Navoiy lison-ut tayr. Rajabova H


Ne hayo fahm o`ldi sendin, ne adab



Download 104,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi104,47 Kb.
#207337
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
navoiyning lison-ut tayr dostonida hikoyat va masallar

Ne hayo fahm o`ldi sendin, ne adab

Sen ajab, degan so`zung sendan ajab.   

 

Bulardan  tashqari  dostonda  klassik  she`riyatda  keng  qo`llanilgan  tarse`, 



talmeh,  lutf,  husni  ta`lil,  ruju`,  iyhom,  irsoli  masal,  tamsil,  istiora,  tanosib  va 

boshqa poetik san`atlar asosida yaratilgan baytlar  ham uchrab turadi. 

Alisher  Navoiy  yirik  so`z  ustasi  sifatida  bir  necha  san`atni  o`zida 

mujassamlashtirgan baytlar ham ijod qilgan. Quyidagi misolga  diqqat qilaylik: 

Har biriga zot edi oti kibi, 

Ul sifatkim ot edi zoti kibi. 

«Muqbil  va  Mudbir»  hikoyasidan  olingan  ushbu  bayt  birinchi    qarashda 

juda  oddiy,  sodda  bo`lib  ko`rinadi.  Ammo  ana  shu  «oddiy»  baytda  bir  necha 

san`at mohirona qo`llangan. Ular irsoli masal (ismi jismiga mos qabilidagi xalq 

iborasining  «zot  edi  oti  kibi»  poetik  varianti),  tashbeh  (Muqbil  va  Mudbir 

ismlari jismlariga monand), mutanosib (har ikkisining oti zotiga munosib), tazod 

(bu  sifatlar  bir-biriga  teskari)  tardi  aks  (misralardagi  so`zlar  o`zaro  o`rin 

almashib qofiyalangan) va nihoyat zulqofiyatayn (qo`sh qofiya yaratilgan) kabi 

san`atlardir.  Bir baytda  shuncha san`atni mohirlik bilan  qo`llash  Navoiy  badiiy 

mahoratining  o`ziga  xos  tomonlaridan  biridir.  Binobarin  Alisher  Navoiy  bir 

baytning  o`zida  olamjahon  ma`nolarni  go`zal  badiiy  shaklda  ifodalay  olgan 

mislsiz nuqtadon shoir hamdir. 



 

 

23



UMUMIY  XULOSALAR 

Alisher Navoiy jahon adabiyoti tarixida asarlari chuqur  donishmandlik va 

ijtimoiy-falsafiy  mazmun  bilan  sug`orilgan  buyuk  so`z  san`atkorlaridan  biri 

sanaladi.  Mutafakkir shoirning hayot va Inson haqidagi qarashlari asosan badiiy 

ijodiyotida  murakkab  allegoriyalar,  simvollar,  muayyan  nazariy  tushunchalarni 

ifodalovchi obraz-istilohlar vositasida yuksak darajadagi shoirona til bilan ifoda 

etilgan.  Bu  sohada  ayniqsa  uning  «Lison  ut-tayr»  dostoni  o`ziga  xos  alohida 

o`rin  egallaydi.  Navoiy  bu  dostonni  yozishda  Yaqin  va  O`rta  Sharq  xalqlari 

adabiyoti tarixida keng qo`llanib kelingan  qush tili bilan asar yozish an`anasiga  

murojaat  qiladi  va  bu  borada  katta  mahorat  ko`rsatib,  shu  tipdagi  asarlarning 

g`oyaviy-badiiy yuksak namunalaridan birini yaratadi. 

Majoziy usul orqali, xususan, qush tili vositasida badiiy asar yozish Sharq 

xalqlari  adabiyotida  qadimiy  va  murakkab  tarixga  ega  bo`lib,  bu  xildagi 

asarlarning  dastlabki namunalarini xalq og`zaki ijodida uchratish mumkin. 

O`rta osiyolik qomusiy olim Abu Ali ibn Sino qalamiga mansub «Risolat 

ut-tayr»  asari  yozma  adabiyotda    qush  tili  vositasida  yozilgan  falsafiy 

asarlarning ilk namunasi hisoblanadi. Mazkur asarning maydonga kelishi Sharq 

xalqlari  badiiy  tafakkuri  taraqqiyotida  chuqur  iz  qoldirib,  ularda  yangi  bir 

an`anani-qush tili orqali falsafiy asar yozish an`anasini boshlab berdi. 

Bu  usuldan  foydalanib  yozilgan  asarlarni  tadqiq  etish  ularda  asar 

yaratilgan  davrlarning  aktual  falsafiy  va  ijtimoiy-siyosiy  masalalari  hamda  bu 

sohadagi o`zaro ideologik kurashlar o`ziga xos badiiy shaklda ifoda etilganligini 

ko`rsatadi.  Jumladan,  Ibn  Sino  risolasida  muallifning  islom  aqidalariga  zid 

keluvchi  ruh  va  moddaning  o`zaro  aloqadorligi  haqidagi  qarashlari  majoziy 

tarzda  o`rtaga  tashlangan  va  o`sha  davr  nuqtai  nazaridan  ijobiy  hal  etilgan. 

Muhammad G`azzoliyning «Risolat ut-tayr» asari esa o`z g`oyaviy  mazmuniga 

ko`ra  Ibn  Sino  risolasiga  raddiya  sifatida  maydonga  kelib,  unda  muallifning  

so`fizmni islom mafkurasi bilan moslashtirish kabi tarixiy ko`z qarashi o`zining 

badiiy in`ikosini topgan. 



 

 

24



Bu tipdagi asarlarni syujet tadriji nuqtai nazaridan o`rganish, birinchidan, 

an`anaviy syujetli, umumiylikdan konkretlikka qarab rivojlanganligini ko`rsatsa, 

ikkinchidan,  syujetning    obrazlar  sistemasi    g`oyaviy-mazmun  talabiga  mos 

holda yangilanib va takomillashib borganligini tasdiq etadi. Qushlarning ramziy 

sarguzashtlarini    tasvirlovchi  majoziy  qissa  turli  dunyoqarashdagi  mualliflar 

uchun  ularning  ijtimoiy-falsafiy  masalalarga  oid  qarashlarini  ifoda  et`uvchi 

o`ziga  xos    badiiy  vosita  bo`lganligi  tufayli  syujet  va  obrazlar  talqini  ham  ana 

shunga muvofiq tarzda o`zgargan va rivojlantirilgan. Ibn Sino, G`azzoliy, Attor, 

Gulshahriy va Navoiy asarlaridagi syujet izohlanadi. 

Navoiyning  «Lison  ut-tayr»  dostoni  genezis  jihatdan  yuqoridagi  asarlar 

bilan  bevosita  (Attor  «Mantiq  ut-tayr»i)  va  bilvosita  (Attor  dostoni  orqali 

Gulshahriy, G`azzoliy va Ibn Sino asarlari) aloqaga kirishadi. 

Alisher Navoiy tomonidan jasorat bilan ilgari surilgan ushbu g`oyalar real 

ijtimoiy-tarixiy zaminga ega bo`lib, XV  asr O`rta Osiyo Uyg`onish davri bilan 

uzviy  bog`liq  holda  jamiyat  va  inson  tafakkuridagi  ma`naviy  o`zgarishlarni 

badiiy  shaklda  o`zida  mujassam  ettiradi.  Binobarin,  Navoiy  an`anaviy  qissaga 

real hayot talablari asosida  yondashib, uni o`z dunyoqarashiga mos holda talqin 

etgan,  undan  o`zining  ilg`or  g`oyalarini  ifoda  etish  uchun  o`ziga  xos  badiiy  

vosita «libosi mavzun» sifatida  foydalangan. Bu esa shoir tomonidan an`anaviy 

syujetning falsafiy mohiyati yuksak badiiy   mahorat bilan butunlay o`zgartirilib, 

yangicha,  navoiyona  talqin  etilganligi,  unga  chuqur  zamonaviylik  va  ijtimoiy 

ruh baxsh etilganligini tasdiq etadi. 

Navoiy  mazkur  mavzuning  g`oyaviy-tematik  diapazoni  va  obrazlar 

sistemasini  kengaytirib,  uning  doirasiga    o`z  zamonasining  muammoli  

masalalarini  olib  kirdi,  davrning    ma`naviy-axloqiy  qiyofasini  badiiy 

gavdalantiruvchi  obrazlarning  butun  bir  tizimini  yaratdi.  Bu  borada  ayniqsa 

qoliplovchi  qissaga  illyustratsiya  sifatida  keltirilgan  hikoyalar  alohida 

ahamiyatga  ega.  Ularning    ko`pchilik  katta  qismida  tasvirlangan  voqelik 




 

 

25



bevosita  shoir  yashagan  jamiyat  hayotidan  olingan  bo`lib,  ijtimoiy  muhit  va 

inson ma`naviy dunyosiga oid muhim problemalarni qamrab olgan. 

Doston  tarkibidagi  hikoyatlar  o`zlarining  badiiy  mazmunini  ixcham 

tasvirlash  manerasi,  satirasi  tig`ining  beomonligi,  nozik  yumori,  realistik 

elementlarga boyligi hamda o`zbek adabiyoti tarixida yangi hodisa hisoblangan 

bir  qator  tragikomik  obrazlar  mavjudligi  bilan  ham  diqqatni  jalb  etadi.  Bu 

xususiyatlari  bilan  ular  shoirning  hikoyanavislik  faoliyatidagi  yangi  sifat 

o`zgarishlarini o`zida mujassam ettirib, bu sohadagi Navoiy ijodining eng yuqori 

cho`qqisini  tashkil  etadi.  Ular  o`zbek  klassik  adabiyotida  realizmning 

shakllanishi va qaror topishida juda katta rol` o`ynaydi. 

«Lison  ut-tayr»  shoirning  boshqa  asarlari  kabi  o`zbek    adabiyotining 

keyingi    davrlardagi  tarqqiyotiga  samarali  ta`sir  ko`rsatdi.    Bu  ta`sir  asarning 

ilg`or g`oyaviy mazmuni, unda umumbashariy  g`oyalarning hayratomuz badiiy 

mahorat  bilan  ifoda    etilganligi  kabi  omillar    bilan  bog`liq  holda  namoyon 

bo`ladi.  Ayniqsa,  dostondagi  qush  tili  orqali  davrning  muhim  ijtimoiy-falsafiy 

problemalarini  yoritish,  jamiyat  va  inson  axloqidagi  turli  illatlarni  targ`ib  etish 

an`analari,  shuningdek,  axloqiy-ta`limiy    xarakterdagi  go`zal  satirik  va 

yumoristik  hikoyatlar  yaratish  tajribasi  qator  mualliflar  tomonidan  ijobiy  qabul 

etildi  va  har  tomonlama  rivojlantirildi.  O`zbek  adabiyotining  XVII-XIX  

asrlarda    yashab  ijod  etgan  Salohiy  («Bulbul  va  Gul»),  Nishotiy  («Qushlar 

munozarasi»),  («Husn  va  Dil»),  Gulxaniy  («Zarbulmasal»),  Umidiy  («Qushlar 

munozarasi»)  shuningdek,    Maxmur,  Muqimiy,  Zavqiy    va  boshqa  iste`dodli 

vakillari  mazkur    asar  va  undagi  hikoyatlardan  ta`sirlangan  holda  badiiy  

ijodning    yangidan-yangi  namunalarini  yaratdilar.  Bu  asarlarda  Navoiy 

dostonidagi  barhayot  an`analar  yangi  davr  talablariga  mos  ravishda  davom 

ettirildi. 

Shunday  qilib,  Alisher  Navoiyning  epik  poeziyadagi  so`nggi  yirik  asari 

hisoblangan  «Lison  ut-tayr»  dostoni  o`zining  ilg`or  g`oyaviy  mazmuni,  janriy, 

xususiyatlari,  obrazlar  sistemasi,  badiiy  barkamolligi  va  boshqa  jihatlari  bilan 



 

 

26



faqat  shoir  ijodida  emas,  balki  o`zbek  adabiyoti  tarixida  ham  juda  katta  voqea 

bo`ldi.  U  jahon  klassik  adabiyotida  allegorik-falsafiy  doston  janrida  yozilgan 

o`lmas asarlar qatorida badiiy kashfiyotning porloq timsoli bo`lib qoldi. 

  

 



 


 

 

27




Download 104,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish