Yo’q yodida, g’ayri Layli oti. Tasavvufda bu holat “tafrid” (yolg’izlanish) deb atadi. Oshiq shunday bir hol martabasini egallaydiki, yaqinlaridan, umuman insonlardan bezor bo’ladi; yakkalikni, yolg’izlikni qo’msaydi. Yolg’izlanish dilning Haqqa yuzlanishi uchun imkon yaratadi.Qaysning otasi o’g’lining dardiga shifo bo’ladi degan umidda haj munosabati bilan Ka’ba ziyoratiga olib boradi. Qarindoshlar Qays Ka’bani tavof etsa, ahvoli yaxshilanadi deb umid qiladilar. Lekin Majnun Allohga munojot qilib, Layli ishqini ko’ngliga mustahkamroq jo etishini so’raydi. Mazkur lavha dostonning eng ta’sirchan o’rinlaridan biri bo’lib, qirq uch baytdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |