Bu o’ziga xos “munojotnoma”da yigirma to’rt o’rinda “ishq” so’zidan foydalanilgan. Bu tasodifiy emas, albatta. Navoiy ushbu so’zni turli poetik unsurlar va ritmik vositalar bilan uyg’unlikda qo’llab, ritmik ohangning turli-tuman jilvalanishlariga erishadi.Dastlab ishq o’ti bilan jahonni yondirgan “hakimi dono”ga sokin murojaat bilan boshlangan mazkur munojot asta-sekin tantanavor ohang kasb eta boradi va bunda “ishq” so’zining ritmik zarb (mantiqiy urg’u asosiga qurilgan, ijodkor aytmoqchi bo’lgan fikr yoki ifodalamoqchi bo’lgan kuchli his-tuyg’uni o’zida aks ettiruvchi ritmik birlik) darajasiga ko’tarilganligi muhim omil bo’lib xizmat qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |