Navoiy lison-ut tayr. Rajabova H


«Lison ut-tayr» poetikasiga doir



Download 104,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi104,47 Kb.
#207337
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
navoiyning lison-ut tayr dostonida hikoyat va masallar

«Lison ut-tayr» poetikasiga doir 

 

Alisher  Navoiy  «Lison  ut-tayr»  dostonining  maydonga  kelishi  o`zbek 



klassik  adabiyotini  chuqur  falsafiy  mazmunli,  g`oyaviy-badiiy  yuksak,  janr  va 

poetik  uslub jihatdan tamoman yangi asar bilan boyitdi. Asar tom ma`nosi bilan 

Navoiy  badiiy  dahosining  original  qirralarini  o`zida  namoyish  ettiradi.  Biz  bu 

o`rinda    dostonning  badiiy  xususiyatlari    haqida    so`z  yuritib  shoirning  asar 

kompozitsiyasini  tuzish,  syujet  va  obraz  yaratishdagi  mahorati,  dostonda 

qo`llanilgan  ayrim    traditsion  tasviriy  vositalar,  asarning  formal-poetik 

xususiyatlari va badiiy tili haqida ba`zi mulohazalar bildiramiz. 

Muayyan  so`z  san`atkorining  badiiy  mahorati  haqida  so`z  yuritganda, 

avvalo, uning asar kompozitsiyasini  tuzishdagi o`ziga xosligi haqida to`xtalish 

maqsadga  muvofiq.  Chunki    u  yoki  bu  muallifnnig  bu  sohadagi  o`ziga  xosligi 

uning badiiy mahoratining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. 

Doston  syujetining  kul`minatsion  qismi  Simurg`ni  izlagan  o`ttizta 

qushning  Simurg`  o`rnida  o`zlarini  ko`rish    voqeasida  ifoda  etilgan.  Bu  epizod 

doston syujetining echimi hamdir. Navoiy bu epizodni yuksak darajadagi poetik 

mahorat va so`z o`yini (tajnis san`ati) Simurg`-o`ttizta qush (si murg`) vositasida 

gavdalantirgan. 

So`z  ustasining  mahorati  ko`p  jihatdan  badiiy  adabiyotning  asosiy 

xususiyatlaridan biri hisoblangan obraz yaratishda, inson obrazini qay  darajada  

tasvirlashda  ko`rinadi.  Shu  jihatdan  «Lison  ut-tayr»  ga  murojaat  qilinganda, 

Navoiy  bu  sohada  ham  katta  muvaffaqiyatlarni  qo`lga  kiritganligi  ma`lum 

bo`ladi.  Albatta,  obraz  yaratish  sohasida  Navoiy  asarlariga  hozirgi  talablar, 

xususan  realistik  adabiyot  talablari  nuqtai  nazaridan  yondashib  bo`lmaydi.  Bu 

borada  o`zbek  klassik  adabiyoti  va  umuman  sharq  adabiyotining  o`ziga  xos 

spetsifik  xususiyatlarini  hisobga  olish  lozim.  Navoiy  asarlarida  romantik  tasvir  

bilan realistik elementlar yoki majoziy, fantastik va simvolik tasvirlar qo`shilib, 

uyg`unlikda  kelish  hodisasi  mavjud  bo`lganidek,  obraz  yaratish  tamoyillarda 

ham yuqoridagi  omillar amal qiladi. 



 

 

19



 

Navoiyning  «Lison  ut-tayr»  dostoni  turli-tuman  obrazlarning  butun  bir 

arsenalidir.  Dostonda  shoir  o`z  g`oyaviy  maqsadi  va  estetik  idealidan  kelib 

chiqib,  romantik,  realistik,  majoziy  va  simvolik  obrazlarning  har  xil 

namunalarini  yaratgan.  Bu  o`rinda  ularning  barchasi  haqida  so`z  yuritish 

imkoniyatidan tashqari bir hol ekanligini hisobga olib, shoirning obraz yaratish 

sohasidagi  badiiy  mahoratining  ba`zi  qirralari  haqida  fikr  yuritishni  ma`qul 

ko`ramiz. 

 

Dostonning obrazlar sistemasi bilan tanishish jarayonida  Navoiy mazkur 



asarda  o`z  ijodiga  xos  eng  ilg`or  an`analarni  davom  ettirib,  o`zbek  epik 

she`riyatining  obrazlar  tizimini    kengaytiriganligi  va  unga  qator  yangi 

xususiyatlar  baxsh  etilganligi  ma`lum  bo`ladi.  Bu  xususiyatlar  asosan 

quyidagilardan iborat: 

 

Birinchidan,  Navoiy  dostonda  o`zbek  epik  she`riyatining    obrazlar 



dunyosini yangi tipdagi obrazlar bilan boyitdi. Bu fikr dastavval asarning asosiy 

personajlari  hisoblangan  qushlar  obraziga  taalluqli.  Navoiyga  qadar  o`zbek 

adabiyotida qushlar obrazining ayrim namunalari mavjud bo`lsa-da, lekin bu hol 

birinchi  marta  «Lison  ut-tayr»  da  keng  masshtabda  namoyog  bo`ladi.  Navoiy 

qushlar  obraziga  muayyan  insoniy  fazilatlar  ato  etib  (jonlantirib),  badiiy 

shartlilikning  bu  qoidasi  asosida  qator  yangi  majoziy  obrazlar  yaratdi.  Ular 

o`zbek  she`riyati  xazinasiga  yangi    majoziy  obrazlar  yaratdi.Ular  o`zbek 

she`riyati  xazinasiga  yangi  durdonalar  bo`lib  qo`shilishdan  tashqari,  shoirni 

majoziy  obraz  yaratishning  mislsiz  nomoyandalaridan  biri  sifatida  ham 

gavdalantirib turadi. 

 

Ikkinchidan, «Lison ut-tayr»da  qalamga olingan ko`pgina masalalar real 



ijtimoiy zaminga asoslangan bo`lib, XV asrning ikkinchi yarmidagi O`rta Osiyo 

va  Xurosonda  mavjud  ma`naviy-axloqiy  vaziyatni  tasvirlashga  bag`ishlanadi. 

Bu  esa  shu  munosabat  yaratilgan    obrazlarning  realistik  mohiyat  kasb  etishiga 

olib    kelgan.  Bu  mulohaza  dostondagi  ko`pchilik  axloqiy-ta`limiy  hikoyatlarga 

tegishli. «Lison ut-tayr» hikoyatlaridagi obrazlar o`zlarining bu xususiyati bilan 



 

 

20



Navoiy 

«Xamsa»sidagi 

hikoyatlardan 

jiddiy 


farq 

qiladi. 


«Xamsa» 

hikoyatlaridagi asosiy obrazlar  an`anaviy ruhda bo`lib, shoir ularni o`z g`oyaviy 

maqsadiga  muvofiq  qaytadan  yaratadi.  «Lison  ut-tayr»da  esa  traditsion 

obrazlardan  tashqari  real  hayot  kishilari  obrazi  yaratilgan  hikoyatlar  ham 

talaygina. 

 

Uchinchidan,  mazkur  asarda  Navoiyning  satirik  va  yumoristik  shoir 



sifatidagi  talanti  o`zining  yangi  sifatlarini  yuzaga  chiqargan.  Tadqiqotchilar 

ta`kidlaganidek.  Navoiy  asarda  satirik  va  yumoristik  obrazlarning  o`ziga  xos 

takrorlanmas namunalarini bera  olgan. Bu shoirning shu xildagi obraz yaratish 

sohasida ko`rsatgan badiiy mahorati haqida etarli dalil bo`lib xizmat qila oladi. 

 

To`rtinchidan,  mazkur  asarda  o`zbek  adabiyoti  miqyosida  tamoman 



yangilik  bo`lgan  tragikomik    obrazlarning  go`zal  namunalari  uchraydi. 

Navoiyning  kichik  hikoyatlar  doirasida  mohirlik  bilan  chiza olgan  bu obrazlari 

shoirning    obraz  yaratish  borasidagi  alohida  muvaffaqiyati  bo`libgina  qolmay, 

uning  o`z  ijodidagi  obraz  yaratish  tamoyillari  yangi  xususiyatlar  bilan  boyitib, 

chuqurlashtirib va takomillashtirib borganligini ham ko`rsatadi. 

Doston  tarkibida  oddiy  mubolag`adan  tortib  ig`roq  (o`ta  mubolag`a)  va 

g`ulu  (aqlga  sig`maydigan,  imkoniyatdan  tashqari  mubolag`a)  gacha  uchratish 

mumkin.  Mana  xarakterli  bir  misol.  «Pahlavonning  qismati»  hikoyatining 

qahramoni ertalab o`n botmon, kechqurun ham xuddi shuncha, bu ikki oralig`da 

yana  besh  botmon,  jami  yigirma  besh  botmon  ovqat  eydi.  Aqlga  sig`maydigan 

mubolag`ali  tasvir!  Hikoyatda  bu  mubolag`a  bejiz  keltirilmagan.  Pahlavon 

shuncha  ko`p  ovqat  eyishiga  qaramay,  biron  foydali  ish  bilan  shug`ulanmaydi. 

Shuningdek,  u  favqulodda  ro`y  bergan  safar  azoblariga  bardosh  bera  olmay, 

yo`lda  sharmandalarcha  halok  bo`ladi.  Binobarin,  pahlavonga  berilgan 

mubolag`ali xarakteristika  uning  faoliyatiga zid  keladiki, bu obrazning kulgili 

chiqishiga  olib  kelgan  yoki  «Hayratda  qolgan  oshiq»  hikoyatida  shoir    shoh 

qizining  kanizaklari  har  yumushga  qobil,    qo`ldan  kelmaydigan  ishlarni  ham 



 

 

21



bajaruvchi  tadbirkor  qizlar  ekanligini  quyidag`i  o`ta  mubolag`ali  satrlar 

vositasida tavsiflaydi: 

Choragarlikda muqarrar har biri, 

Sohiru sho`xu fusungar har biri. 

Makru afsun g`oyatig`a etguchi, 

Pashsha birla pilni juft etguchi. 

O`ylakim pashsha o`zin ko`rmay kichik. 

Pil o`zin topmay ulug`roq jussalik. 

Alishekr Navoiy ulkan so`z sehrgari sifatida baytlardagi aynan bir so`zni  

yangi-yangi  ma`nolarda qo`llaydi.  Bu klassik poetikada   tajnis deb  nomlangan. 

Tajnis san`atining asosiy talabi shakldosh so`z va iboralarni har xil ma`nolarda 

ishlata  bilishdir.  Masalan,  Navoiy  «shayx  San`on»  asarida  «bir  oy»  iborasini 

ikki ma`noda ishlatgan: 

Har nafas bir oydin ortib mehnati, 

Bu edi bir oyg`a tegru holati. 

Avvalgi  misradagi  «bir  oy»  iborasi  mahbubaga  nisbatan  qo`llanilgan 

bo`lsa, ikkinchi misrada esa yilning ma`lum bir muddati–oy (30 kun) ma`nosida 

kelgan. Dostonda kul, g`arq, yosh, but, qush, ko`z va boshqa so`zlar vositasida 

tajnis hosil qilingan  chiroyli  baytlar, tajnisli qofiyalar ham uchrab turadi. 

Quyidagi baytda bir  so`zni uning har xil grammatik formalari bilan turli 

variantda  takrorlash  vositasida  (ishtiqoq  san`ati)  ajoyib  so`z  o`yini  yuzaga 

kelgan: 


Goh behol erdi, goh o`z holida, 

Lol o`lub ashob aning ahvolida. 

Mazkur takror Shayx San`on holatini psixologik tasvirlashda qo`l kelgan 

bo`lsa,  uning  mahbubasi  tomonidan    aytilgan  quyidagi  so`zlarda  boshdan-oyoq 

takror qo`llanilib, nozik kinoya ma`nosi hosil qilingan: 

Ne hayo fahm o`ldi sendin, ne adab, ajoyib so`z o`yini yuzaga kelgan: 

 



 

 

22



Goh behol erdi, goh o`z holida

Lol o`lub ashob aning ahvolida

 

Mazkur takror Shayx San`on holatini psixologik tasvirlashda qo`l kelgan 



bo`lsa,  uning  mahbubasi  tomonidan    aytilgan  quyidagi  so`zlarda  boshdan-oyoq 

takror qo`llanilib, nozik kinoya ma`nosi hosil qilingan: 

 


Download 104,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish