Faollashgan platforma - tezligi va qarama-qarshiligi jixatidan burmalanish o’lka
xarakatlariga tug’ri keladigan jadal tektonik xarakatlar natijasida qayta jonlangan platforma yoki
uning bir qismi. Turg’un yoki nisbatan tekislashgan platforma qurilmalarining o’rnida burmali tog’
inshootlari shakllanadi. Faollashgan platformalar uchun tog’ara cho’kma va bukilmalar orqali
ajralib turgan juda baland palaxsa tog’ va tog’ tizimlari ayniqsa xosdir. Cho’kindi qoplam jinslari va
tog’ara cho’kma molassasining burmalanishi sust va o’rtacha bo’lib, faqat yoriqlar bo’ylab
kuchliroqdir. Ko’tarilma va cho’kmalar o’zaro uzilma xilidagi yoriqlar orqali bir-biridan ajragan
o’lkalarning chet qismlari bo’ylab uzilmalar avj olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |