Agar uni sodir etgan shaxs o‘z xatti-xarakatining yoki xarakatsizligining
g‘ayriqonuniy ekanligini tushungan, uning oqibatlarining zararli ekanligini
oldindan ko‘rgan va uning sodir bo‘lishini xohlagan yoki bilib turib bunga yo‘l
qo‘ygan hollar qasddan qilingan ma‘muriy huquqbuzarlik deb tan olinadi.
Agar uni sodir etgan shaxs ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan bo‘lsa, o‘z
xatti-harakatining yoki harakatsizligining zararli oqibatlar keltirib chiqarishi
mumkinligini bilgan bo‘lsa, lekin uning oldini olishga yengiltaklik bilan qaragan
bo‘lsa yoxud uning shunday oqibatlarni keltirib chiqarishini bilsa ham uning
shunday oqibatlarni keltirib chiqarish mumkinligini ko‘rmay qolsa, ma‘muriy
huquq buzilishlar sodir etilgan deb tan olinadi.
Respublikaning 16 yoshga to‘lgan fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar va diplomatik immunitetga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar ma‘muriy
huquq buzilishlarning sub‘ektlari bo‘lishlari mumkin. SHunday huquq buzishlar
bo‘ladiki, faqat 18 yoshga to‘lgandagina javobgar bo‘lishi mumkin.
Ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan
shaxslarga voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risida
nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Ma‘muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma‘muriy
huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish
ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham,
boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini
olish maqsadida ko‘llaniladi.
Ma‟muriy jazoning turlari qo‟yidagilardan iborat:
1) jarima;
2) ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yeki bevosita
shunday narsa bo‘lgan asheni hakini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma‘muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yeki bevosita
shunday narsa bo‘lgan asheni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini
boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan)
mahrum etish;
5) ma‘muriy qamoqqa olish qonun hujjatlarida ma‘muriy huquqbuzarlik
sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni
O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma‘muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda
tutilishi mumkin.
Ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga
pul undirish jarimadir.
Jarimaning miqdori ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi,
davom etaetgan ma‘muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik
aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish xaqidan kelib chiqqan
holda belgilanadi.