2) Tekislikda joylashgan ixtiyoriy kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun, tekislikda joylashgan ixtiyoriy ikkita nuqtaga nisbatan kuchlar sistemasining momentlarini yig‘indisi nolga teng bo‘lishi va shu ikkita nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lmagan ixtiyoriy o‘qqa proeksiyasi nolga ten bo‘lishi zarur va etarli. Bu holda ham kuchlar sistemasini bir nuqtaga keltirish mavzusidan ma’lumki, bosh moment nolga teng bo‘ladi va kuchlar sistemasi bosh vektorga ekvivalent bo‘ladi. Uning yo‘nalishi esa albatta ikkita nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalishi lozim. Ammo buning iloji yo‘q, chunki bosh vektorni ikkita nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lmagan o‘qqa proeksiyasi nolga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |