Geosinklinal - tektonika va umuman geologiyaning asosiy tushunchalaridan biri. Olimlarning
qayd qilishicha, geosinklinal turlari ko’p va xilma-xildir: Parageosinklinal, ortoyegsinklinal,
evgeosinklinal, miogeosinklinal, va xakozolar. Xozirgi vaqtda geosinklinal tushunchasining
umumiy, ko’pchilik tadqiqotchilar qabul qilgan yoki tan olgan ta'rifi yuq. Geosinklinal-yer
po’stining eng xarakatchan, yoriqlarga boy, yotqiziqlar katta qalinlikka (15-20 km) ega bo’lgan
qismi. Geosinklinalning asosiy xususiyatlaridan biri-uning rivoj-lanishida turli bosqichlarning
mavjudligi. Geosinklinal dastlabki bosqichida keng, chuqur dengiz xavzalarida shakllanadi,
ularning ichida ayrim ko’tarilmalar, urtaliq massiv va suv osti bazalt vulkanlari paydo bo’ladi. O’rta
bosqichda qayt qilingan xavzalar o’rnini ko’tarilmalar egallaydi. Geosinklinal bosqichining so’ngi
bosqichida esa umumiy ko’tarilish sodir bo’ladi, ko’pchilik bukilmalar tutashadi. Ushbu jarayonlar
natijasida ular burmali tog’ inshoatlariga aylanadi. Keyingi yillarda litosfera plitalarining
tektonikasi goyasining rivojlanishi munosabati bilan geosinklinalga yangicha ta'rif berilmoqda.
Ushbu goyaga asosan geo-sinklinal litosfera plitalarining o’zaro to’qnashgan joyi bo’lib, u yerda
geosinklinal jarayoni kechadi. Bu jarayon surilayotgan okean plitasining suvsizlanishi va qayta
erishi xisobiga xamda magmatik qayta o’zgarish, metamorfizm va to’qnashayotgan plitalar old
qismlarining shakl o’zgartirishi evaziga kontinental yer po’stining paydo bo’lishida ifodalanadi.
Zilzila. Yer po’stining silkinishi zilzila deyiladi. Yer yuzasini yemiruvchi, buzuvchi
zilzilalarning 68% ga yaqini Pireneyya, Alp, Apennin, Karpat, Bolqon, Kavkaz tog’lariga va O’rta
Osiyoning tog’ tizmalariga, ximolay tog’lariga, qolgan 28% i tinch okean xalqasiga to’g’ri keladi.
Bular seysmik rayonlardir. Zilzila xodisalarini o’rganuvchi fan syeysmologiya deb ataladi. Zilzila
yer qobig’ining ichki qismidagi massalarning juda kuchli xarakatga kelishidan paydo bo’ladi va
zilzila to’lqinlari markazdan atrofga qarab tarqaladi. Yer sirtining tebranishi, unga ichki
qatlamlardan o’tib keluvchi egiluvchan to’lqining o’rilishidan kelib chiqadi. Agar to’lqin tikka
urilsa, ya'ni zilzila yer sirti bilan tug’ri yoki qiyaroq burchak hosil qilsa, yer ustidagi narsalar
yuqoriga ko’tarilib, pastga tushadi. Agar to’lqin qiya urilsa, yer ustidagi narsalar gorizontal
xarakatlanadi, ba'zan ular qayiqqa o’xshab tebranadi. Zilzila vaqtida ba'zi to’lqin zarbalarini kishilar
sezmaydi, faqat maxsus asbobgina sezadi, bunday kuchsiz zilzila xarakati mikrosyeysma,
asboblarsiz seziladigan zilzila makroseysma deyiladi.
Zilzila to’lqinlarini xisobga oluvchi asboblar o’rnatilgan 500 ga yaqin stantsiya yer sharida xar
yili 9000 tagacha zilzilani, ya'ni soatiga bir marta zilzila bo’lishini xisobga oladi. Yerning ichidagi
zilzila boshlangan markaz - gipotsyentr, uning yer yuziga tikka chiqqan joyi - fokusi - epitsyentr
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |