Navoiy lison-ut tayr. Rajabova H


«Lison ut-tayr» dostoni tematikasi  va obrazlar tizimi



Download 104,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi104,47 Kb.
#207337
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
navoiyning lison-ut tayr dostonida hikoyat va masallar

«Lison ut-tayr» dostoni tematikasi  va obrazlar tizimi 

 

Doston      an`anaviy  muqaddima  –  hamd  (xudoga  madhiya)  bilan 



boshlanadi. Asarni hamd bilan boshlash boshqa Sharq shoirlarida bo`lgani kabi 

Alisher  Navoiy  epik  she`riyatining  ham  an`anaviy  printsiplaridan  biri  sanaladi. 

Shoir  bu  bobda  olamning  yaratilishi,  tabiat  va  ilohiyot  o`rtasidagi  o`zaro 

aloqadorlik kabi falsafiy masalalar haqida so`z yuritadi. 

 

Navoiyning  fikricha,  yaratuvchi  koinotdan  barcha  narsa  va  hodisalarni 



o`zaro  aloqador  holda,  muayyan  maqsadlarni  ko`zda  tutib  vujudga  keltirgan. 

Shu  jihatdan  qaraganda,  tabiat  son-sanoqsiz  garmoniyalarning    bir  butun 

majmuidan  iborat  bo`lib,  undagi  ana  shu    narsa,  hodisa  va  o`zgarishlarning 

o`zaro uyg`unligi va maqsadga muvofiqligi zaminida bitta umumiy qonuniyat – 

u ham bo`lsa go`zallik qonuniyati yotadi. Bu Navoiyning olamni tushuntirishga 

doir boshqalarnikidan ajralib turuvchi o`ziga xos alohida kontseptsiyasidir. 

 

Nvaoyining  fikricha,  tabiat  olamining  bunday  go`zal  qilib  yaratilishidan 



ko`zlangan asosiy  maqsad Inson bo`lib, u er yuzidagi barcha mavjudotlar ichida 

tengi yo`q bir xilqatdir: 

 

Ofarinishdin qilib inson g`araz, 



 

Oni aylab xalq ichinda baevaz. 

 

Umuman,  olamning  bunyod  etilishidan  asosiy  maqsad  Inson  ekanligi 



haqida  kontseptsiya  Navoiyning  deyarlim  barcha  she`riy  va  nasriy  asarlarida, 

ayniqsa «Xamsa» da bo`rtib ko`zga tashlanadi. 

 

Mazkur  bobda  Navoiyning  tabiat  va  ilohiyotning  bir  butunligi  (vahdati 



vujud)  nazariyasiga  asoslangan  kontseptsiyasi  ham  o`zining  qisqacha  poetik  

ifodasini  topgan.  Shoirning  fikricha,  olamdagi  barcha  narsa,    hodisa  va 

o`zgarishlarning  ijodkori  bo`lgan  xudo  o`zi  yaratgan  narsalardan  tashqarida 

emas, balki ular bilan birga, bir butun holda mavjuddir. Shunga ko`ra ilohiyot va 

tabiatni bir-biridan ajratib qarash mumkin emas. 

 

Sun`ungg`a yuz ofarin, ey kirdikor, 



 

G`ayr yo`q sen, senki derlar oni bor. 




 

 

10



 

Borsen sen, borlig` zebandasi, 

 

Birliku jabborlig` arzandasi. 



 

Sendadur ham birliku ham borlig`. 

 

Haylig`u qodirlig`u g`affurlig`. 



 

Dostonning  ikkinchi  bobi  «Muojot  qoziyul-hojot  hazratida...»  deb 

nomlanib,  traditsion  xarakterga  ega  bo`lsa-da,  unda  shoirning  shaxsiy  hayotiga 

oid  qimmatli  materiallar  ham  mavjud.  Mazkur    bobda  shoir  o`zining  bir  qator 

gunohlarga yo`l qo`yganini aytib, buning uchun xudodan uzr so`raydi. 

 

Asarning  III-XII    boblarida  an`anaga  ko`ra  Muhammad  payg`ambar  va 



dastlabki  to`rt  xalifa  madh  etilgan.  Me`roj  voqeasiga  oid  to`rtinchi  bobning 

o`ziga  xos  tomoni  shundan  ibortki,  unda  shoir  payg`ambarning  Buroq  nomli 

afsonaviy  otda  koinot  orqali  xudo  dargohiga  ko`tarilish  jarayonini  original 

yo`sinda  tasvir  etadi.  Keyingi    boblar  payg`ambar  chahoryorlari:  Abu  Bakr, 

Umar,  Usmon  va  Ali  kabilarga  bag`ishlangan  bo`lib,  ularning  Islom  sohasida 

qilgan asosiy xizmatlari ko`rsatiladi. Har bir xalifa haqida alohida na`t va unga 

ilova sifatida bittadan hikoyat keltirilgan. 

 

Navoiy  dostonining  asosiy  qismini  boshlashdan  oldin  ustozi  Farididdin 



Attor madhiyasiga maxsus bob ajratadi va uning ijodiy faoliyatiga 

 

Har ne gardun bahr ila konida bor, 



 

Oncha yuz Attor do`konida bor 

deya  yuksak  baho  beradi.  Navoiy  Attor  ijodiyoti  o`z  mohiyatiga  ko`ra  «vahdat 

sirlari»ni  sharhlashga  bag`ishlangan  ekanini  qayd  qilish  bilan  birga,  uning 

mashhur  asarlari  sirasiga  «Musibatnoma»,  «Ilohiynoma»,  «Ushturnoma», 

«Qasida»,  «G`azal»  va  ruboiylardan  tartib  berilgan  «Devon»  va  «Tazkirat  ul-

avliyo»  kabilarni  sanab  o`tadi.  Ammo  shoir  fikricha,  mazkur    asarlarning 

barchasi Attor ijodining muhim bir tomonini tashkil etib, qanchalik katta sharaf 

va  maqtovga  sazovor  bo`lsa,  yolg`iz  «mantiq  ut-tayr»  dostonining  o`zi 

shunchalik  maqtov  va  sharafga  loyiqdir.  «lekin  Shayx  ruhiy  madadi  bilan  men 

ham  qush  tili  vositasida  asar  yozishga  kirishmoqchiman»,  der  ekan  Navoiy, 



 

 

11



Attor  dostonining  o`z  asari  yuzaga  kelishida  muhim  bir  turtki  bo`lib  xizmat 

qilganini ta`kidlaydi. 

 

Shunday  qilib,  doston  muqaddimasi  an`anaviy  xarakterga  ega  bo`lishiga 



qaramay,  ulug`  mutafakkir  shoir  qalami  ostida  o`ziga  xos  mazmun  va  badiyat 

kasb  etgan.  Unda  muallifning  yua`zi  muhim  falsafiy  qarashlari,  shaxsiy  hayoti 

va  oxirgi  dostoni  yozilishiga  doir  muxtasar  ma`lumotlar    o`z  aksini  topganki. 

Shu jihatlari bilan u katta ahamiyatga sazovordir. 

 

Dostondagi  qoliplovchi  syujetni,  u  majoziy  xususiyatga  ega  bo`lgani 



uchun,  turlicha  izohlash  mumkin.  Ammo  muhimi  shundaki,  Alisher  Navoiy   

ushbu  qissani  o`ziga  xos  yo`sinda  talqin  etgan  va  bu  talqin  qissa  so`ngida 

keltirilgan shoirning quyidagi sharhida ochiq-oydin ifoda etilgan: 

 

Munda gar yaxshi taxayyul aylasang, 



 

Yoki ish sirrin taammul aylasang. 

 

Muttasif bo`lsang sifotilloh ila. 



 

Jazm etarsen xotira ogoh ila. 

 

Kim sen-o`q sen harnekim maqsud erur. 



 

Sendin o`zga  yo`q nekim mavjud erur. 

 

Zotning ijmolig`a tafsilsen, 



 

Ham vujud ishkolig`a ta`vilsen. 

 

O`z vujudinga tafakkur aylagil, 



 

Har ne istarsen o`zungdin istagil. 

 

Turfa qushsen ravza naxlistonidin, 



 

Pok toyirsen sharaf  bo`stonidin. 

 

Lek Simurg` istagan ul jam`i  tayr, 



 

Kim suluk ichra riyozat birla  sayr, 

 

Aylabon  chun o`zni qobil qildilar, 



 

Ul talabdin vasl hosil qildilar. 

 

Senda ham bilquvva ul mavjud erur. 



 

Fe`lga kelsa davo maqsud erur. 




 

 

12



 

 

Navoiyning bu izohidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 



 

a)  olamning  bunyod  etilishidan  bosh  sabab  Inson  edi;  dunyodagi  barcha 

narsalar    u  tufayli  mavjud,  shu  sababli  Inson  ulardan  voz  kechmog`i,  yuz 

o`girmog`i kerak emas (3-bayt); 

 

b)  inson  o`z  faoliyatida  taqdirning  quli  emas,  balki  o`z  qismatining 



ijodkori  sifatida  harakat  qilmog`i  lozim;  u  o`z  hayotida  doir  hamma 

muammolarni  tashqaridan  hech  qanday  najot  kutmay  o`zi  hal  etishi  kerak  va  

bunga  qodir;  ya`ni  u  aktiv  faoliyat    ko`rsatishi,  o`z  mustaqil  irodasi  asosida  

baxt-saodati uchun kurashmog`i lozim (5-bayt); 

 

v) haqiqat  insonda bilquvva (potentsial) tarzda mavjud. Shu tufayli inson 



uni  o`zidan  tashqarida    emas,  balki  o`z  vujudidan  izlamog`i  lozim.  Bunga    u 

axloqidagi salbiy xususiyatlarni bartarf etish vositasida erishadi (6-9-baytlar).  

 

Dostondagi  majoziy  syujetdan  kelib  chiqadigan  asosiy  xulosalar  ana 



shulardan  iborat.  Ular  real    ijtimoiy-tarixiy  zaminga  ega  bo`lib,  XV    asr  O`rta 

Osiyo    Uyg`onish  davri  bilan  chambarchas  bog`liq  holda    jamiyat    va  inson 

tafakkuridagi ma`naviy o`zgarishlarni o`ziga xos badiiy shaklda aks ettiradi. 

 

Navoiy    inson  axloqidagi  «yomon»  tomonlar  deganda    nimalarni  ko`zda 



tutadi?  Buning  batafsil  javobi    qushlar  va  Hudhud  munozarasi,  ular    bilan 

Hudhud o`rtasidagi savol-javob epizodlarida berilgan. 

 

Navbatdagi  savol-javob  insof  haqida.  Bu  boradagi  Navoiyning  fikrlari 



Hudhud javobida quyidagicha ifoda etilgan: 

Odamiyg`a yaxshi ko`p avsof erur, 

Lek alarning ashrafi insof erur. 

Kimgakim insof yo`q - inson emas. 

Munsiz atvorida juz nuqson emas. 

Shoirning  fikricha,  kishining  o`z  nuqsonini  tan  olishi  kelajakda  turli 

xatolarga  yo`l  qo`ymaslik  garovi va  asl  insoniy  kamolot  belgisidir.  Navbatdagi 

yana bir savol-javob     shu masalaga bag`ishlangan: 




 

 

13



Noqis uldurkim o`zin komil degay, 

Komil ulkim nuqsin isbot aylagay. 

O`z kamolidin demas ahli kamol, 

Ahli nuqson ichradur bu qilu qol. 

Kim o`zin komil ko`rar-noqisdur ul, 

Nuqs bermaydur kamoli sori yo`l. 

Agar  dostonning  munozara  va  savol-javob  epizodlarida  asosiy  e`tibor 

axloqiy illatlarni fosh etish va insoniy fazilatlarni ulug`lashga qaratilgan bo`lsa, 

etti  voddiy  tavsifiga  bag`ishlangan  o`rinlarda  bu  masalalar    muhim  ijtimoiy-

siyosiy, falsafiy muammolari  bilan  ulanib ketadi. 

Umuman,  dostondagi  etti  vodiy  tavsifi  asarning  nihoyatda  murakkab 

o`rinlaridan  biridir.  Birinchi  qaraganda,  mazkur    tavsif  formal  jihatdan  go`yo 

tasavvufdagi    haqiqatga  olib  boruvchi  etti  bosqichli  tariqatning  majoziy 

ifodasidek  bo`lib  ko`rinadi.  Ammo  masalaga  jiddiroq  yondashilsa,  ub  o`rinda 

gap boshqa xususda ekanligi ma`lum bo`ladi. zeroki, Navoiy dostonda insondagi 

«yomon axloq»ni bartaraf qilish muammosin o`rtaga tashlar ekan, bu murakkab 

jarayonning  bir  necha  bosqichlar  orqali  ro`y  berishini  e`tirof  etadi  va  buning 

uchun  o`z  davrida  keng  tarqalgan  tasavvufdagi  tariqatni  bildiruvchi  etti  vodiy 

tavsifidan shartli ma`noda foydalanadi. 

Bu o`rinda Navoiy insonni ilohiylashtirib, shu asosda uni ijtimoiy, milliy, 

diniy  va  irqiy      kamsitish  mumkin      emas,  demoqchi  bo`ladi.  Chunki  hamma 

holatda  ham  inson  «haq  zoti  mavji»  bo`lib,  shunga  ko`ra  uni  xo`rlash,  moddiy 

va  ijtimoiy  ahvoliga  qarab  cheklab  qo`yish  noto`g`ridir.  Binobarin,  Inson 

ma`naviy  kamolotga  erishmoq  uchun  ana  shunday  har  xil  ijtimoiy  illatlardan 

ustun turmog`i, ular girdobida o`ralashmasligi kerak.  Shoir Faqru fano vodiysi 

tavsifida Inson haqidagi  yuqorida keltirilgan satrlarni bitish bilan go`yo ana shu 

fikrni yana bir karra ta`kidlagandek bo`ladi... 

Shoir jahondagi barcha mutafakkirlarni necha asrlar davomida o`ylantirib 

kelgan  «haqiqat  qaerda?»  degan  savol    bilan  insonga  murojaat  qilib,  «haqiqat 



 

 

14



sening  o`zingda!»  deya  javob  bergan.  Shu  sababli  inson  haqiqatni  o`zidan 

tashqaridan, o`zga joylardan qidirib ovora bo`lmasligi, hayotini ana shu behuda 

maqsad  yo`lida  sarf  etmasligi  kerak,  balki  o`z  shaxsiy  o`zligini  chuqur  bilib 

olmog`i va hayotda shunga qarab ish tutmog`i lozim. Navoiyning insonga qarata 

aytgan quyidagi 

O`z vujudungg`a tafakkur aylagil, 

Har ne istarsen o`zungdin istagil,- 

mag`rur xitobnomasi ham shundan dalolat beradi. 

 

Navoiy  shaxsiy  o`zlikni  bilib  olish  deganda  insonning  turli  axloqiy 



illatlardan poklanish yo`lini tushunadi. Shoir bu illatlarga o`z davrining muhim 

ijtimoiy problemalari bilan bog`liq holda  qaraydi. Uning bu sohadagi  qarashlari 

mazmun  jihatdan  idealistik  xarakterga  ega  bo`lsa-da,  o`zida  o`sha  davr  nuqtai 

nazaridan  ilg`or  elementlarni  mujassamlashtiradi.  Xususan,  shoirning  Inson 

haqidagi  qarashlari  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ruhan  tetik,  ma`naviy  pok, 

hayotga muhabbat ko`zi bilan qarovchi, o`z taqdirini o`zi yaratuvchi faol Inson – 

Navoiyning  eng  ezgu  orzusi  estetik  ideali  edi.  Shoirning  mazkur  problemani 

yoritishdan,  ushbu  dostonni  yozishdan  ko`zlagan  asl  muddaolaridan  biri  ham 

ana  shu  har  tomonlama  mukammal  Inson  obrazini  yaratish  bilan  belgilanadi. 

Dostondagi  ko`p  sonli  hayotiy  hikoyalar  ham  bu  fikrni  tasdiqlaydi.  Ularda 

Navoiy  salbiylikni  qoralash  vositasida  ijobiylikni  ulug`lab,  yuksak  gumanistik  

g`oyalar va insoniy fazilatlarni targ`ib qiladi. Shu ma`noda mazkur hikoyatlarda 

shoir  o`zi  tasavvur  qilgan  komil  Inson  obrazining  asosiy  konturlarini  kontrast 

usulda  chizib  bergan  deyish  ham  mumkin.  Bularning  barchasi  yana  bir  karra 

qarshimizda  Insonga  mehr-muhabbat  ko`zi  bilan  qaragan,  uning  ma`naviy 

kamolotini  orzu  qilgan,  qalbi  uning  ishqi  bilan  limmo-lim  bo`lgan  ulug` 

gumanist mutafakkirning pok va samimiy siymosini yorqin gavdalantirib turadi. 

 

Ma`lumki,  Tovus  obrazi  Sharq  fol`klori  va  yozma  adabiyotida 



donishmandlik va shirin takallumlik simvoli hisoblanadi. Dostonda esa shunday 

xususiyatlarga  ega  bo`lishdan  tashqari,  «komronlar»,  -  badavlat  kishilar 




 

 

15



panohida  huzur-halovatda  yashaydigan,  o`z  shirin  so`zlari  bilan  ularga  zavq 

bag`ishlaydigan,  hayotda  hech  bir  «qattig`lik,  ranj  zahridin  achchig`lik» 

ko`rmagan kishi sifatida ham gavdalanadi. 

 

Hudhud uni xudbinlikda ayblab, jumladan, shunday deydi: 



 

Aytib o`z vasfingda gunogun xilof 

 

Barcha hashvu barcha lag`vu barcha lof. 



 

Xudparastesen-o`zingning oshiqi, 

 

Xudpisandesen-mazam mat loyiqi. 



 

Tovus  va  Tazarv  (Qirg`ovul)  qushglar  ichida  o`zlarining  chiroyli  tashqi 

ko`rinishi  bilan  ajralib,  patlari  rang-barang  naqshlarga  ega.  Ulardagi  bu  tabiiy 

go`zallik kishilarni o`ziga maftun etadi. Asarda esa ular o`zidagi ana shu «husnu 

zebolig`»  bilan  maqtanuvchi  kishilarning  majoziy  obrazidir.  Navoiy  Hudhud 

tilidan  ularni    tanqid  etar  ekan,  tashqi    go`zallik  bilan  mag`rurlanish  hech  vaqt 

yaxshi oqibatga olib bormasligini uqtiradi. Shoirning fikricha: 

 

Odam o`lg`on zebu zohirdin demas, 



 

Kimki ondin faxr etar-odam emas. 

 

Asardagi  boshqa  qushlar  ham  ana  shu  tarzda  jamiyatdagi  turli    ijtimoiy 



toifalarning  allegorik  obrazi  sifatida  namoyon  bo`ladi.  Bunda  shoir  ularning 

tabiiy  xususiyatlaridan  keng  foydalanadi.  Masalan,  Qarchig`ay  obrazini 

yuqoridagidek  talqin  etishda  ma`lum  asos  bor.  Chunki  qarchig`ay  ov  qushi 

bo`lib, uni shoh va boshqa ovchilar ov qilish paytida qo`lda ko`tarib yurishgan. 

Bu holat boshqa qushlar obraziga bo`lgan munosabatda ham kuzatiladi. 


Download 104,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish