"LAYLI VA MAJNUN" DOSTONINING SO‘NGGI BOBLARI SHARHI
“Layli va Majnun Dostonning so‘ nggi bobi “ dard navhasi” (yig‘isi)ning yakuni haqida bo‘lib, shoir bunda dostonni tugallagani uchun Allohga shukrona keltiradi. Navoiyning doston mohiyati haqida aytgan eng muhim fikrlari aynan shu bobda tajassum topgan:
So'gin nechakim uzottim oxir,
Y ig ‘lay-yig‘lay tugattim oxir...
Y ozm oqta bu ishqi jovidona,
M aqsudum emas edi fasona.
M a z m u n ig 'a bo'ldi ruh mayli,
A fso n a edi aning tufayli...
M e n turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
K im , shuhrati chun jahong'a to‘lg‘ay,
Turk eliga dog'i bahra bo‘lg‘ay..
“Layli va Majnun” dostonidan kelib chiqadigan xulosa shuki, bu dunyoda yashovchi har bir inson oshiqlik yo‘lini tutib, o‘ zini o ‘ limga emas, balki vasl mayini ichishga tayyorlashi kerak, zero, bu dunyoning birdan-bir mazmuni ham shu. Ruhi mutlaqni tasawur qilishda inson aqli va ongi ojizlik qiladi, shu sababli Navoiy uni mazhar - Layli timsolida yaratadi. Dostonda har bir timsol yuksak mahorat bilan ishlangan bo‘ lib, Navoiy har bir obrazga, har bir detalga muayyan badiiy ijtimoiy “vazifa” yuklaganligini ко‘ rish mumkin.
Dostonning badiiy jihatdan yuksak chiqishini ta’ minlagan vositalardan yana biri unda tabiat tasvirining alohida o‘ rin egallashidir. Navoiy tabiat fasllaridan umumiy ramziy fon sifatida foydalanib, ulardagi o ‘ zgarishlarni qahramonlar kayfiyati va ruhiyatiga hamohang tarzda tasvirlaydi. Qahramonlar shodlangan paytda, ularni o‘ rab turgan tabiat ham yashnab turadi, ular qayg‘ uga tushganda go‘yo borliq ham xo‘ rsinib nafas olayotgandek bo'ladi.
Masalan, Majnun gulshanda hushsiz yotgan paytda butun tabiat uning boshiga tushgan og‘ ir savdoga “ hamdarlik bildiradi” : gul o‘ z yoqasini chok etadi, lola ko‘ ksiga qora dog‘ soladi, sunbul o ‘ z qiyofasini qora rangga bo‘yaydi va boshqalar. Doston voqealarining bahor faslida boshlanib, kuz faslida yakunlanishida ham muayyan ramziy ifoda bor. Doston hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi maqbuzimahzuf(ruknlari va taqti’i: maf’ulu mafoilun fa u v lun , ---- v| V - V - | V ---- ) vaznida yozilgan.
Dostonda mazkur vazn bilan birga qo‘shimcha tarzda hazaji musaddasi axrami ashtarim ahzuf(ruknlari va taqti’i: maf’ulun foilun fauvlun, ------- | -V - | V — ) vaznining ham qo‘ llanilganligini kuzatish mumkin. Bu holat tasodifiy bo‘ lmay, doston mazmuni va g ‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq. Dostondagi 3623 baytdan 240 misra aynan mana shu o ‘ lchovda yaratilgan bo‘ lib, dostondagi ziddiyatli voqealar, asar qahramonlarining chuqur ruhiy iztiroblari tasviri, qahramonlar ruhiyatining tabiat tasviri bilan bog'liq bayoni, qahramonlar hayrati aks etgan misralar - lirik chekinish paytida mazkur vaznga murojaat qilinganligini ko'rish mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |