyada respublika boshqaruv 
shakli,  Germaniyada  davlatning  federativ  tuzilishi,  Braziliyada  hokimiyat 
vakolatlarini taqsimlash printsipi o‘zgartirilishi mumkin emas. 
Ayrim  davlatlarda  Konstitutsiyaning  ayrim  boblari  o‘zgartirilishi  mumkin  emas. 
Masalan,  Rossiya  Konstitutsiyasining  1,  2  va  9-  boblari  o‘zgartirilishi  mumkin 
emas. 
Ko‘pchilik  davlatlarda  Konstitutsiya  moddalarini  o‘zgartirish  uchun  mutlaq  ko‘p 
ovoz  olish  kerak  (odatdda  2/3).  Federativ  davlatlarda  federatsiya  sub‘ektlarining 
ko‘pchiligi  (Rossiyada  2/3  qismi,  AQSHda  3/4  qismi)  roziligini  (ratifikatsiya 
qilishi) talab etiladi. Hindiston, Kanada, Pokistonda esa federatsiya sub‘ektlarining 
roziligi talab qilinmaydi. 
Ayrim  hollarda  (Skandinaviya  mamlakatlarida)  Konstitutsiyaga  o‘zgartirishlar 
kiritish  uchun  albatta  referendum  chaqirilishi  kerak.  Ba‘zi  davlatlarda  (Italiya) 
o‘zgartirishlar  kiritish  uchun  parlament  2  palatasining  mutlaq  ko‘p  ovozini  olish 
kerak. 
Unchalik  muhim  bo‘lmagan  o‘zgartirishlar  oddiy  ko‘pchilik  ovoz  bilan  kiritilishi 
mumkin  (Hindiston).  Vengriyada  Konstitutsiyaga  o‘zgartirish  kiritish  tartibi 
referendum yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin emas. 


Ba‘zi  hollarda  esa  Konstitutsiyaga  o‘zgartirish  kiritishni  qonun  tashabbusiga  ega 
bo‘lgan  barcha  sub‘ektlarning  o‘zlarigina  taklif  eta  olmaydilar.  Masalan, 
Gretsiyada  Prezident  va  parlamentning  150  deputati  roziligi  bilan,  Avstriyada 
boshqa sub‘ektlar bilan birga xalq tashabbusi, ya‘ni 100 ming imzo bilan, Italiyada 
50 ming imzo bilan o‘zgartirishlar taklif qilinishi mumkin. 
Odatda Konstitutsiyani urush yoki favqulodda holat davrida qayta ko‘rish mumkin 
emas.  Meksikada  Konstitutsiya  umuman  o‘zgartirilmaydigan  hujjat  sifatida 
qaraladi. 
  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  127,  128-moddalarida  unga 
o‘zgartishlar kiritish tartibi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga  o‘zgartirishlar  tegishincha  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisining  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  va  Senati  a‘zolari  umumiy  sonining 
kamida  uchdan  ikki  qismidan  iborat  ko‘pchiligi  tomonidan  qabul  qilingan  qonun 
yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.  
 O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tegishli  taklif  kiritilgandan  keyin  olti  oy 
mobaynida  Konstitutsiyaga  o‘zgartirishlar  hamda  tuzatishlar  kiritish  to‘g‘risida 
keng  va  har  taraflama  muhokamani  hisobga  olgan  holda  qonun  qabul  qilishi 
mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni 
rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin. 
 
 
 

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish