Navoiy lison-ut tayr. Rajabova H


Doston tarkibidagi hikoyat va masallar



Download 104,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi104,47 Kb.
#207337
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
navoiyning lison-ut tayr dostonida hikoyat va masallar

Doston tarkibidagi hikoyat va masallar 

 

«Lison  ut-tayr»  hikoya  ichida  hikoya  usulida  yozilgan    bo`lib,    asar 



kompozitsiyasi qoliplovchi qissadan tashqari o`nlab hikoyatlarni ham o`z ichiga 

oladi. Dostonda 65 ta hikoyat mavjud. Ularning jami bayt miqdori (1800 baytga 

yaqin) asar umumiy  hajmi (3598 bayt) ning teng yarmini tashkil etadi. Mazkur 

asarlar dostondagi  ayrim epizod, mulohaza yoki nazariy tezislarga illyustratsiya 

sifatida, ularda ilgari surilgan mazmun va g`oyani chuqurroq ochish uchun misol 



 

 

16



tariqasida  keltirilgan.  Binobarin,  ular  asar  kompozitsiyasi,  syujeti  va    g`oyaviy 

mazmunida  o`zining  muayyan  funktsiyasiga  ega.  Lekin,  shu  bilan  birga,  ular 

mustaqil syujet,  kompozitsiya  va g`oyaga  ega  bo`lgan asarlar ham  hisoblanadi. 

Shu  jihatdan    ularni  alohida  mustaqil  asarlar  sifatida  tekshirish  maqsadga 

muvofiqdir. 

 

Dostonga  kirgan  hikoyatlarni  tematika  jihatidan  quyidagi  guruhlarga 



ajratish mumkin: 

1.

 



Ijtimoiy-siyosiy va falsafiy  mazmundagi hikoyatlar. 

2.

 



Din  va  tasavvuf  vakillari,  ularning  ba`zi  muhim  qarashlariga  oid 

hikoyatlar. 

3.

 

Axloqiy-ta`limiy hikoyatlar. 



4.

 

Ishq-muhabbat mavzuidagi hikoyatlar. 



Ammo  barcha  tasniflar  singari  bu  klassifikatsiya  ham  shartlidir.  Chunki 

hikoyatlarning  ayrimlari  o`zida  boshqa  guruhlarga  oid  xususiyatlarni  ham 

mujassam etishi tabiiy bir hol hisoblanadi. Masalan, axloqiy-ta`limiy yoki sevgi 

mavzuidagi  hikoyatlarning  ayrimlarida  muhim  ijtimoiy  va  falsafiy  fikrlar ilgari 

surilgan  bo`lishi  mumkin.  Shunga  qaramay,  ma`lum  izchillikka  ega  bo`lish 

uchun yuqoridagi tasnifni qulay deb topdik. 

Ushbu  asardan  kelib  chiqadigan  xulosa  shundan  iboratki,  shamning 

nimaligini bilmoqchi bo`lgan parvonalar u bilan qo`shilib yonib, o`z muddasiga 

erishgani  kabi  inson  ham  fano  o`tida  kuymasdan  turib,  haqiqatning  asl 

mohiyatiga erisha olmaydi. 

Doston  islom  dini  va  tasavvufning  ayrim  namoyandalari  hayoti  hamda  

ularning  muhim  qarashlari  haqidagi  hikoyatlar  ham  katta  o`rin tutadi.  Ularning 

ba`zilari Odam Ato, Azozil, Azroil, Sulaymon payg`ambar va shunga o`xshash 

diniy-afsonaviy  qahramonlar  haqidagi  traditsion  rivoyatlar  bo`lsa,  ayrimlari 

islom  dini  asoschisi  Muhammad  payg`ambar  va  uning  chahoryorlari  Abubakr, 

Umar, Usmon va Ali, shuningdek, so`fizmning yirik vakillari  bo`lgan Boyazid 

Bistomiy,  Mansur  Xalloj,  Ibrohim  Adham,  Abu  Bakr  Nishopuriy,  Abul  Abbos 



 

 

17



Qassob, Bahouddin Naqshband kabilarning yarim afsonaviy  hayotiga oid ayrim 

lavhalar, ular tomonidan aytilgan ba`zi fikrlarni qayd etishga bag`ishlangan. Bu 

hikoyatlarga  asos  bo`lgan  materiallar  turli  diniy  adabiyotlarda,  jumladan, 

Qur`on,  hadis,  tafsirlar  hamda  yirik  so`fiy  shayxlar  ijodiy  biografiyasiga  oid 

«Tazkiratul-avliyo»  (Attor),  «Nafahot  ul-uns»  (Jomiy)  va  boshqa  asarlar 

tarkibida  mavjud.  Shuningdek,  Navoiyning  «Nasoyim  ul-muhabbat»  asarida 

ham  bu  sohada  juda  katta  material  to`plangan  bo`lib,  u  dostondagi  ba`zi 

hikoyatlarning  yaratilishida manba rolini o`tagan. 

Ko`rinib  turibdiki,  bu  asar  avvalgi  hikoyat  bilan  ba`zi  umumiy 

xususiyatlarga  ega  bo`lsa-da,  o`ziga  xos  original      mazmunga  ega.  Undagi 

qahramonlar    talqini  ham  o`zgacha.  Agar  «Sab`ai  sayyor»  dagi  Muqbil  va 

Mudbir  o`z  boshidan  g`aroyib  sehrli-fantastik  sarguzashtlarni  kechirib,  xalq 

og`zaki  ijodidagi  ertak  va  doston  qahramonlariga  yaqin  tursa,  «Lison  ut-

tayr»dagi hikoyada esa ular endi real hayot odami sifatida harakat qiladi. Unda 

Navoiy  o`zi  yashagan  davrdagi  kishilar  hayotining  kichik  bir  lavhasini  chizib 

bermoqda. Asardagi  ikki yo`lovchining fe`llari to`g`ri kelmagani sababli ajralib 

ketishi,  ulardan  birining  shahardagi  faqirlar  mahallasiga  borishi  va  obro`li 

«sohib  tariq»  (so`fiy)  kishi  bo`lgani  tufayli  shoh  uni  ko`rgani  kelishi, 

ikkinchisining esa «baytullataf»ga borishi va keyingi yuz bergan voqealar o`sha 

davr hayotidan olingan. 




 

 

18




Download 104,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish