Navro'z-umumxalq bayrami



Download 94.96 Kb.
Sana26.02.2017
Hajmi94.96 Kb.
Navro'z-umumxalq bayrami.

Prezident Islom Karimov ta`kidlagandek,"Navro`z hayot abadiyligining,tabiatning ustuvar qudrati va cheksiz saxovatining, shu bilan birga necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf-odatlarimiz mangulik ifodasi, tastig`idir. Navro`z-yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishi bilan bog`liq yangi kunning boshlanishidir."Navro`z"fors so`zi bo`lib,"yangi kun" degan ma`noni anglatadi. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, ya`ni Navro'z bayrami sifatida Sharq halqlari tomonidan keng nishonlanadiU dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday tariflaydi:

Navro'z juda qadimiy bayramdir.Uning qadimiy va navqiron ayyom ekanliginibuyuk mutafakkir allomalarimiz o'z asarlarida asoslab berganlar. Darhaqiqat , Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar", Umar Hayyomning "Navro'znoma", Abulqosim Firdavsiyning "SHohnoma" Xo'ja Ali Termiziyning "Navro'znoma", Alisher Navoiyning "Saddiy Iskandariy" asarlari Navro'z va uning paydo bo'lishi tarixi, u bilan bog'liqurf-odatlar, rasm-rusmlar haqida muhim ma'lumotlarniberuvchi qimmatli manbalardir.

Mutafakkirlar nazdida Novro`z bayramining



  • Navro'z mexnat bayramidir. Bu kun dexqon yer chopib,ekin ekib,dehqonchilik faoliyatini boshlaydi.
    Navro' mexr-oqibat,insonparvarlik bayramidir. Bu kun marxumlarning qabrlari ziyorat qilinadi,keksa,nogiro,yolg'iz qariyalar,ota-onalar yo;qlanadi,bayram dasturxoni yozolib,mexmon kutiladi,kishilar bir-birlariga sovg'a-salomlar ulashib,shirinliklar

  • Taqvimga ko'ra mart,aprel va may bahor oylari hisoblanadi, aslida esa respublikamizda bahor fevral oyidan boshlanadi. Bahorda ob-havo tez-tez o'zgarib turadi, kunlar isib ketadi. Bu hol o'simliklarning tez avj olishiga va hayvonotm dunyosining jonlanishiga imkon beradi.
    21 - martda kun bilan tun teng bo'ladi. Shu kuni qadimdan sharqda, jumladan O'zbekistonda "Navro'z" bayrami nishonlanadi.
    Bahor oylarida bazan sovuq tushib, havo harorati 00 danpasayishi hollari uchraydi. Bunday sovuqlar bog'dorchilikka

  • 2006 yilning 20 martida «Navro‘z» bayramini o‘tkazish yuzasidan agentlikda tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu Markaziy Osiyoning sevimli va sharafli bayrami qishning tugashini va yangi bahor ayomini kelishini anglatadi. Qadimgi urf-odatlarga ko‘ra maxsus taomlar tayyorlandi: jumladan o‘stirilgan bug‘doydan tayyorlangan «Sumalak», yangi o‘sib chiqqan foydali o‘tlardan tayyorlangan «ko‘k somsa» lar tuzilgan tadbir bayrami dasturxoniga tortildi. Bayram tadbirida agentlikning xodimlaridan tashqari hurmatli mehmonlar sifatida «O‘zstandart» tizimida ishlab ketgan faxriy va nafaqaxo‘r mehmonlar hamda mahalla vakillari ishtirok etishdilar. Kutilmaganda boshlagan yomg‘ir xursandchilik bilan o‘tayotgan bayram kayfiyatini tadbir qatnashchilaridan tark etishiga yo‘l qo‘ya olmadi.

Navro'z (forscha نوروز o`zb. "Yangi kun") - bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. "Navro'z" so'zi forschadan tarjima qilinganda, "yangi kun" ma'nosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navro'z 21-mart kuni, Qozog'istonda esa, 22-martda nishonlanadi.

 O'zbekistonda nishonlanishi

 O'zbekistonda navro'z 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.

 Navro'z — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg'onishi bilan bog'liq yangi kunning boshlanishidir. 21 mart kecha va kun-duz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navro'z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.

 Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navro'z kunlari qishki manzillari — qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari -yozloqlarga ko'chib o'tishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qo'sh solishgan. Jamoa-jamoa bo'lib, hasharlar uyushtirishgan. O'tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda me'vali, manzarali daraxtlar o'tqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navro'z — yangi yil, yangi hayot qaynagan.

 

Ajdodlarimiz Navro'z bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navro'z taomlari ham o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayerlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayramida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar. Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq, tosho'yin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, bo'y qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan.



http://www.hidoyat.com/rsm/samanu-24-new-eat.jpg

 

Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli o'yinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Ko'pkari-uloq, kurash o'yinlari, hayvon va parrandalar (xo'roz, it, qo'chqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, turli xil xalq tomoshalari o'tkazilgan.



 

Navro'z - mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolg'iz qariyalar, ota-onalar yo'qlanadi. Kishilar bir-birlariga sovg'a-salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi.



 

Navro'z — muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navro'z munosabati bilan nikoh to'ylari o'tkazilgan. Yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qo'lidan choy ichish maqsadida “kelin ko'rdi”ga borilgan.



 

Navro'z — do'stlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millati, dini, e'tiqodidan qati nazar, barcha bayram qiladi. Navro'z bayrami O'zbekistonda dam olish kuni, rasmiy bayram kuni deb qabl qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantali tarzda kutib olishadi
Каталог: attachments -> article -> 1155
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish
1155 -> Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni O’tkazgichning qarshiligi va uning haroratga bog’liqligi


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa