Vorislik huquqi deyilganda vafot etgan fuqaroning mol-mulki uning
merosxo‘rlariga o‘tishi tushuniladi. Vorislik huquqi fuqarolar vafot etganidan
keyin ularning mulkiy va ayrim nomulkiy huquqlari va majburiyatlarining
boshqa shaxslarga o‘tishi natijasida kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga
soladi.
Fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulkiga taaluqli bo‘lgan mol-mulk
meros qilib olish ob‘ekti hisoblanadi. Bular fuqarolarning mehnat daromadlari
va jamg‘armalari, uy-joy, xonadon, uydagi yordamchi xo‘jalik, uy-ro‘zg‘or
buyumlari va ashyolari, shaxsiy ista‘mol buyumlari va jihozlardir.
Vafot etgan kishining xususiy mulk huquqi, ayrim majburiyat huquqlari
(jamg‘arma bankida omonatni talab qilib olish, sug‘urta puli, qalam haqi olish
huquqi), shuningdek mualliflik huquqi, ixtiro qilish huquqlari meros bo‘lib
o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |